Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik: · dars kuzatishdan ko‘zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish;
· kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish; · dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash;
· kerakli materiallarni tayyorlash; · o‘qituvchi bilan suhbatlashish.
2. Darsning maqsadlarini tahlil qilishda: · o‘quv fani va mavzuning o‘ziga xos tomonlari, o‘quvchilar yoshi va
bilim darajasi e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining to‘g‘ri va asosli qo‘yilganligi;
· o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o‘rnini hisobga olgan holda maqsad qo‘yilishining to‘g‘riligi va asoslanganligi;
· dars asosiy g‘oyasining to‘g‘ri qo‘yilishi va o‘quvchilarga maqsadning etkazilishi, maqsadga erishish darajasi.
3. Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda: · dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;.
· darsning turi, strukturasining puxta o‘ylanganligi;
· dars bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan
bog‘liqligi;
· dars bosqichlari uchun vaqtning to‘g‘ri taqsimlanganligi; ·
o‘qitish shakllarining to‘g‘ri tanlanganligi;
· dars rejasining mavjudligi va uning o‘qituvchi tomonidan bajarilishini
tashkil qilish;
· dars jihozlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning mehnatini unumli tashkil
qilish.
4. Dars mazmunini tahlil qilishda. · dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi;
· materiallarning ishonchliligi, to‘liqligi, tushunarliligi;
· bayon qilinayotgan materialning ilmiy darajasi;
· darsning tarbiyaviy yo‘nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi;
· darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘lash;
· o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni
bartaraf etish;
· yangi materialning asosiy g‘oyasini ajratish. YAngi tushunchalarni
shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko‘rsatish.