1-topshiriq. Quyidagi klishelar yordamida gaplar tuzing. Men … hisoblayman. Mening fikrimcha Mening nazarimda Berilgan … menga yoqdi. … menda katta taassurot uyg’otdi. Kitob (film, teatr, maqola) … o‘rgatadi



Yüklə 101,58 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü101,58 Kb.
#174658
4-Topshiriq(II)


Assalomu-aleykum hurmatli talabalar!



1-topshiriq. Quyidagi klishelar yordamida gaplar tuzing.
Men … hisoblayman.
Mening fikrimcha ... .
Mening nazarimda ... .
Berilgan … menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg’otdi.
Kitob (film, teatr, maqola) … o‘rgatadi.
(Axir payg‘ambarimiz "Beshikdan qabrgacha ilm izlang" demaganlarmi)

2-topshiriq.
Uyali radio telefon aloqa tizimlari



1991- yilda uyali radio telefon aloqa tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha birinchi reklama e’lonlari paydo bo‘ldi. 2000 dollarga og‘irligi besh kilogramm, unchalik katta bo‘lmagan chemodancha (abonentradiotelefoni) sotib olish va yana shuncha pul tarmoqqa ulash uchun to‘lash taklif etildi.


Hozir ana shu taklifga talablar topilganiga ishonish qiyin, negaki zamonaviy abonent radio telefonlari cho‘ntakka erkin joylashadi, og’irligi 200 gr keladi, ularni narxi bir nechayuz dollar atrofida, tarmoqqa ulash taxminan 100 dollar bo‘ladi, ba’zida esa umuman tekin.
Radiotelefon aloqaning uyali tizimi unchalik katta bo‘lmagan ko‘p zonalarga — uyalarga (sot—cell—mumkatak) bo‘lingan hududga xizmat ko‘rsatadi, ularning har biriga o‘zining radio jihozlar komplekti xizmat ko‘rsatadi. Bu zonalar shahar rejasida asalari uyasi yacheykalariga o‘xshash strukturani shakllantiradi, ana shu narsadan bu turdagi radio telefon aloqaning nomi kelib chiqqan.
Uyaning chegarasi radio aloqaning turg‘unlik zonasi bilan aniqlanadi va qabul qiluvchi-uzatuvchi radio qurilmaning quvvati, joy topologiyasi va tizim ishining chastotali diapazoniga bog’liq bo‘ladi. Tizim ishining chastota polosasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uyaning radiusi shunchalik kichik, lekin signalning devorlar orqali va boshqa to‘siqlardan o‘tish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‘ladi va yana muhimi radioapparatura juda ixcham va katta miqdordagi abonentlik radio kanallarini tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Zamonaviy uyali tizimlar 450, 800, 900 va 1800 MGc chastotalarda ishlaydi.
Uyali radio jihozlar komplekti o‘z ichiga retranslyator (qabul qiluvchi-uzatuvchi radio qurilma), bazaviy stansiya, radioantenna va shu uya bilan xizmat ko‘rsatiladigan abonentlarning ixcham radio telefonlarini oladi. Abonent radiotelefonlari soniuyada doimiy bo‘lmaydi, negaki abonentlar harakatda bo‘lib ko‘chib yurishlarida bir uyadan boshqa uyaga o‘tadi.
Bunda uyalar orasidagi chegarani kesib o‘tganda radiotelefon apparat boshqa uyaga avtomatik ravishda o‘tadi (yaqin oradagi retranslyatorga ulanadi). Uyali aloqa abonenti o‘zini qiziqtirgan hamsuhbat bilan so‘zlashish uchun o‘zining radio telefoni klaviaturasida mos telefon nomerini teradi va bazaviy stansiya vositasida hamsuhbat bilan bog‘lanadi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Matndagi terminlarni ko‘chirib yozing va ma’nosini izohlang. Bu atamalar qaysi uslubga xosligini aniqlang.- Uyali aloqa, radio,
2. Respublikamizda qanday uyali aloqa kompaniyalari bor? Ular haqida qanday ma’lumotga egasiz? – Beeline, Usell,


3-topshiriq. Quyidagi mavzulardan xohlagan bittasiga taqdimot tayyorlash.

1.Ozbekiston-vatanim mening.


2.Tarixiy shaharlar.
3.Hayvonot dunyosi sirlari.
4.Dunyoning eng zo’r universitetlari.
5.O’zbek tili-davlat tili.
6. Jahon sivilizatsiyasiga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk olimlar haqida.

Topshiriq 14 balli shkalada baholanadi
Yüklə 101,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin