Fan: fqba fanidan mustaqil 2



Yüklə 187,05 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü187,05 Kb.
#200753
mustaqil 2

Fan: FQBA Fanidan mustaqil 2

3B KI Guruh talabasi Shahobov. Husan

Ooʻqituvchi: Xayrullayev Shagʻzod

Mavzu: Foydalii qazilmalarni Xalq xnoʻjaligida qoʻllanilishi

Foydali qazilmalar – asosan organiq va noorganiq tabiiy minerallar bo‘lib, hozirgi rivojlangan texnologiyalar yordamida tabiiy va qayta ishlangan holda xalq xo‘jaligida yuqori samara bilan foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotdir. Foydali qazilmalar manbasi konlar, yyerning geologik tasiri natijasida foydali qazilmalarning bir joyga to‘planishi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon holda bo‘ladi. Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:


- metalli foydali qazilmalar - qora va rangli metallar olish uchun hom
ashyo hisoblanadi.
- nometall foydali qazilmalar - qurilish, keramika va boshqa mahsulot olish
uchun hom ashyo hisoblanadi.
- tabiiy yoki qayta ishlangan holdagi yoqilg‘i yoki kimyo sanoati uchun hom
ashyo hisoblangan, yoqilg‘i qazilmalari. Foydali qazilmalar xalq xo‘jaligining asosi hisoblanadi, biror bir tarmoqyo‘qki foydali qazilmalar yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari ishlatilmasa.
O‘zbekiston konlarining foydali qazilmalarga nihoyatda boyligi, bir necha o‘n
million tonna qazib oladigan va qayta ishlaydigan yuqori texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichli yirik mexanizatsiyalashtirilgan boyitish va metallurgiya korxonalari
ko‘rish imkonini beradi.Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral
mahsulot olish imkonini beradigan qattiq hom ashyoni beradi va qayta ishlaydi.
Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda yer ostidan qazib olishni ko‘paytirish va
ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy kimyoviy birikmalar hisoblanadi.Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog‘jinslaridan iborat bo‘ladi. Bunday minerallarga misli (xalkozin, xalkoprit), ruxli (sfalerit, smitsonit),qo‘rg‘oshinli (galenit, syerussit) va hokazolar kiradi.
Puch tog‘ jinslarga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo‘lmagan
jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvars, karbonatlar, silikatlar va hokazolar
kiradi
Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari
tushunchalarining nisbiyligini takidlab o‘tish lozim. Mineralning bu
tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan
turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida
esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. «Puch tog‘ jins» tushunchasi ham shartli
hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga
yo‘naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish
uchun puch tog‘ jinslarning barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini
isbotladi.
Boyitma tarkibida mahsulotlardagi foydali mineral va foydali
qo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa, chiqindida puch tog‘ jinslari va zararli
qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib
tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va
ishlatishga jo‘natiladi.
Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo‘l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning
o‘zi kamlik qiladi. Hom ashyo tarkibida mavjud bo‘lgan minerallar to‘rini
(mineralogik tarkib) va qayta ishlanayotgan hom ashyoning barcha
komponentlarining minerallar bo‘yicha taqsimlanishini (fazoviy tarkib)larini bilish
kerak.
Mineralogik va fazoviy tahlilni bilish, metallurgik qayta ishlaganda hom ashyo
tarkibidagi barcha komponentlarining o‘zini to‘tishini oldindan aytish, to‘g‘ri
ratsional texnologiyani tanlash va boyitish jarayonlaridagi amallarni to‘g‘ri
bajarish imkonini beradi.
Boyitish texnologiyasini rivojlanishi va takomillashuvi hamda hom
ashyodan kompleks foydalanishning oshishi, yani qancha ko‘p qimmatli
komponent olinsa, shuncha asosiy metallning kam miqdori bilan iqtisodiy va
texnik jihatdan rudani qayta ishlash samarali bo‘lishi isbotlandi.
Rudalar ham, boshqa foydali qazilmalar singari, yer yuzasida tabiiy ravishda
to‘planadi, bu to‘planish kon deb ataladi
Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va
metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy hom ashyo va qo‘shimcha materiallar bilan
o‘z vaqtida taminlash hisoblanadi.
Ruda konlarini o‘zlashtirish va hom ashyoni boyitish va metallurgik
korxonalarga yetkazish bilan konchilik sanoati shug‘ullanadi. Ruda konlarini
o‘zlashtirishda ochiq, yopiq va aralash usullardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarishni yangi
dastgohlar bilan almashtirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi, material
resurslarni tejab ishlatuvchi, ishlab chiqarishga tamoman yangi texnika va
materiallarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, yuqori quvvatli va samarali
dastgohlarni yaratish dolzarb masala hisoblanmoqda.
Yüklə 187,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin