Tog’ jinslari tarkibidagi minerallar, ularning geologik tuzilishi, kelib chiqish sharoitlari va qo’llanilishi reja



Yüklə 28,42 Kb.
səhifə3/4
tarix12.05.2023
ölçüsü28,42 Kb.
#112614
1   2   3   4
TOG’ JINSLARI TARKIBIDAGI MINERALLAR, ULARNING GEOLOGIK TUZILISHI, KELIB CHIQISH SHAROITLARI VA QO’LLANILISHI

Cho’kindi tog’ jinslari
Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi bilan aniqlanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, qatlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiqlar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va qatlamlilari koʻp tarqalgan.

  1. Minerallar va ularning xossalari

Mineral bu — yer qobig‘I tarkibiga kiruvchi noorganik xossali modda. Ba’zan neft, kumir va ohaktoshni ham mineral deyishadi. Aslida ular qachonlardir Yer yuzasida yashagan jonzot va o‘simliklardan paydo bo‘lgan. Odatda minerallar ikki guruhga: Metall va nometall mineral ma’danlarga bo‘linadi. Metall minerallarga— qo‘ng‘ir temirtosh (temir), mis rudasi, boksitlar (alyuminiy), nometall minerallarga — kvars, asbest, kalsitlar kiradi. Odatda minerallar kristall holatda uchraydi. Tog jinslarini minerallar bilan chalkashtirmaslik kerak, zero ular bir-biridan farq qiladi. Mineral o‘ziga xos tuzilishga ega. Yer sharining har qanday nuqtasidan topilgan minerallarking rangi, qattiqligi (pishiqligi) va yana boshqa xususiyatlari bir xil bo‘ladi. Tog jinslari tarkibida ham granit, kvars, dala shpati, slyuda va boshqa minerallar bor, lekin bir joydan topilgan granit tarkibidagi minerallar soni boshqa bir hududdagi granitdagiga nisbatan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Minerallar turli konlardan olinadi. Ularni tog jinslari va qum tarkibida ham uchratish mumkin. Minerallar tuzilish jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ayrim minerallar "magma" deb ataluvchi vulqonli qaynoq suyuq moddaning kristallanishi yoki qotishidan yuzaga keladi. Olmoslar, slyudalar va dala shpatlari ana shunday paydo bo‘ladi. Ayrim minerallar bejirimligi va tabiatda kam uchraganligi tufayli qimmat sanaladi va ular qimmatbaho toshlar (olmos, yoqut, topaz) sirasiga kiradi. Ona tabiat boshqa minerallarga ham boy. Tabiatda, ayniqsa, kvars ko‘p. Yer sharining deyarli barcha mintaqasida uning 200 ga yaqin turi borligi ma’lum.

  • Ko‘pchilik, olmos faqat rangsiz bo‘lishi mumkin degan xato fikrlaydilar. Haqiqatda esa, olmos ranglar palitrasiga har qaysi qimmat baho tosh havas qilishiga arziydi. Ammo, hozirda, hamma rangli olmoslar rangi ham, tabiiy emas. Ko‘pgina toshlarga sun’iy ravishda rang berishadi. Bu ularning kamyobligi bilan tushuntiriladi.

  • Moos shkalasi (qattiqlikning mineralogik shkalasi) ishlab chiqarilganligiga qadar, toshlarni ranglarga qarab ajratishgan. Shunday qilib, barcha yashil toshlar zumrad, qizil toshlar esa, yoqutga aylangan.

  • Haqiqiy zumrad, brilliantdan qimmat.

  • Yoqutlarning 95%i sun’iy ravishda yaxshilantiriladi. Bundan faqatgina haqiqatdan ham katta va o‘ta chiroyli toshlar xalos bo‘lishlari mumkin.

  • Yoqut va sapfir – bir xil narsa. Bu toshlar orasidagi farq ularning rangidadir.

  • Barcha topilgan olmoslarning 90%i, sanoatda foydalaniladi va faqatgina 10%i zargarlik do‘konlariga boradi.

Aleksandrit shoh Aleksandr, bo‘lajak imperator Aleksandr II sharafiga nomlangan.

  • Akvamarin va zumrad – bir xil narsa, gap shundaki, turli xil kimyoviy elementlar aralashmasi, har xil rang beradi. Xrom zumradga yashil, alyuminiy esa, akvamaringa havo rang beradi.

  • Topaz, quyoshda xiralashish va rang yo‘qotish kabi yomon odatlarga ega. Shuning uchun, bu mineral mavjud bo‘lgan zeb-ziynatlarni plyajga taqmaslik maslahat qilinadi.

  • “Qizil zumrad” ham mavjud. Aslida esa, bu – berillning qizil rangdagi turi, Biksbit. Bu o‘ta kamyob mineral bo‘lib, u faqat AQShning Yuta shtatida topiladi.

  • Pushti rangdagi topaz – ushbu mineralning eng nodir rangli turi. Aynan pushti topazlarni ko‘pincha soxtalashtirishadi.

  • Ba’zi minerallar juda havfli. Masalan, charoit “minichernobыl”ga, kinovar esa “dars etgan simobli termometr”ga aylanishi mumkin.

  • Deyarli barcha zumradlar darzlar va aralashmalarga ega (har xil ma’lumotlarga ko‘ra, 90-95%). Lekin bu ularning narxini pasaytirmaydi, chunki mineral uning rangi va to‘yinganligi bo‘yicha baholanadi.

Kreml yulduzlari yoqut oynasidan yasalgan.


  1. Yüklə 28,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin