“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
138 
mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya va shu 
kabilar)da amalga oshadi. 
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga 
fikrning chin bo‘lishi va formal jihatdan to‘g‘ri qurilishi kiradi. CHin fikr o‘zi ifoda 
qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (masalan, «temir – 
metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall 
emas»). Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir. 
Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsa-da, o‘z holicha 
etarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‘g‘ri qurilgan ham 
bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‘lib, tafakkurda hosil 
bo‘ladigan turli xil mantiqiy strukturalarda sodir bo‘ladigan har xil mantiqiy 
amallarda o‘z aksini topadi. 
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish 
mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar 
(fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur 
qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur 
bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat. 
Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi 
navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur 
prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi 
muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan 
xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», 
«Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat 
emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha 
moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – 
kimyoviy element») mumkin. 
Tafakkur ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va 
shakli (strukturasi) bo‘yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib 
o‘rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, 
uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo‘nalishlarga ajralishiga sabab 
bo‘ladi. 
Formal mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan sifatida 
Mantiq keng ma’noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog‘lanish va aloqalar, tartib va 
izchillik, tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar 
o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib 
va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, hukm va hulosa 
chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy 
qonun – qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan holi 
fikrlash ana shu qonun – qoidalarga amal qilishni taqoza etadi. Bu qonunqoidalar 
amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlashga yoki rad etishga, ularning 
to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlashga yoki inkor etishga xizmat qiladi. Tafakkurni 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin