“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
146 
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib 
bo‘lmaydi. CHunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt 
obrazidir. Qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani 
holda, ularning har biriga xos bo‘lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, 
muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa 
predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan maxsus belgilar bo‘lib ham 
xizmat qiladi. 
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, uni 
to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan 
borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini 
in’ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan 
borliqni chuqurroq, to‘laroq ifoda etadi. 
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‘laroq, inson miyasida to‘g‘ridanto‘g‘ri 
aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. 
Bu usullar taqqoslash, tahlil, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat. 
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy 
tomonlari va bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari aniqlanadi. 
Taqqoslash tahlilni taqozo qiladi. CHunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib 
bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u 
xossalar ajratilishi lozim. Tahlil yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi 
qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi. 
Sintez tahlilga teskari usul bo‘lib, u tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni 
fikran birlashtirib, predmetni bir butun holga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa 
predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo‘lmaydi. Tahlil va sintez uzviy bog‘liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan 
umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari 
chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi. 
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra 
sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning 
barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi. 
Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik 
tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir. 
Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan, «talaba», 
«falsafa fakulteti», «O‘zbekiston milliy universiteti» va shu kabilar so‘zlardan 
iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib 
chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil 
so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so‘z va 
tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi. 
SHuni ham aytish lozimki, so‘zning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi ba’zan fikr yuritish 
jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. SHuning uchun ham 
fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin