Didaktik tashkilotchilik, konstruktiv, kommunitiv Reja: Shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari muammosining tadqiq etilishi.
Xorij psixologiyasi tadqiqotlarida shaxsning kommunikativ xususiyatlari muammosining ilmiy o’rganilganligi.
Shaxs tashkilotchilik qobiliyati muammosining Xorij va O’zbekistonda ilmiy o’rganilganligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kommunikatsiyaning o`zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko`rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo kommunikatsiya vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til kommunikatsiyaga kirishuvchilar o`rtasida aloqa bog`lanishini ta'minlaydi. Negaki, uni bu maqsad uchun tanlangan so`zlar mohiyatiga ko`ra kodlashtirgan holda axborotni ma'lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya'ni uning ma'nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o`z xulq-atvorini o`zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo`llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipient) kommunikatsiya va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya'ni «bitta tilda» so`zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsipient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo`llaydigan bo`lsalar, bu holda ular o`zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. So`zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish va o`zatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
So`zlar muayyan bir mohiyatga ega, ya'ni ashyoviy olamga allaqanday tarzda tegishli bo`ladi. Mohiyatlar sistemasi kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi.
Shuningdek amerikalik siyosatshunos G.Lassuel besh unsurdan iborat bo’lgan kommunikativ jarayonning modelini taklif etadi.
Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda)
Nima (qanday axborot uzatilmoqda)
Qanday (axborot qanday yo’l bilan uzatilmoqda)
Kimga (axborot kimga yo’naltirilmoqda)
Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi)
Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim aniq odamlarga yo’naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan resipientlarga yo’naltiriladi) xarakterda bo’lishi mumkin.
Kommunikativ jarayonda o’zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo bo’ladi, ya'ni mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta'sirchanlik ko’rsatiladi.