“ Ijtimoiy fanlar


Ekspertiza usulida baholash –



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Ekspertiza usulida baholash – 
bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli 
sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‘ngra natijalarni 
formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning 
mumkin bo‘lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, 
quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy bir 
to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni echish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa, 
kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan 
holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto «g‘alati» 
g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish mumkin, lekin 
ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi YUnonistonning mashhur Orakuli 
ismi bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Bunda oldinma-ketin 
so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta 
sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o‘ziga xos 
metodi – sotsiologik so‘rov mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora 
keng qo‘llanilmoqda.
Kelajak ssenariylari 
– bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki 
bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u yoki 
bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) 
voqealarning muayyan rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun 
voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini 
aniqlaydi.
Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va tarixiy yondashuvlarni 
birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda u tavsifiy xususiyat kasb etadi va 
kompleks prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. SHuni qayd etib o‘tish lozimki, ko‘rib chiqilgan 
metodlarning birortasi ham alohida holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta’minlay 
olmaydi. SHu sababli amalda, odatda, murakkab, kompleks metodlardan foydalaniladi. Mazkur 
yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish va prognozlarning ko‘proq darajada 
aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning 
rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu 
muammolarining rivojlanishi va ularni echishning mumkin bo‘lgan barcha variantlarini, ularning 
bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam 
parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan 
tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi 
harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz 
ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda 
bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. 
Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash 
mumkin.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun 
tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida 
prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ 
prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz 
obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – kelajakdan 
hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga erishish yoki 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin