Жамият ва инновациялар Общество и инновации



Yüklə 67,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü67,76 Kb.
#190833
  1   2
ziyovuddin, Nurillo ALIYEV



Жамият ва инновациялар – 
Общество и инновации – 
Society and innovations 
Journal home page: 
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
 
Improving the math literacy of primary school students 
Nurillo ALIYEV

Fergana State University
ARTICLE INFO 
ABSTRACT
Article history: 
Received March 2021 
Received in revised form
20 March 2021 
Accepted 15 April 2021 
Available online
20 May 2021 
This article discusses ways and means of increasing students’ 
mathematical literacy, creative approach to problem solving and 
logical thinking skills through practical problems. 
2181-1415/© 2021 in Science LLC. 
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords: 
mathematical literacy, 
creativity,
logical thinking,
non-standard problem,
ways of developing logical 
thinking.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini 
oshirish 
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar: 
matematik
savodxonlik,
kreativlik,
mantiqiy fikrlash, 
nostandart masala,
mantiqiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish 
yo‘llari. 
Ushbu maqolada o‘quvchilarning matematik savodxonligini 
oshirish, masala yechishga kreativ yondashish, mantiqiy fikrlash 
qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari va usullari amaliy masala-
larga bog‘langan holda yoritilgan. 
1
Lecturer, Fergana State University. Fergana, Uzbekistan.
E-mail: aliyevnurillo@gmail.com. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
496 
Повышение 
математической 
грамотности 
учащихся 
начальной школы 
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова: 
математическая 
грамотность,
творчество,
логическое мышление, 
нестандартная задача, 
способы развития 
логического мышления.
В данной статье обсуждаются пути и средства 
повышения 
математической 
грамотности 
учащихся, 
творческого подхода к решению задач и навыков 
логического мышления посредством практических задач.
Matematika fani inson aqlini o‘stiradi, diqqatni rivojlantiradi. Matematika fani bilan 
shug‘ullanuvchi har bir insonda qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, kishida o‘ziga bo‘lgan ishonchni 
oshiradi. Kundalik hayotda bo‘layotgan jarayonlarda o‘zi bilmagan holda har bir inson matematik 
masalalarni yechadi, tahlil qiladi. Tevarak atrofda bo‘layotgan voqea va hodisalarni matematik 
qonuniyatlar orqali ochishga intiladi, chunku bu kundalik hayot ehtiyoji sabab yuzaga keladigan 
jarayondir. 
Hozirgi kunda “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan 
vazifalarni ijrosi sifatida boshqa fanlar qatori matematika fanini ham o‘qitishda xalqaro standartlarni 
joriy etish ko‘zda tutilgan. Ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan 
maktab matematika va tabiiy fanlar ta’limiy sifatining xalqaro monitoringi – PISA xalqaro 
tadqiqotlarida yurtimizning ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur 
tadqiqotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchi-yoshlarining savodxonlik darajalari ilk bor 
sinab ko‘rilar ekan, bunga o‘ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Buning uchun, xalqaro 
tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar o‘tkazish, 
o‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus 
ko‘nikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 
PISA – 2021 topshiriqlari matematika fanining quyidagi to‘rtta mazmun sohalari (bo‘limlari) 
bo‘yicha taqsimlangan: 

miqdorlar; 

o‘zgarishlar va munosabatlar; 

fazo va shakl; 

ma’lumotlar va noaniqliklar. 
Tadqiqotlarda darsliklarimizdagi odatdagi matematik masala emas, balki biror kontekstda 
taqdim qilingan real hayotiy muammoli vaziyatlar beriladi, darsliklarimizdan o‘rin olgan, odatdagi 
standart matematik masalada berilgan miqdorlar (ma’lumlar) va topish kerak bo‘lgan noma’lum 
miqdor bo‘ladi. Noma’lumni berilgan ma’lumlardan foydalanib topish talab qilinadi. Bunda berilganlar 
noma’lumni topish uchun yetarli bo‘lib, ular kam ham bo‘lmaydi, ko‘p ham bo‘lmaydi. PISA topshiriqlari 
esa matematik masala emas, u matematik masaladan oldin keluvchi bosqich – muammoli vaziyatning 
tavsifi (kontekst)dan iborat. Topshiriq kontekstida tasvirlangan muammoli vaziyatni mulohaza 
yuritish orqali o‘rganib, uni matematik tilga o‘girib ifodalash, ya’ni matematik masalaga keltirish kerak 
bo‘ladi. Shundan keyingina masalani matematikani qo‘llab yechishga kirishiladi. Shunday qilib, PISA 
topshirig‘i 
konteksti, 
bu – real hayotiy vaziyatlarning turli ko‘rinishlardagi tavsifidan iboratdir. Kontekst 
qaysi hayotiy vaziyatni ifodalashiga qarab, 4 ta topshiriqlar turkumiga doir bo‘lishi mumkin: 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
497 
“Shaxsiy” 
kontekstda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda: 

o‘quvchining shaxsiy hayoti bilan bog‘liq, do‘stlar bilan muloqot qilish, sport bilan 
shug‘ullanish, dam olish kabi kundalik turmushdan olingan vaziyatlar; 

oila, do‘stlar va tengdoshlar davrasiga aloqador kundalik maishiy vaziyatlar; 

kattalarning kundalik turmushi bilan bog‘liq xaridlar, ovqat tayyorlash, sog‘liq, shaxsiy ishlarni 
rejalashtirish va boshqa vaziyatlar tasvirlanishi mumkin. 
PISA–2021 tadqiqotlari doirasiga matematik savodxonlik tushunchasiga daxldor bo‘lgan 8 ta 
asosiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikmalarni baholash kiritilgan: 
1.
Tanqidiy fikrlash; 
2.
Ijodkorlik, kreativlik; 
3.
Tadqiqot va tahlil qilish; 
4.
Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat’iylik; 
5.
Ma’lumotlardan foydalanish; 
6.
Tizimli fikrlash; 
7.
Muloqot qilish; 
8.
Mulohaza yuritish. 
Bu jihatlar o‘quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni, ya’ni matematik 
savodxonlik tushunchasida o‘z aksini topgan. Matematik savodxonlik – bu asosan shaxsning turli 
hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan 
muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va 
olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatini 
namoyon bo‘lishiga zamin yaratadi. Berilgan topshiriqni bajarish orqali hodisalarni tavsiflash, 
tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni izlashga 
undaydi. Turli sharoitlarda berilgan real muammolarni yechish uchun matematika bilan faol 
munosabatga berilib, matematik mulohazalar yuritishni, xoh u induktiv, xoh u deduktiv bo‘lsin, hamda 
tabiat va jamiyatda duch kelinadigan hodisalarni matematik belgi va timsollar yordamida, ya’ni 
matematika tilida ifodalash, hodisalarni tushuntirish va oldindan aytib berishda matematik mulohaza 
yuritish, matematikaga oid bilim, tushuncha, algoritm, fakt va vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. 
Bu topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va shakli tadqiqot mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan 
muayyan talablarga javob berishi lozim bo‘ladi. Xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab 
chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar o‘tkazish, o‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich 
integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus ko‘nikmalarni rivojlantirib borish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har bir o‘tilayotgan darslar mazmunidan kelib chiqib, xalqaro 
tadqiqotlarga tayyorlab borish kerak. Buning uchun mavzu doirasida o‘quv topshiriqlari, testlar 
nostandart masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
498 
1. Jadvalda berilgan shakllar asosida quyidagi fikrni davom ettiring: 
a) Agar shakl sariq rangda bo‘lsa u ko‘pburchak emas. 
b) Havo rangdagi shakl bu… 
d) Agar shakl bo‘yalmagan bo‘lsa, u olda u ….
e) Agar shakl oltiburchak bo‘lsa, demak u …….. 
f) Agar shakl yashil rangda bo‘lsa, demak u ……… 
2. Aziz, Bobur, Karim va Dilshod bir jamoada o‘ynashadi. Murabbiy ularga:”Agar Aziz ertaga 
kelmasa, Bobur uning o‘rniga o‘ynaydi. Kelsa Karim, Dilshod o‘rnida o‘ynaydi”, – dedi. Xo‘sh agar 
Bobur ertaga o‘ynamasa qolgan uch boladan qaysi biri o‘yinda ishtirok etadi? 
a) Faqat Aziz 
b) Faqat Dilshod 
d) Aziz va Karim 
e) Karim va Dilshod 
3. Men kamera bilan birgalikda lenta va chip ham sotib olmoqchiman. Kamera va lenta $600, 
kamera va chip $450. Lenta va chip esa $250. Kameraning narxi qancha? 
a) $50; 
b) $200; 
d) $400; 
e) $650. 
Izoh: bu yerda aytib o‘tilgan uchala buyumni qo‘shib, har bir 2 tasini sotib olish qancha 
turishini aniqlaymiz: 600+400+250=1300 
Shuning uchun har bir buyumning bittasi uchun narx 
1300:2=650$ bo‘ladi. 
650-250=$400 bu kameraning narxi. 
4. Ona bolalari Doniyor va Anvar uchun sport oyoq kiyimlari sotib olmoqchi. Quyidagi 
jadvalda mavjud bo‘lgan poyabzal berilgan. 
Turi 
Mavjud o‘lchamlar 
Mavjud ranglar 
Narxi 
A oyoq kiyim 
1-10 
Oq 
$60 
B oyoq kiyim 
5-12 
Qora, ko‘k 
$50 
C oyoq kiyim 
3-8 
Qora 
$55 
D oyoq kiyim 
2-6 
Qizil, qora, oq 
$70 
E oyoq kiyim 
5-10 
Ko‘k, qora 
$40 
Agar ona ikkala bolaga bir xil rangdagi poyabzal sotib olsa unda jami qancha to‘lanadi. 
a) $110; 
b) 115; 
d) 120; 
e) 130. 
5. Teatrda 12 mart chorshanbadan 29 mart chorshanbagacha tomosha bo‘lishi kerak. Har 
kuni kechqurun tomosha bo‘ladi. Tushdan keyin ham tomoshalar rejalashtirilgan. Jami qancha 
tomosha uyushtiriladi? 
a) 21; 
b) 22; 
d) 23; 
e) 24. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
499 
Izoh: 12 mart chorshanbadan 29 mart shanba kuniga qadar 18 kun bor. 3 ta chorshanba va 
3 ta shanba kunlari tushdan keyin jami ta tomosha bo‘ladi. Demak, 
18+3+3=24 ta tomosha o‘tkaziladi. 
6. 28 qismdan iborat bo‘lgan multfilmni televidenie orqali haftada 4 qismi namoyish etiladi. 
Hamma qismini ko‘rish uchun necha hafta kerak bo‘ladi? 
7. Qaysi kasr qolganlariga teng emas? 
8.
Yuqoridagi 6 ta geometrik shakllardan quyidagilarni qaysi birini tuzsa bo‘ladi? 
Shuningdek boshlang‘ich sinf matematika darslarida grafik ko‘rinishdagi obyektlar 
ustida ishlashga doir bir nechta mavzular yoritilgan bo‘lib, unda berilgan ma’lumotlar 
grafik va ustunli diagrammalar asosida tasvirlash talab etiladi yoki aksincha. 
1-masala. Doiraviy diagrammada berilgan ma’lumotlar asosida to‘g‘ri ko‘rsatilgan 
ustunli diagrammani belgilang 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
500 
a). 
b). 
d). 
e). 
2-masala. Quyidagi diagrammada maktab sinflari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
0
10
20
30
40
50
Ряд1
0
10
20
30
40
50
Ряд1
0
10
20
30
40
50
Ряд1
0
10
20
30
40
50
Ряд1
0
5
10
15
20
25
30
35
1-sinf
2-sinf
3-sinf
4-sinf
5-sinf

Yüklə 67,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin