Men nima uchun siyosatshunos bo'lmoqchiman



Yüklə 13,23 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü13,23 Kb.
#152028
Men nima uchun siyosatshunos bo


Men nima uchun siyosatshunos bo'lmoqchiman.
Siyosat - davlatni boshqarish San'atidir. Davlatni siyosatdan, siyosatni davlatdan ajratib bo'lmaydi. Aristotel fikricha, siyosatshunoslikni o'rganish davlatni o'rganishdir. Birinchi Prezidentimiz I. K. Abdug'aniyevich siyosatshunoslikka doir barcha yo'nalishlarni qat'iyan taqiqlab qo'yganlaridan so'ng, "siyosatshunoslik" ahamiyati ancha yo'qoldi va buning asoratlari hali ham mavjuddir. Ammo, davlat rivojining birdan-bir yo'li bu siyosatdir. Biroq, O'zbekistonda siyosatshunoslik, huquq va iqtisodiyot yo'nalishlari deyarli alohida o'rganiladi. Ammo, siyosatsiz iqtisod, huquq va shu kabilar - nafas olmay turib yashash kabidir. Yozuvchi Lauren Bovman o'zining asarida "faqatgina o'rmon cho'li orqali o'tishgina Olamga eng aniq yo'ldir", -deydi. Mening nazdimda, Olam - davlat rivoji, o'rmon cho'li esa "o'rni kam baholangan" yoki "tashlab qo'yilgan" siyosatdir. Shuning uchun ham men siyosatshunos bo'lmoqchiman va siyosatning ahamiyatlari va asosiy aspektlari haqida jamiyatga hamda davlatga ma'lumot bermoqchiman. Shundagina biz davlatimizni rivojlantira olishimiz va yaxshi siyosat olib borishimiz mumkin. Yangi davlatni qurish uchun ham yangi siyosat kerak va mening fikrimcha, yangi siyosatni o'rganish va o'rgatish siyosatshunoslar qo'lida. Hattoki, siyosatshunoslik faqatgina oliy ta'lim muassasalarida emas, balki o'rta ta'lim muassasalarida ham o'quvchilarga ta'lim berilishi kerak. Mana shunday o'zgarishlarni amalga oshirib, siyosat haqida xabar berish siyosatshunoslarning vazifasidir.
Mening maqsadim - siyosatni limit o'rganib, boshqaruv va hokimiyat tizimlari, siyosiy faoliyat, siyosiy fikr, siyosiy xatti-harakatlar haqida bilimga ega bo'lish. Zero, "siyosatni ishga soling, aks holda siyosat sizni ishga soladi", - deydi Ralf Nader. Ma'lumki, xuddi boshqa yo'nalishlar kabi, siyosatshunoslikni o'rganish ham o'zining qiyinchiliklari va mashaqqatlariga ega. Bejizga nemis olimi Albert Eynshteyn "Siyosat fizikadan qiyinroqdir", -demaydi. Shunday ekan, siyosatshunosdek mashaqqatli kasbga ega bo'lish uchun biz kuchliroq yondashishimiz, lozim chunki davlat va jamiyat ravnaqi va kelajagi bo'lajak siyosatshunoslar qo'lida.
Yüklə 13,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin