2-laboratoriya Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotirani o‘rganish “Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari”metodikasi. «Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari»
2-laboratoriya Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotirani o‘rganish “Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari”metodikasi. «Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari» Bolaga 10 ta so‘zdan tarkib topgan qator bir necha marta qaytarish orqali eslab qolish uchun tavsiya etiladi.
Har bir takrorlashdan so‘ng, bola tomonidan eslab qolingan so‘zlar soni aniqlanadi.
Quyidagi so‘zlar qatorining birortasidan foydalaniladi:
1. Uy, parta, oq, yaxshi, nok, bo‘r, kuchli, piyola, sham, stol.
2. Mushuk, ruchka, qizil, yomon, olma, pol, kuchsiz, sanchqi, chiroq, qalam.
3. Qo‘g‘irchoq, qoshiq, qizil, mashina, baland, cho‘tka, ona, kitob, tovuq, anor.
4. It, deraza, gul, gilam, konvert, osmon, harf, uyqu, quyi, pichoq.
5. Soat, shamol, baliq, yulduz, fil, qand, qog‘oz, stul, arqon, shaftoli.
Eslatma: Bolalarning esda qoldirish dinamikasini diagnostika qilishda, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun so‘zlar qatorini shunday tuzish kerakki, birinchi so‘z ikkinchi so‘zga, ikkinchi so‘z uchinchisiga aloqador, ma’nodosh bo‘lmasligi lozim.
Bolaning eslab qolishi va qayta aytib berishi uchun tadqiqotchi so‘zlar qatorini 6 martagacha qaytarishi mumkin (undan ko‘p emas).
Har bir qaytarishdan so‘ng to‘g‘ri va xatosiz eslab qolingan so‘zlarni belgilab borib, grafikda aks ettiriladi.
4-rasm.
Grafik asosida:
a) Eslab qolish dinamikasi,
b) Eslab qolish mahsuldorligi aniqlanadi.
Grafikda har bir takrorlashdan so‘ng eslab qolgan so‘zlarining soni ortib borsa – eslab qolish dinamikasi yaxshiligini bildiradi.
Agar ko‘rsatkich o‘zgarmasa, o‘rtacha darajadaligidan dalolat beradi.
Agar har bir takrorlashdan so‘ng ham eslab qolgan so‘zlar soni kamayib borsa, bu eslab qolish dinamikasining sustligini bildiradi.
Natijalar tahlili:
Olingan natijalar bo‘yicha bolaning eslab qolish dinamikasi quyidagicha baholanadi: etarli darajadagi yaxshi dinamik esda qoldirish jarayoni – a’lo.
Esda qoldirish o‘rtacha dinamik jarayoni – qoniqarli.
Esda qoldirish dinamik jarayon emas – qoniqarsiz. Shuningdek, bu jarayon quyidagi ballar mezoni bo‘yicha ham baholanadi.
10 ball — bola 10 ta so‘zni xatosiz to‘g‘ri eslab qolib, ayta olgan va bunga 6 marta takrorlash shart bo‘lmagan. 8-9 ball – 6 marta takrorlashdan so‘nggina 10 ta so‘zni to‘g‘ri eslab qolsa.
6-7 ball — 6 marta takrorlashdan so‘ng 7–9 ta so‘zni esda qoldirsa.
4-5 ball – 6 marta takrorlashdan so‘ng 4–6 tagacha so‘zni eslab qolsa.
2-3 ball – 6 marta takrorlashdan so‘ng faqat 2-3 ta so‘zni eslab qolib aytsa.
0-1 ball – 6 marta takrorlashdan so‘ng ham 1 ta so‘zni eslasa umuman esda qoldira olmasa.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
8-10ball – bola maktab ta’limiga tayyor, uning esda qoldirishi yuqori va o‘rtacha dinamiklikka ega.
4-7 ball – o‘qishga etarli darajada tayyor emas.
0-3 ball – umuman maktab ta’limiga tayyor emas.
Ixtiyorsiz esda qoldirish. Ko‘rsatma:Men hozir sizlarga ikki juft gapni o‘qib beraman.bu misollar qaysi qoidga asoslanib tuzilganligini aniqlang.Yozish shart emas.
1-juft
2-juft
Mening akam maktabda o‘qiydi.
U mening oshnam emas,shunchaki tanishim.
Men maktabda o‘qishni istayman.
Dushman tor-mor qilingan edi.
Endi shu qoidalar asosida ikki juft gap tuzing.Ularni yozish ham, eshittirish ham shart emas.
Tekshirish:(mashg‘ulotning oxirida o‘tkaziladi).Orfografik qoidani aniqlash uchun men bergan gaplarni yozing.
Tekshirib ko‘ring:Men taklif qilgan juft gaplardan nechta so‘zni eslab qoldingiz.O‘zingiz tuzganlardan-chi? Siz bu gaplarni eslab qo‘yishni maqsad qilib qo‘yganmidingiz? Bu esda qoldirishning qaysi bir turiga oid qanday sababga ko‘ra,material ixtiyorsiz esda olib qolindi?
Xulosa: Sizga gaplarni esda olib qolish topshirilmagan edi. Siz qaysi grammatik qoidaga asoslanib gaplar tuzilganliini aniqlayotib, gaplarning o‘zini ham ixtiyorsiz esda olib qoldingiz. Bu shu sababdan sodir bo‘ldiki, gaplar doimo sizning faoliyatingiz markazida turdi. Demak,so‘zlarni ishlatmasdan qoidani aniqlab bo‘lmas ekan.