“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Madaniy faoliyat. 
Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga 
oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi 
yashaydigan muhitni insoniylashtiradi
.
 
Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. 
Unda me’yorlarga rioya
 
qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va 
noutilitarlik
 
o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va
 
qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida
 
inson faoliyati uning 
ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq
 
bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun 
zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha
 
unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi, madaniyat 
hodisalarida, ularning
 
ma’naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab etiladigan 
vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi. Madaniyatda utilitar 
maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan
 
muhim qadriyatlar yaratiladi. 
Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa shunga o‘xshash omillarga 
ta’sirchan bo‘lsa-da, ular madaniyatda o‘zining variativ – ko‘p ma’noli ifodasini topadi. Bu 
madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish imkoniyatlari mavjudligidan 
dalolat beradi.
 
Madaniyat funksiyalari. 
Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi. 

insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi,
ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa 


7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin