REJA: 1.Geografik kartalarda shartli belgilar
2.
Shartli belgilar – voqea va hodisalarning ma’lum bir belgilar yordamida xaritada tasvirlanishidir. Miqyosli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalar haqiqiy o‘lchamlari bilan tasvirlanadi. Miqyossiz shartli belgilar bilan, xaritalarning miqyosida ko‘rsatib bo‘lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi (TETS, kon, aholi yashaydigan joylar). Chiziqli shartli belgilar bilan daryo oqimining yo‘nalishi, o‘rmondagi daraxtlarning turlari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham bo‘ladi.
Xaritada voqea va hodisalar quydagi usullar bilan tasvirlanadi: - belgilar usuli – miqyosda tasvirlab bo‘lmaydigan narsalar, voqea va hodisalar tasvirlanadi;
- chiziqli usul – asosan uzunlik bo‘yicha joylashgan daryo, yo‘l va chegaralar tasvirlanadi:
- rang berish usuli – voqea va hodisalarni maydon bo‘yicha tarqalishini tasvirlashda qo‘llaniladi (o‘simlik, tuproq, iqlim xaritalari);
- teng qiymatli chiziqlar usuli – bir xil qiymatga ega bo‘lgan voqea va hodisalar tasvirlanadi (harorat, balandlik, aholi zichligi);
- bog‘langan diagrammalar usuli – ma’lum bir joydagi meteorologik stansiyada haroratni mavsumiy o‘zgarishini, yog‘in va shamollarni taqsimlanishini tasvirlashda qo‘llaniladi;
- chegara usuli – bir xil voqea va hodisalarni tasvirlashda qo‘llaniladi, foydali qazilmalar, hayvonlar va qishloq xo‘jaligi xaritalari.
- nuqta usuli – narsalarni, voqea va hodisalarni tarqoq holda miqdorini beradi. Masalan bitta nuqta 200 bosh sigir;
- harakat belgilari usuli – voqea va hodisalarni harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi ( daryo oqimi, shamol va oqim yo‘nalishi, yuk tashish yo‘llari).