Reja: Elastiklik nazariyasi haqida tushuncha



Yüklə 441,37 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.09.2023
ölçüsü441,37 Kb.
#145810
Elastiklik nazariyasini amaliyotda qollash



Elastiklik nazariyasini amaliyotda qo‘llash xususiyatlari 
Reja: 
1. Elastiklik nazariyasi haqida tushuncha 
2. Talab va taklif elastikligi 
3. Xulosa 
Iqtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida 
y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 
1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini 
koʻrsatilib berilishidir. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror 
ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish 
darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan 
aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy 
ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining 
qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi 
o‘zgarishni ko‘rsatadi. Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli 
naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut 
katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi. 
Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish 
rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq bir-
biriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy 
modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni 
pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy 
tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich hisoblanadi. 
Elastiklik empirik iqtisodiy modellar (masalan, Cobb–Douglas ishlab 
chiqarish funksiyasi) va Behavioral iqtisodiyotda isteʼmolchilar xulq-
atvorini oʻrganish uchun yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
qoʻllaniladi. Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda va amaliy iqtisodiy 
sohada, xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda 
qoʻllaniladi. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini 
maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini 
belgilashda muhim rol oʻynaydi. Siyosiy iqtisodiyotda matematik 
elementlarni muvaffaqiyatli qoʻllashni Antoine Augustin Cournot 
boshlab beradi. U oʻzining „Recherches sur les principes mathématiques 


de la théorie des richesses“ asarida boylik nazariyasining matematik 
elementlar asosida vujudga kelishi haqida soʻz yuritadi, „Revue 
Sommaire Des Doctrines Economiques“ asarida esa talab va taklif 
qonunlarini tanqid qiladi. Aynan Cournotning asarlari tufayli matematik 
iqtisodiyotda katta burilish paydo boʻlib, iqtisodchilarning keyingi ilmiy 
ishlarini mukammallashtirishda, iqtisodiy kibernetika, ekonometrika 
fanlarining paydo boʻlishida asos boʻldi. Elastiklik atamasi birinchi 
marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of 
Economics“ kitobida keltirilgan. Kitobning „General Relations of 
Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va 
taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi 
haqida soʻz yuritiladi. Aynan Cournot va marjinalizm ilmiy maktabi 
asarlaridan foydalangan holda u oʻzining „Marshall xochi“ grafigini 
yaratadi.
1.1-rasm. Absolyut elastik talab. 
Elastiklik oʻzgarishi oqibatida ishlab chiqaruvchilar daromadida 
oʻzgarish sodir boʻladi. Elastiklik juda yuqori yoki juda past boʻlganida 
daromad (Revenue) past boʻladi, elastiklik 1 ga teng boʻlganida esa 
daromad eng yuqori boʻladi. Lekin daromad bu foyda emas, shu sababli 
bu nuqta foydani maksimallashtirmaydi. 


Ishlab chiqaruvchi firmalar tovarni bozordagi elastiklik darajasini 
aniqlaganlaridan soʻng, oʻz narx siyosatini yuritadilar. Noelastik boʻlgan 
tovarlarning narxining keskin oshishi (masalan, tuzning 2000 soʻmdan 
3000 soʻmga, yaʼni, 50 foizga oshishi), unga boʻlgan talabni 
kamaytirmaydi yoki juda kichik miqdorda kamaytiradi. Shu sababli, 
umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi va noelastik 
tovarlardan keluvchi daromad oshirilishi, ishlab chiqaruvchiga 
kafolatlangan foydani olib keladi. Lekin elastik tovar bozorida vaziyat 
murakkab va koʻp axborotga tayanish kerak. Yaʼni narx 30 foizga 
kamaygani tufayli sotuv hajmining 90 foizga oshishi, har doim ham 
ishlab chiqaruvchi foyda olishini bildirmaydi. Chunki sotuv hajmi 
oshishi qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlariga olib keladi (chekli 
naflilikning kamayish qonuni sababli, agar firmaning mehnat boʻyicha 
chekli xarajatlari manfiy qiymatni qabul qilsa, firma zarar koʻrishi 
mumkin). 
Omillar asosida elastiklik darajalari:


Vaqt omilining daromad boʻyicha elastiklikka taʼsiri 
1-guruh. Mol goʻshti deyarli barcha qatlamlar orasida keng isteʼmol 
qilinadi. Oʻzbekistonda mol goʻshti talab yuqori boʻlgan qoʻy goʻshtidek 
oʻrinbosarga ega boʻlsa-da, jahonda mol goʻshtidan voz kechish 
koʻrsatkichi kamroq. Kiyim-kechaklar elastikligi esa barcha vaqt 
oraligʻida deyarli 1 ga teng (statistik xatolik chegarasida). Bu degani 
iqtisodiy oʻsish paytida ham, iqtisodiy inqiroz paytida ham 
isteʼmolchilar birdek xarajat qilishadi. 
2-guruh. Bu guruhdagi tovarlar qisqa muddatda elastikligi past, uzoq 
muddatda esa yuqori hisoblanadi. Masalan, inson mehnat faoliyatini 
boshlaganida kam kapitalga ega boʻladi va koʻchmas mulkdek 
qimmatbaho tovarga mablagʻi yetmaydi (shu jumladan, ipoteka 
kreditlari). Lekin vaqt oʻtgani sayin, uni toʻlovga qobiliyatlilik darajasi 
oshadi va koʻchmas mulk xarid qilishga talab darajasi ortadi. Chet elga 
turlar bilan ham deyarli shunday, ammo chet elga turlar ancha arzonligi 
sababli, qisqa muddatda turlarning elastiklari 3,4 barobarga ortiqroq. 


3-guruh. Bu guruhdagi tovarlarning qisqa muddatda elastiklari baland, 
uzoq muddatda esa pastdir. Isteʼmolchi oshirilgan oylikka birinchi 
navbatda oʻzining 1-oʻrinda muhim boʻlgan va standart tovarlariga 
boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Shu sababli qisqa muddatda koʻchmas 
mulk yoki chet elga turlarning oʻrniga mebel, maishiy texnika sotib 
oladi. Lekin, isteʼmolchi har yili yangi kir yuvish mashinasi, shkaflar 
toʻplami yoki divan olmaydi. Shu sababli uzoq muddatda bu tovarlarga 
talab kamayadi, ayniqsa mebelga. 
Yuqoridagi vaqt omiliga asoslanib (elastiklikka asoslanib), qaysi 
tarmoqlar inqirozdan birinchi chiqishini prognozlash mumkin. Bular — 
qisqa muddatli oraliqda katta daromadga bogʻliq talab elastikligiga ega 
tarmoqlardir. Yaʼni, iqtisodiy bumlardan soʻng(keskin iqtisodiy oʻsish), 
pasayish va inqiroz keladi. Ana shu inqirozdan soʻng odamlar koʻchmas 
mulk sotib oladigan, turistik sayohatlar xizmatidan foydalanadigan 
darajada xarid qilish qobiliyatiga ega boʻlmaydi. Lekin vaqt oʻtgani sari 
avval 3-guruh tovarlariga, iqtisodiy oʻsish uzoq davom etsa (jahon 
iqtisodiyotida 2003—2007 yillar), isteʼmolchilar tomonidan 2-guruh 
tovarlariga talab keskin ortadi (chunki isteʼmolchilar iqtisodiy oʻsish 
uzoq davom etadi degan fikrga kelishadi). 


1.2-rasm. Absolyut noelastik talab. 
Narxga bogʻliq talab elastikligi tovar narxining bir foizga 
oʻzgarishi unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. 
Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi sotuv hajmini 20 foizga 
oshirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi. Narxga bogʻliq talab 
elastikligi deyarli har doim (Giffen samarasi va Veblen samarasi bundan 
mustasno) musbat va manfiy qiymatni qabul qilganligi uchun elastiklik 
darajasi ham manfiy hisoblanadi. 
Narxga bogʻliq taklif elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, 
unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar 
narxining 10 foizga kamayishi, taklif etiluvchi tovarlar hajmini 20 foizga 
kamaytirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi. 
A tovar narxining oʻzgarishi B tovarga boʻlgan talab yoki taklifning 
oʻzgarishiga olib kelsa, bu oʻzgarishlarning nisbati kesishgan elastiklik 
deyiladi. Baʼzi tovarlarning narxi oʻzgarishi nafaqat oʻsha tovarning 
oʻziga, balki boshqa tovarlarga ham (oʻrinbosar va toʻldiruvchi tovarlar) 
taʼsiri bor hisoblanadi. Masalan, benzin narxining oshishi vaqt oʻtishi 
bilan avtomashinalar sotuviga taʼsir oʻtkazadi (yaʼni, kamroq benzin sarf 
qiluvchi mashinalar sotib olishadi yoki umuman avtomobildan voz 
kechishadi. Benzin va avtomashinalar toʻldiruvchi tovarlar boʻlgani 
uchun, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik teskari hisoblanadi. Lekin, tovarlar 
oʻrinbosar boʻlsa, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻri boʻladi. Masalan, 


mol goʻshti narxining oshishi, qoʻy goʻshtiga taklif oshishiga olib kelishi 
mumkin.
Elastiklikni hisoblashning eng oddiy usuli hisoblanib, koʻpincha 
sodda 2 ta oʻzgaruvchilar (narx va talab/taklif, daromad va talab) 
yordamida aniqlanadi. Masalan, aholi daromadining 40 foizga oshishi, 
mashina sotib olishni 10 foizga oshirdi. Bu yerda mashina noelastik 
tovar hisoblanadi. 
Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi 
omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger 
narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida (100 foizga), talab hajmi 1000 
tadan 500 taga tushsa (50 foizga), elastiklik 50/100=0,5 ni tashkil etadi. 
Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa (50 foizga 
kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa (yaʼni 100 foizga oshsa) 
bu holatda elastiklik 100/50=2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffitsiyentlari 
orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni 
olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi. 
Talabning yoysimon oʻzgarishi — talab funksiyasining narx, 
daromad va boshqa omillar oʻzgarishiga taʼsirchanlik darajasidir.
Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va 
boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darajasi. 


Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi 
uchun, quyidagi hosila olish formulasi orqali funksiyaning umumiy 
elastikligini (uning qiyaligini) aniqlash mumkin: 
1.3-rasm. Taklif elastikligining 3 xil koʻrinishi, Engel egri chiziqlari 


Elastiklik koʻrsatkichlari 
Jadvaldan koʻrish mumkinki, uzoq muddatda deyarli barcha 
tovarlarning elastikligi ortadi. Quyida baʼzi tovarlar elastikligi sharhi 
keltirilgan. 
Aviachiptalar (biznes-klass). Biznes-klass xizmatlaridan 
foydalanuvchi isteʼmolchilarning xarid qobiliyati yuqoriligi, bu 
xizmatdan olinadigan naflilik darajasi sarflangan xarajatdan yuqori 
boʻlganligi va boshqa klassda uchishi uning obroʻsiga putur yetkazib 
qoʻyishi mumkinligi uchun bu xizmatning elastikligi past. 


Aviachiptalar (ekonom-klass). Ekonom-klass xizmatidan 
foydalanuvchi isteʼmolchilarning xarid qobiliyati pastroq boʻladi va shu 
sababli, ularning narxga sezuvchanligi biznes-klassga nisbatan 3 barobar 
yuqori. Bu xizmatdan foydalanuvchi isteʼmolchilar chiptani oldindan 
buyurtma qilishi, narx oshganida esa alternativ yetib olish xizmatlaridan 
foydalanishi mumkin (masalan, mashina, tezyurar poyezd yoki avtobus). 
Aviachiptalar (turizm). Turistlar eng arzon biletni oldindan topishi, 
oʻzi vaqtni belgilashi osonroq. Bundan tashqari turistik reyslar ixtiyoriy 
qaror boʻlib, biznes va ekonom-klassdan farqli ravishda faqat dam 
olishni koʻzlaydi. 
Avtobus chiptalari. Avtobus xizmatlari eng arzon, ommabop 
transport xizmati boʻlganligi va uning oʻrinbosarlari narxi nisbatan 
qimmatligi sababli past elastiklikka ega. 
"Ford" avtomobili. Yengil avtomobillar bozori monopolistik raqobat 
hisoblanganligi uchun, isteʼmolchilar „Ford“ avtomobilidan voz kechib, 
osongina boshqa tovar markasini sotib olishlari mumkin. 
Benzin (qisqa va uzoq muddatda). Benzin narxi oshgach, avtomobil 
egalari mashinadan foydalanishni qisqa muddatda toʻxtatishmaydi. 
Lekin uzoq muddatda koʻp benzin sarflovchi mashinani kamroq benzin 
sarflovchi mashinaga almashtirishadi. Elektr energiyasi ham xuddi shu 
mexanizmda ishlaydi. 
Tibbiyot sugʻurtalari. Tibbiyot sugʻurtalari hozirgi rivojlangan 
davlatlarida, ayniqsa AQShda katta talabga ega. Rivojlangan davlatlarda 
tibbiyot xizmatlari isteʼmolchi daromadining katta qismiga tengligi 
sababli, isteʼmolchilar ratsional tarzda tibbiyot sugʻurtalari 
xizmatlaridan foydalanishadi. 
Doktor qabuliga borish. Inson koʻproq daromad olishi, umuman 
yashashi uchun sogʻlik darajasi muhimdir. Shu sababli doktor qabuliga 
borish deyarli hech qachon voz kechilmaydi. Maʼlum tovar aholi orasida 
milliy taom hisoblanib, qanchalik keng tarqalgan boʻlsa, undan voz 
kechish shunchalik qiyin boʻladi. Yaponiyada guruch aynan shunday 
tovar hisoblanadi, bundan tashqari Yaponiya aholisi boy aholi toifasiga 
kiradi[44]. AQSh aholisi ham boy, lekin AQShda guruch unchalik 
mashhur emas. Xitoydagi aholi esa rivojlangan davlatlardan 3 barobarga 


kambagʻalroq[45]. Bangladeshda esa guruch ancha mashhur tovar, 
ammo davlat aholisi yuqoridagi davlatlar aholisidan ancha kambagʻal. 
1.4-rasm. Narxga bogʻliq talab elastikligi. 
Tovarga bo‘lgan talab uning bahosiga, iste’molchining daromadiga 
va boshqa tovarlarning bahosiga bog'liq. Xuddi shunga o‘xshash, taklif 
ham shu tovarning bahosiga, uni ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq. 
Masalan, choyning narxi oshsa, unga bo'lgan talab kamayadi va taklif 
hajmi o‘zgaradi. Lekin ko‘pincha taklif va talab miqdorining o‘sishi 
yoki kamayishini bilm oqchi bo‘lishadi. Xaridorni choyning bahosini 
o'zgarishi ta’sirida sezuvchanligi qancha bo'ladi? Agar baho 10% 
oshsa, talab qanchaga o'zgarishi mumkin? Agar iste’molchi daromadi 
5% oshsa talab qanday o'zgaradi? Shunday savollarga javob berish 


uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanadilar. Elastiklik 
— bir o‘zgaruvchan miqdorning boshqa miqdorda o‘zgarishiga ta’sir 
etish me’yoridir. Ayrim turdagi mahsulotlarga talabning mavjudligiga 
iste’molchilarning bahoni o'zgarishiga bo'lgan nisbatan sezuvchanligi 
xos. Bahoning bir muncha o'zgarishi xarid qilinadigan mahsulotlar 
miqdorini juda ko'p miqdorda o'zgartiradi. Bunday mahsulotlarga 
bo'lgan talab, «nisbiy o'zgaruvchanlik» yoki «o'zgaruvchanlik» — 
talabning baho ta’sirida o'zgaruvchanligi yoki elastikligi deb ataladi. 
Boshqa mahsulotlarga qo'yilgan bahoning o'zgarishiga ite’molchilar 
nisbatan befarq qaraydilar, ya’ni bahoning o'zgarishi xarid qilinadigan 
tovarlar miqdorini unchalik ko'p o'zgartirmaydi. Bunday hollarda talab 
nisbatan o'zgaruvchan emas yoki o'zgaruvchan bo'lmaydi. Iqtisodchilar
baho ta’sirida elastiklik yoki noelastiklik darajasini quyidagi
koeffitsiyent yordamida o'lchaydilar. 
Iste’molchilarning sezuvchanlik darajasini o‘lchash uchun 
mutlaq miqdorlar o'rniga foiz o'lchovlarini qo'llashning ma’nosi nimada? 
Javob: absalyut miqdordan foydalanishda xaridorlaming sezuvchanlik 
darajasiga xohlagan o'lchov birligini ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. 
Buni quyidagi misolda ko‘rish mumkin: Agar qandaydir X mahsulotning 
bahosi 3000 so'm dan 2000so'mga tushgan bo'lsa, buning natijasida 
ist’molchilar o'zlarining tovar sotib olish miqdorini 60 kg. dan 100 kg. 
ga oshiradilar. Shundan bilinadiki, iste’mochilarning baho o'zgarishiga 
bo'lgan sezuvchanligi ancha yuqori. Bunda talab ham o'zgaruvchan 
bo'lib chiqadi. Haqiqatan ham bahoning bir birlikka o'zgarishi talab 
qilinayotgan mahsulot hajmini 40 birlikka o'zgartirib yuboradi. Agarda 
qabul qilingan 1000 so'm o'lchov birligi «foiz» deb qabul qilinsa, unda 
bahoni 100 birlik o'zgarishi talab qilinayotgan mahsulot miqdorini atigi 
40 birlikka o'zgartirishini ko'rish mumkin. Natijada talab elastiklik bo'lib 


chiqadi. Foiz hisobidagi o'zgarishlar bunday m uam m olardan qutilish 
imkonini beradi. Bu misolda m ahsulot bahosi 33% ga pasaydi. 
Talabning bahoga bog'liqligi tufayli bo'ladigan elastikligi odatda 
nisbiy miqdordir. Tovarning bahosi oshganda talab qilinadigan tovar 
miqdori odatda kamayadi va shuning uchun nisbiy miqdor bo'ladi. 
Demak, natijada elastiklik koeffitsiyenti (Ed) nisbiy miqdordir. 
Aksincha, baho oshgan hollarda formulaning sur’ati nisbiy, maxraji esa 
ijobiy bo'lib, u yana nisbiy koeffitsiyentni beradi. 
Formulaning izohi: Agar bahoning shu foiz hisobidagi
o'zgarishi talab qilinadigan mahsulot miqdorini foiz hisobida ko'proq
o'zgartirishga olib kelsa, talab elastik bo'ladi. Masalan, agar bahoning 2
foiz kamayishi talabni 4 foiz oshirsa, talab elastik bo'ladi. Ko'rinib 
turibdiki, shunga o'xshash barcha holatlarda talab elastik bo'lsa, 
elastiklik koeffitsiyenti 1 dan yuqori (Ed>l), hozirgi holatda elastiklik 
koeffitsiyenti 2 ga teng. Agarda bahoning foiz hisobidagi shunday 
o'zgarishi talab qilinadigan mahsulot miqdorining nisbatan kamroq 
o'zgarishi bilan bog'liq bo'lsa, talab noelastikdir. Misol. Agar bahoning 3
foiz kamayishi talab qilinadigan mahsulot miqdorining atigi 1 foiz
o'sishiga ta’sir etsa, talab noelastik 1/3=0,33. Shulardan tushunarliki,
talab elastik bo'lganda, elastiklik koeffitsiyenti hamisha 1 dan kichik E<
1.
Ayrim xususiy hollarda, unda elastiklik koeffitsiyenti aniq 1 ga 
teng (E = l). M asalan, bahoning 1 foiz kamayishi uning sotilishini 
ham 1 foizga oshiradi. Talabning bahoga bog'liqlik natijasidagi 
elastikligini quyidagi misolda ko'rish mumkin: 


Agar talab o'zgaruvchan bo'lsa, bahoning ozgina kamayishi ham
umumiy pul tushumlarini ko'payishiga olib keladi. Nima uchun? Chunki
narx kam bo'lganda bir birlik mahsulot uchun ko'riladigan zarar sotish
hajmining ko'payishi hisobiga qoplanib ketadi. Baho intervali 5 dan 4
gacha bo'lgan holatga qarang (10-chizma). 


Ma’lumki, umumiy tushum bahoning miqdori ko'paytmasiga teng. 
Shuning uchun to'g'ri burchakning OR^AQ, maydoni umumiy tushum 
miqdorini (1000 doll.) ko'rsatadi, bunda baho R, (5 doll.) ga teng 
bo'lsa, talab qilinadigan mahsulot miqdori Q, (2000) ga tengdir. 
Keyinchalik baho R2 (4 doll.) gacha kamaysa, talab qilinadigan 
mahsulot hajmi Q2 (4000) gacha ortib, umumiy mahsulot miqdori 
to'g'ri burchak OR2VQ2 (16000) ga teng, ya’ni O R ^Q , 
dan katta bo'ladi. 

Yüklə 441,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin