Test:
1 Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlarini belgilang?
a Tarbiyada maqsadning aniqligi, texnologik tizim.
b Ijtimoiy psixologik tizim, estetik tizim, o‘z-o‘zini anglash.
c. Ixtiyoriylik, tarbiyaning uzluksizligi.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
2. Dastlab texnologiya tushunchasi fanga nechanchi yilda kirib kelgan ?
a. 1900-yilda.
b. 1725-yilda.
c. 1872-yilda.
d. 1772-yilda.
3. O‘qituvchi faoliyatida kasb mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni belgilang?
a. Jismoniy, intellektual, mehnat, ijtimoiy, psixologik.
b. Ta’limiy, nazoratli, umumlashtiruvchi; tarbiyaviy, rivojlantiruvchi; ijodiy; kommunikativ, tashhisli, kasbga yo‘nalganlik.
c O‘quv fanlari asosida, syujetli, rasmli, ko‘rgazmali, ishbilarmonlik, immitatsion, drammatik.
d. Kompyuterli, televizorli, o‘qitishning texnik vositalari; harakat qiluvchi texnikali.
4. Barkamol insonni tarbiyalab voyaga etkazishda o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning qaysi asosiy xususiyatlarini bilishi kerak?
a. Tarbiyaning yaxlitligi va tizimliligi.
b. Tarbiyaning davriyligi.
c. Tarbiyaning texnologiyaviyligi.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
5.Tarbiya texnologiyasida “dolzarb rivojlanish hududi” nima?
a. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirib borish orqali tarbiyalash.
b. Bolaning biror harakatni kattalarning yordamisiz qila olishi mumkin bo‘lgan holati.
c. O‘quvchilarning balog‘at yoshida o‘zgaradigan dunyoqarashi, tafakkuri, hayotga nisbatan munosabatining tarkib topishi.
d. Mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yosh yigit va qizlarning ma’lum bir maqsad sari intilishi.
6. O‘quvchining ta’lim va tarbiya ko‘rganligini aniqlashda ko‘p foydalaniladigan metodni belgilang?
a. Ommaviy metod.
b. An’anaviy metod.
c. Diagnostik metod.
d. Baholash metodi.
7. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi mahoratini belgilovchi maqsadlar?
a. Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi.
b. Ilmiy, texnik, psixologik.
c. Texnik, texnologik, ishlab chiqaruvchi.
d. Yozish, chizish, o‘qish, aytish.
8. Pedagogik refleksiyaga berilgan mukammal ta’rif qaysi javobda ko‘rsatilgan?
a. Pedagogik refleksiya - o‘qituvchining o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan har tomonlama mukammal takomillashtirish, hamisha amalga oshiradigan faoliyatidir.
b. Pedagogik refleksiya - o‘qituvchi faoliyatidagi tashqi sabablarning ichki shart-sharoitlar asosida bilvosita harakati.
c. Pedagogik refleksiya - o‘qituvchiga o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan takomillashtirish manbalarini o‘z bilimi va imkoniyatlaridan izlab topishda ko‘maklashadi hamda uning rivojlanishini ta’minlaydi.
d. Pedagogik refleksiya - o‘qituvchi pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish, unda refleksiyaning mukammal rivojlanganlik darajasini belgilaydi.
9. Tarbiya texnologiyalarining samaradorligini oldindan ko‘ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda modellashtirishdan foydalanish to‘g‘risidagi muammo qanday nom olgan?
a. Tarbiyaviy modellashtirish.
b. Pedagogik modellashtirish.
c. Texnikaviy modellashtirish.
d. Diagnostik modellashtirish.
10. Pedagogikada jadvallar, chizmalar, formulalar qanday modellar sifatida namoyon bo‘ladi?
a. Pedagogik modellashtirish.
b. Predmetli modellashtirish.
c. Loyihali modellashtirish.
d. Belgili modellashtirish.
11. “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘- risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qachon qabul qilingan?
a. 2002-yil, 6-iyundagi 200-sonli.
b. 2008-yil, 10-martdagi 197-sonli.
c. 2004-yil, 27-avgustdagi 211-sonli.
d. 2006-yil, 5-sentyabrdagi 211-sonli.
12. O‘z muhitida axborot obyektlarini, ularning o‘zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassam-lashtiruvchi faoliyat... ?
a. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
b. Zamonaviy axborot texnologiyalari.
c. Portal va internet tizimi.
d. Integrallashtirish va texnik taraqqiyot.
13. O‘qishga va o‘rgatishga yo‘naltirilgan hozirgi zamon ta’lim paradigmasini belgilang?
a. O‘ qituvchi - darslik - o‘quvchi.
b. Darslik - o‘qituvchi - o‘quvchi.
c. O‘quvchi - darslik - o‘qituvchi.
d. Darslik - o‘qituvchi - o‘quvchi.
14. O‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologi- yalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o‘qitish... bu?
a. Fanlararo aloqadorlikda o‘qitish.
b. O‘qituvchining qiziqishlari asosida o‘qitish.
c. Axborot texnologiyalari asosida o‘qitish.
d. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish.
15. Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning stra- tegik yo‘nalishida qanday vazifalarga e’tibor beriladi?
a. Ta’lim tizimini isloh qilish.
b. Mustaqil faoliyat tamoyilini, ta’lim-tarbiyaning asosiy tamoyili sifa- tida e’tirof etish.
c. Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
16. Ikkita o‘quvchi nizolashayotganlarida o‘qituvchi tomonidan alohida-alohida “muhim” topshiriq ikkala o‘quvchiga berildi. Bu psixologik ta’sir ko‘rsatishning qaysi turiga xos bo‘ladi?
a. Endogen va ekzogen ta’siriga xos bo‘ladi.
b. Oldindan rejalashtirilgan ta’sir.
c. Rejalashtirilmagan ta’sir.
d. Ochiq turdagi ta’sirga xos.
17. Ta’lim muassasalarida kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasini yaratish zarurligini, gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitat- siya, kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishni, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yara- tishni ilk bor taklif etgan olim kim?
a. Marahimov A.R.
b. Begimqulov U.Sh.
c. Taylaqov N.I.
d. Inoyatov U.I.
18. Pedagogik texnika xususiyatlarini belgilang?
a. O‘quvchining shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat.
b. Kasbiy texnik ko‘nikma va malakalar, bosiqlik va osoyishtalik, aniq fikr yuritish, vaziyatni tez tahlil qilish.
c. Sinf jamoasida pedagogik muloqot madaniyatiga erishish, erkin demokratik muvozanatni saqlab olish.
d. O‘quvchilar bilan erkin muloqot qilish qobiliyati, tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilash.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘qituv- chi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qachon qabul qilingan?
a. 2006-yil, 16-fevraldagi 25-sonli Qarori bilan qabul qilingan.
b. 2009-yil, 25-yanvardagi 14-sonli Qarori bilan qabul qilingan.
c. 2007-yil, 19-sentyabrdagi 271-sonli Qarori bilan qabul qilingan.
d. 2008-yil, 29-avgustdagi 198-sonli Qarori bilan qabul qilingan.
20. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishning asosiy bosqichlarini aniqlang?
a. Tajriba o‘rganishning maqsadi va vazifasini rejalashtirish, dolzarb mavzuni aniqlash, maktab amaliyotida tajribali o‘qituvchilarning yutuqlarini aniqlash, materiallarni to‘plash, tahlil, xulosa.
b. Shaxsni bilish, o‘quvchilar bilan axborot almashish, pedagogik faoliyatni tashkil etish.
c. Ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirilgan modelni tuzish, muomalani boshqarish, muomalani tahlil etish.
d. Pedagogik faoliyatda tarbiyaviy maqsadga qaratilgan mustahkam nazariy va amaliy vazifalarni bajarish.
21. Ijtimoiy-psixologik shakllanishda va shaxsning rivojlanishida o‘z ustida ishlashi juda ko‘p vazifalarni bajaradi. Bular quyidagilar:
a.O‘quv dasturlarini egallashda yuksak professional saviyada ta’lim berishni ta’minlash, o‘quvchining obro‘sini hurmat qilish.
b. Axborot berish, rivojlantirish, ta’sir etish, bilimga munosabatni shakllantirish, harakatga intilishni uyg‘otish.
c.O‘z-o‘ziga ko‘rsatma berish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga hisobot berish va hokazo.
d. Ekstensiv, taxminiy, metodologik, kommunikativ, psixologik hamkorlikdagi ijodkorlik.
22. O‘qituvchi mehnatining samarali bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar tizimini aniqlang?
a. Tashkilotchilik, obro‘ orttira olish, muloqot qilish, tushuntira olish, ku- zatuvchanlik, nutq malakasi, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish.
b. Aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iyatlik, kamtarlik, kuzatuvchanlik, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish.
c. Didaktik qobiliyat, perseptiv qobiliyat, kommunikativ qobiliyat, obro‘ orttira olish.
d. Mehnatda peshqadamlik, o‘quvchilar jamoasiga singib keta olish, ota- onalar bilan ijobiy munosabat.
23. “Refleksiya - subyekt tomonidan o‘zining ichki psixik jara- yoni va holatlarini bilish, nazorat qilish ”. Refleksiyaga nisbatan ush- bu ta’rif qaysi fan nuqtai nazaridan berilgan?
a. Pedagogika fani.
b. Falsafa fani.
c. Ijtimoiy fanlar.
d. Psixologiya fani.
24. Pedagogik faoliyatning subyektlarini belgilang?
a. Ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar va sinf jamoasi.
b. Tarbiyachilar, o‘qituvchilar, jamiyat va inson.
c. O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar.
d. Sinf jamoasi, ota-ona va o‘quvchi.
25. Nutqda tembr nima?
a. Nutqiy nafas olishda fonatsional usullardan foydalanish.
b. Adabiy til normalariga doimiy rioya qilish.
c. Notiqlik san’atini mukammal egallash.
d. Tovush bo‘yog‘i, tovushning yorqinligi, yumshoq hamda o‘ziga xosligi.