“ Ijtimoiy fanlar


JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
108 
xalqlar madaniyatini
o‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi
. Madaniyatning 
rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi.
Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan me’yorlarni 
amalga joriy etadi, shuningdek, o‘z me’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va 
faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi. 
Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik, 
teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa madaniy mo‘ljallarga tayanadi. Davlat o‘z negizini 
mustahkamlaydigan me’yorlarning ustunligini ta’minlaydi va o‘ziga tahdid solishi mumkin 
bo‘lgan me’yorlarni siqib chiqaradi. O‘z navbatida, madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash, uni 
ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga oshiradi.
Madaniyatning yana bir muhim funksiyasi insonni kamol toptirish hisoblanadi: individ 
madaniyatni o‘zlashtirish jarayonida shaxsga aylanadi
. Madaniyat normativ tartibga solinadigan 
faoliyat sanalgani bois, u qadriyatlarni
 
yaratish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat 
hodisalari ijtimoiy
 
o‘zgarishlarni boshqaradi, ularni ijtimoiy muhim maqsadlarni amalga 
oshirishga yo‘naltiradi. 
Madaniyat qadriyatlari mazkur hamjamiyatda ijtimoiy mo‘ljal berish va 
tartibga solish funksiyasini bajaradi. 
Madaniyat ijtimoiy
 
munosabatlar tizimiga xizmatlar 
ko‘rsatadi, bu erda yuz beruvchi o‘zgarishlar va
 
siljishlarni belgilaydi va tayyorlaydi, inson 
xulqatvorini tartibga solishni ta’minlovchi maxsus mexanizmlarni yaratadi. Bu, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 
bevosita tartibga solish bo‘lishi mumkin (huquq, axloq, taqiq). Bu, jamiyatning, u yoki
 
bu 
qadriyatlari va talablarini aks ettiruvchi ba’zi bir harakatlarni bajarishni buyurish orqali amalga 
oshiriladigan bilvosita tartibga solish bo‘lishi ham
 
mumkin.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin