Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash Reja



Yüklə 89 Kb.
səhifə1/10
tarix27.12.2023
ölçüsü89 Kb.
#200385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash


Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash Reja: Kirish

Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash


Reja:

2.1 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish.


2.2 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish

2.1 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish.
Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir.
Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni informatika faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga jalb etish imkonini beradi. To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish shular jumlasidandir .O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin.
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin.
To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi:
o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab oladi;
to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi;
to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi;
to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi;
to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi;
yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi.
Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz.
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi
“Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bilishi kerak:
kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bor;
kompyuter dasturlari va ularning bir-biridan farqi nimada;
matn muharriri nima, unda qanday ishlar amalga oshiriladi;
prezentatsiya yaratish, slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berish;
rasm chizish, uni tahrirlash
Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash.
“Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bajara olishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar:
kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlay olishi;
office dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib rasmlar chizishi, tahrirlashi;
PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib prezentatsiya yaratib, unda slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berishi;
MS Word matn muharririda matnlar kiritish, ularni tahririlash: saqlash, o‘chirish, ko‘chirish, bosmalash, jo‘natish va hokazo amallarni bajara olishi;
Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash ishlarini bajara olishi va h.k.
“Yosh informatik” to‘garagining maqsadlari [42]:
a) ta’limiy maqsad:
“Informatika” fanidan o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish;
axborotlar ular ustida ishlash: qabul qilish, qayta ishlash, uzatish usul va vositalarini o‘rgatish;
kompyuterning ofis dasturlarida ishlash bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarda umumiy ta’limga mos bilim malaka va ko‘nikmalalarini shakllantirishga yordam berish;
o‘quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin