“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
129 
mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik
 
kashfiyotlari – suv osti 
kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas,
 
balki fransuz va rus inqiloblarini, 
shuningdek, de Goll, Franko, Lenin,
 
Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini 
ham bashorat
 
qilgan.
 
O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk 
shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul
 
olish, ikki 
surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini
 
bashorat qilgan. Afsus ki, 
bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan.
 
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham 
bashorat
 
qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal 
bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o‘ziga
 
qabr qazgan, o‘z 
«xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga
 
o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot 
etgan. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida 
«futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan 
vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi 
institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi 
umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz 
mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish 
qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga 
«fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak», degan ma’noni anglatadi. 
Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy 
bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish 
qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi 
prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan 
kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim 
vositasi hisoblanadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin