“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
139 
mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika 
fanlari ham o‘z predmeti nuqtai nazaridan o‘rganadi. Grammatika mantiq faniga 
yaqin. 
Tushuncha 
va 
hukmlarning 
ifodalanish 
strukturasini 
aniqlashda 
grammatikaning roli katta. Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har biri 
tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli qirralarini ochib beradi.
Hozirgi kunda mantiq ilmining o‘zining ham turli yo‘nalishlari,tarmoqlari mavjud, 
ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun – qoidalar bilan qurollantiradigan, 
uni to‘g‘ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog‘i formal 
mantiq bo‘lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda an’anaviy mantiq, 
ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham yuritiladi. 
Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash 
usullarini o‘rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy 
tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bu esa, 
bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda 
ilmiy – nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi. 
Formal va dialektik mantiq fanlari 
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi 
ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib 
qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. SHuningdek, 
dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal 
mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan 
mustaqil holda olib tadqiq etadi. SHuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning 
taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. 
Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo 
etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa tarkibida rivojlanib 
kelgan. 
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar 
darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi 
qarama – qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va 
dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot 
hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy 
qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan 
ta’limotdir. 
Matematik mantiq fani 
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul 
asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich 
hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq 
ilmidan ham farqli tomonlari bor. SHuning uchun matematikaning barcha 
tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. SHuningdek, mantiqiy 
qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin