Oʻquvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashgʻulotlarning ahamiyati Mundarija Kirish Reja; I bob. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish



Yüklə 51,37 Kb.
səhifə1/6
tarix23.05.2023
ölçüsü51,37 Kb.
#120380
  1   2   3   4   5   6
TAYOR0


Oʻquvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashgʻulotlarning ahamiyati
Mundarija

Kirish
Reja;
I BOB. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish
1.1. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi

1.2. Tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati


II BOB. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati va tarbiyaviy mashg’ulot usullari
2.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati
2.2. Maktabdan tashqari faoliyat tarbiyaviy mashg’ulot usullari: og’zaki, amaliy ish usullari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli
Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligich qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Respublikamizda bugungi kunda jami 7104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi. Ulardan 5604 tasi (79%) – davlat, 63 tasi idoraviyva 1437 tasi (21 %) – nodavlat muassasalardir. 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 %), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 %) va qishloq joylarida 432 074 nafari (17,4 %) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Umuman, mamlakat bo’yicha 3-7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasalarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi kamchiliklar qatorida maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhlari bolalarining matematik tasavvurlarini davlat talablari asosida shakllantirish ishlari ham talab darajasida emas.

Kurs ishining maqsadi. Umumta'lim maktablarining tarbiya berishda etishda nazariy, amaliy va eksperimental-metodik mashg’ulotlarni tadqiq etish va bu borada ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifalari.
1.Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishini o’rganish
2. Tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati ko’rsatish
3.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyatini yoritish.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’xati va o’zaro mazmunan bog’langan 2ta bob va 4 ta bo’limdan iborat.

I BOB. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish


1.1. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi
Sportning har bir turida o'ziga xos maxsus yuqori darajada rivojlangan sifat va mahoratni kamolotga etkazmoq aniq yo'naltirilgan pedagogik va biologik tarbiya vositasida bosqichmabosqich amalga oshadi. Bosqichlarni mensimaslik, yetarli malakalar yig`indisi hosil bo'lmay turib, yuqori bosqichga ko'tarilishga zo'r berish maqsadga erishish muddatini uzoqlashtiradi, tanani jarohatlantirishga olib keladi.
Dasturni qayta ishlab chiqishda ko'pchilik xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin. Bu xatolar maktab jismoniy tarbiya mazmunini chuqur bilmaslikdan yuzaga keladi. Masalan, aksariyat o'qituvchilar kichik maktab yoshidagi o'quvchilar salomatligining zaiflashib borishidan xavotirlanib, jismoniy tarbiya maqsadi shu yoshdagi bolalar salomatligini saqlashdangina iborat deb hisoblaydilar.
Yana bir toifadagi o'qituvchilarimiz jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishdan iborat deb nazariy mashg`ulotni jismoniy mashqlarga aylantirib yuboradilar. Hatto shunday muallimlar borki, butun o'quv yili davomidagi darslarni alohida sport turiga bag`ishlashadi. O'z mutaxassisligi bo'yicha bokschi bo'lsa, maktabdagi bolalarning
hammasi bokschi bo'lishini istab, darslarni shu tomonga yo'naltiradi.
Uchinchi yo'nalish tarafdorlari esa jismoniy tarbiya darslarini o'quvchilar uchun zarur bilim beradigan harakat ko'nikmalar va malakalarni shakllantiradigan qilib tashkil etishni kifoya deb tushunadilar.
Ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, agar jismoniy mashqlar sportning alohida turiga taalluqli bo'lsa va bu mashqlar ketma-ket takrorlanib turilsa, bu holat bolalarning bir tomonlama o'sishi, rivojlanishiga olib keladi. Masalan, muntazam tosh ko'tarish yoki shtanga bilan shug`ullanish bola gavdasi va
bo'yini o'stirmay qo'yishi mumkin. Sport turlarining murakkab texnik bazasi mavjud bo'lganda ham, xususan, sport o'yinlari, gamnastika, yakka kurashlar- bular bola organizmiga, ularning garmonik o'sib ulg`ayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. Bola organizmi jismoniy mashqlarning bir necha turlar yoki majmua (turkum) mashqlar yordamidagina har tomonlama rivojlanishi mumkin.
Ayrim o'qituvchilar, uslubchilar chet davlatlarda jismoniy tarbiyaning umumiy dasturi barcha uchun majburiyat degan bahonani ro'kach qilib, sportning ayrim turlari bo'yicha mashg`ulot olib borishni afzal ko'rishadi. Aslida xorijiy
davlatlarning jismoniy tarbiya bo'yicha har birining dasturida sportning barcha turlari bo'yicha mashg`ulotlarning o'tkazilishi majburiyligi aniq ko'rsatilgan.
-Sport tayyorgarligi tomonlarining nisbati (umumiy va mahsus jismoniy, tehnik va psihologik h.k) bir biriga bog’liqligi bilan ;
-Mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining parametrlarining nisbati (yuklamaning hajmi va shiddati h.k.) ;
-Mashg’ulot jarayonining har hil zvenolari o’rtasidagi ketma-ketlik va bog’liqlik (trenirovka mashg’uloti, mikro va mezotsikllar, davrlar,
bosqichlar va h.k.);
-Mashq bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida uch bosqichdagi tuzilish farqlanadi;
-Mikro tuzilish – ayrim mashg’ulotlarini tuzilishi va mikrotsikllar ;
-Mikro tuzilish o’rta sikllarni tuzilishi va mashg’ulotlarning bosqichlari;
-Mikro tuzilish – katta sikllarning tuzilishi.
Sport mashg’ulotlari hamma bo’laklarining mazmuni, vositalari, metodlari va boshqa tarkibiy qismi bir butun bo’lib bog’langandir. Mashg’ulot mikrotsiklini tuzilishi. Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini kompleks ravishda yechishni ta’minlaydigan, bir necha kunlar ichida o’tkaziladigan mashg’ulotlar seriyasidir, mikrotsikllarni davom etishi 3-4 kundan 10-14 kungacha.
Ko’pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrotsikl haftalik kalendari bilan mos kelib shug’ullanuvchilarining umumiy rejimiga qo’shilib ketadi. 7 kun davom etadigan mikrotsikllarni ko’pincha haftalik sikl deyiladi. Boshqacha ko’p yoki kam kun davom etadigan mikrotsikllarni har hil variantlarda, shu jumladan shahsiy musobaqa davrining alohida kerakli joylarida, o’tkaziladigan musobaqani davom etishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. Masalan: agar qilichbozlik va sport gimnastikasidan quyidagi shema bo’yicha musobaqa o’tkazilganda qilichbozlik 1 - kun, shahsiy musobaqa 2-kun komandalar musobaqasi, 3- kun final. Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur.
2 kun erkin dastur.
3 kun ko’p kurash finali.
4 kun ko’p kurashning ayrim turlari finali.
Bu ko’rinishda esa mikrotsikl shu sxemani o’zgartirmasdan takrorlashi shart. Mikrotsikllar kamida ikki: kumilatsion (yig’uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash bilan bog’liq) hamda qayta tiklovchi, mashg’ulotlar harakterida tuzilgan fazodan iborat bo’ladi.
Mikrotsikllarning minimal davom etish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni bo’ladi. Ko’pincha bu fazalar mikrotsikl ichida takrorlanib, har bir mikrotsikl qayta tiklash fazasi bilan tugallanadi. Қayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrotsiklni tugallamasligi uning ichida qaytarilishi ham mumkin. Mashg’ulotlar mazmuning ketma – ketligi esa tayyorgarlik davriga, vazifasiga va qanday mikrotsikl bo’lishiga bog’liq. Katta bo’lmagan shiddatda bajariladigan, katta hajmdagi ish tez-tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta hajmli ish bajarish mashg’ulotga qayta tiklashni tez – tez kiritishni talab qiladi. Mikrotsiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg’ulotlarni qaysi
tomonga yo’naltirilganligi hisobga olinishi kerak
1. Mikrotsikl, tezkorlik va tezkorlik - kuchlilik sifatlarini optimal ish qobilyati oshgan kunlardagina qo’yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyin qo’yiladi. Katta yuklamadan keyin, ko’pincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi. Aniqroq qilib aytganda, organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar tehnikasini takomillashtirgandan
keyin o’rtacha 2-3 kundan keyin: Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotdan keyin o’rtacha 5-7 kundan keyin tiklanadi. Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg’ulotni katta yuklamali mashg’ulotlar
oldida o’tkazish shart.
2. Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1 -2 razryadli sportchilarga qaraganda 1,5 -2 marta tez tiklanishi mumkin.
Individual qobilyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72
soatda, chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi. Shuning uchun shahsiy musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish faoliyatini yuqori fazasiga to’g’ri kelsin. Bu esa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi. Mikrotsikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyidagilar kiradi.
1. Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o’qish va mehnat qilish faoliyati) va unga bog’liq bo’lgan ishchanlik dinamikasi.
2. Mikrotsikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg’ulotlar soni va mazmuni. Bu omillarni ta’sir ko’rsatishi sport mutahassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Masalan : mashg’ulotlarning mazmuni, ularning mikrotsikldagi soni, yuklamaning hajmi, har bir sport turidan yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va h.kada har hil bo’ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar mashg’uloti
jarayonida ham shunday farqni ko’rish mumkin.
3. Mashg’ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaksiyasining individual hususiyatlari. Shug’ullanuvchilar organizmi bir hil hajm va shiddatdagi yuklamaga bir hil javob beradi. Bu esa ularning organizmini bir hil hususiyatlariga bog’liq. Shunga nisbatan, mashg’ulot yuklamasiga ham har hil sportchini organizmi individual moslashish (adaptatsiya) beradi. N.S.Kucherev
va boshqalarni ko’rsatishiga qaraganda mikrotsikl fazalarini haftalik bioritmik fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.
1. Mikrotsikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o’zgarishi mumkin, % yuklama hajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang’ida balandlikdan sarovchilarning musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklamaning dinamikasi.
2. Mikrotsikllarning tuzilishi, mashg’ulot davrlari va bosqichlarini tuzilishiga qarab, uni qaysi (joyiga qo’yish rejalashtiriladi) jarayoniga bog’liq. O’zini shakli va mazmuniga qarab tayyorgarlik davrining umumtayyorgarlik bosqichidagi mikrotsikl hech qachon shahsiy musobaqa davridagi mikrotsiklga o’hshamaydi. Hamma davrlar uchun ishlatiladigan universal mikrotsikl ham bo’lishi mumkin emas. Mashqlar kompleksining asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlarining
tartibini almashtirish, yuklama va dam oligni o’zgartirish bilan murabbiy mashg’ulot jarayonining o’sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko’rsatishi uchun tayyorlab boradi.
Mikrotsikllarning turlari va ularning alohida hususiyatlari. Sport
mashg’ulot jarayonida quyidagi mikrotsikl turi aniqlanadi;
- tortuvchi
- zarbdor
- yaqinlashtiruvchi
- musobaqa
- qayta tiklovchi
a) tortuvchi mikrotsikllar: katta bo’lmagan hajmdagi yuklamalardan tuzilib, sportchi organizmini shiddatli mashg’ulotlarga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1 - (umumtayyorgarlik) bosqichida ishlatiladi.
b)zarbali mikrotsikllar : katta hajmdagi yuklamani shiddatli bajarishga qaratiladi. Bularning asosiy vazifasi sportchilarning organizmi moslashish jarayonini asosiy tehnik va taktik, jismoniy ahloqiy irodaviy mahsus psihologik va integral vazifalarni yechishda yordamlashishdan iboratdir. Bularni asosiy o’rni fundamental davrni 2- mahsus tayyorgarlik bosqichi va shahsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v)yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrotsikllar – asosiy vazifasi musobaqaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mehnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga asosiy diqqatini jalb qilib charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zarur.
g) qayta tiklovchi mikrotsikllar – bular bilan ko’pincha zarbali mikrotsikllar seriyasi tugallanadi. Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin ham (rejalashtiriladi) rivojlantiriladi.
d) musobaqa mikrotsikllari- musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga binoan tuziladi. Mashg’ulot mikrotsikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
- sportchini rhorganizmiga, har hil hajmdagiva yo’nilishdagi yuklama qanday ta’sir ko’rsatishini;
- yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom etish vaqtini.
- katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tezlashtirish maqsadida va o’rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati.
Mikrotsikllarni yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 hil tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.
a) mashq bilan chiniqqanlikni maksimal rivojlanishiga,
b) mashg’ulotnini ham samaradorligiga yoki uni butunligcha yo’qligiga.
v) sportchini holdan toyishi yoki madori qurishiga.
Birinchi tipidagi reaksiya – mikrotsiklda katta va anchagina yuklamali,
optimal mashg’ulot soni kiritib ular o’zaro ratsional holda hamda kichik yuklamali mashg’ulotlar bilan almashtirilgan taqdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar soni
va ularning yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko’rsatsa, uchinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar ratsional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya berishiga olib keladi.



Yüklə 51,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin