Tog’ jinslari tarkibidagi minerallar, ularning geologik tuzilishi, kelib chiqish sharoitlari va qo’llanilishi reja



Yüklə 28,42 Kb.
səhifə1/4
tarix12.05.2023
ölçüsü28,42 Kb.
#112614
  1   2   3   4
TOG’ JINSLARI TARKIBIDAGI MINERALLAR, ULARNING GEOLOGIK TUZILISHI, KELIB CHIQISH SHAROITLARI VA QO’LLANILISHI


TOG’ JINSLARI TARKIBIDAGI MINERALLAR, ULARNING GEOLOGIK TUZILISHI, KELIB CHIQISH SHAROITLARI VA QO’LLANILISHI
Reja:

  1. Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.

  2. Tog’ jinslarining xususiyatlari.

  3. Magmatik, metamorfik va cho’kindi tog’ jinslari haqida ma’lumot.

  4. Minerallar va ularning turlari.

  5. Qimmatbaho minerallar haqida ma’lumot.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.

Togʻ jinslari - Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlardir. "Tog’ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798 yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda tog’ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Tog’ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar . Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Tog’ jinslariningning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi, ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan.

  1. Tog’ jinslarining xususiyatlari.

Tog’ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiqlik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Tog’ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslari xossalarini aniqlaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun tog’ jinslarining xossalari qattik, gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baholashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Tog’ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik tog’ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (masalan, pemza va pemza tuflari). Choʻkindi tog’ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saqlanib qolishi mumkin. Metamorfik tog’ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriqlar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi.
Tog’ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (masalan, piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3 gacha). Choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (masalan, tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Tog’ jinslarining issiqlik sigʻimi va hajmning issiqlikdan kengayish koeffitsenti birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniqlanadi. Tog’ jinslarining mustahkamlik, taranglik xususiyatlari, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro bog’lanish kuchiga bogʻliq. Fizik xossalari qatlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi. Tog’ jinslarining choʻzilishga chidash darajasi, issiqlik oʻtkazuvchanlik, elektr oʻtkazuvchanlik, dielektrik va magnit oʻtkazuvchanlik xususiyatlari qatlam yoʻnalishi boʻylab, siqilishga chidash darajasi esa koʻndalang yoʻnalish boʻylab koʻproq boʻladi. Mayda donador tog’ jinslarida mustahkamlik yuqori boʻlsa, yirik donador tog’ jinslarida past boʻladi. Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador jinslarda yuqori (masalan, nefritda 500 MN/m2). Koʻpgina choʻkindi jinslarda (tosh tuzi, gips va b.)da siqilishga chidash darajasi past.
Togʻ jinslari odatda, issiqlikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan ularning issiqlik o’tkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va b.) boʻlgan jinslarda issiqlik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Togʻ jinslarining ko’pi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Togʻ jinslarining xossalari mexanik (bosim), issiqlik (temperatura), elektr, magnit, radiatsion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va boshqalarga toʻyinganligi) maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa togʻ jinslarining xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik oshib boradi. Issiqlik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, bug’lanishiga olib keladi, natijada togʻ jinslari xossalari oʻzgaradi. Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi togʻ jinslarining elektromagnit va radioto’lqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Togʻ jinslari foydali qazilma sifatida o’ziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va boshqa texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geologiya (jumladan, muxandislik geologiyasi) va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.


  1. Yüklə 28,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin