Bola organizmiga jismoniy mashqlarning ahamiyati Reja: Bola organizmiga jismoniy mashqlar



Yüklə 24,86 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü24,86 Kb.
#196948
  1   2   3
Bola organizmiga jismoniy mashqlarning ahamiyati


Bola organizmiga jismoniy mashqlarning ahamiyati


Reja:

  1. Bola organizmiga jismoniy mashqlar

  2. jismoniy mashqlarning ahamiyati

  3. organizmiga jismoniy mashqlarning ahamiyati va turlari






1.Bola organizmiga jismoniy mashqlar
Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so’ng, inson kun mobaynida o’zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o’zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go’yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi. Bolani qanday qiziqtirish mumkin? Aslida, eng gapyuqmas bolalarni ham ertalabki jismoniy tarbiyaga o’rgatsa bo’ladi. Buning uchun zerikarli jismoniy mashqlarni quvnoq o’yinga aylantirish kerak, buni har bir oila a’zosi bajara oladi.
Dastavval, farzandlari badantarbiya qilishni xohlamaydigan barcha ota-onalar anglab olishlari kerakki, bolani mashq qilishga majburlash emas, o’rgatish kerak. Farqi bormi? Agar, hali ham «unchalik bo’lmasa», tezda ota-onangiz ham sizni o’z irodangizga qarshi biror ishni qilishga majburlaganini xotirlay olasizmi? (Ko’pikli sutni ichish?.. Skripka chalish?). Endi tahlil qiling, katta bo’lgach, o’sha ishlarning qaybirini davom ettirmoqdasiz?! Ertalabki badantarbiyadan maqsad, u uzoq yillar mobaynida sog’lom odatga aylanishidir. Shuning uchun ham tarbiya maqsadlarida hech qanday bosim, ayniqsa jazolash (agar bajarmasang, konfet yo’q) haqida gap bo’lishi mumkin emas. Bolakay tonggi oson jismoniy mashqlarni og’ir vazifa sifatida emas, balki (yuvinish va tishni yuvish singari) shunday bo’lishi lozim ish deb qabul qilishi kerak. Mashq qilishni o’zgaruvchan stolda boshlash muhim. Agar hayotning ilk oylaridanoq qiziq hirgoyilar qilib, bolaning qo’l-oyoqlarini ohangga mos ravishda harakatlantirsangiz, bunda o’z harakatlaringizni hayajon bilan «mana bizning bolakay qanday qila oladi!» deb davom ettirsangiz, siz shartli refleksga poydevor qo’yasiz: tong otdi — mashq boshlandii.
Agar siz, 2-3 yilgacha kichkintoyingizga ertalab uyg’onishi bilan «qushcha qanotlarini qanday silkitishi» yoki «chigirtka qanday sakrashi»ni ko’rsatsangiz va undan sizning harakatlaringizni takrorlashni so’rasangiz, siz unda eng to’g’ri refleksni mustahkamlaysiz va uning dunyoqarashini kengaytirasiz.
Hatto, oddiy sayrni ham sport bilan shug’ullanishga aylantirish mumkin. Buning uchun sakrash, yugurish va shu kabilarni bajarish mumkin. Biroq, barchasini farzandingiz bilan birga bajaring va unga sog’lom turmush tarzi borasida namuna ko’rsating. Va nihoyat, rag’batlantirish muhim shart hisoblanadi, ammo bu ham ma’lum bir chegaradan chiqmasligi shart, deb qayd etishadi mutaxassislar.
Ruhlantiramiz. Ammo, aytaylik, bola biroz katta bo’ldi, ertalablari badantarbiya qilish masalasi sizni o’ylantira boshladi. Farzandingiz 5-7 yosh atrofida va siz nima bo’lsa bo’lsin, u ertalablari mashq qilishini xohlayapsiz. Bunda bolani to’g’ri ruhlantira olish lozim. Hech qachon u bilan «bozor munosabatlari»ni o’rnatmang: «sen mashq qilasan, men o’yinchoq olib beraman» va b. kabi. Bunday tarbiyalash shu bilan yakunlanadiki, bola salomatligi uchun emas, ortiqcha yana bir sovg’a uchun mashq qiladigan bo’ladi. Keyinchalik umuman qilmay qo’yadi.
Eng to’g’risi – shaxsiy namunada ko’rsatish. U bilan birga mashq qiling. Mashq turlari bo’yicha musobaqalashing. Bu ham quvnoq, ham foydali bo’ladi. Agar siz shug’ullanib, biror sport turida ilgarilab ketgan bo’lsangiz, farzandingiz bu haqda bilishi va faxrlanishi lozim. Mukofotlarni ko’rinadigan joyga qo’ying, muvaffaqiyatlaringizni namoyish qiluvchi fotosuratlar yoki videolavhalarni tomosha qiling.
«Maqtanish» imkonini qo’ldan boy bermang: «Ko’ryapsanmi, qanday qila olaman? Bilasanmi, bu qanday zo’r! Men tanamni tayyorlash uchun ertalabki oddiy mashqlardan boshlaganman. Xohlasang, sen ham shunday qila olasan».
Bolaning har qanday harakati ota-onalar qalbidan joy oladi, shuning uchun ham ertalabki badantarbiya mashlari oiladagi o’ziga xos voqelik bo’lishi darkor: barcha jismoniy mashq qilayotgan bolaga diqqat qaratishi, chaqqonligi uchun maqtashi, kerakli jihozlar (yaltiroq koptok, arg’imchoq, multfilmlar qahramonlari tushirilgan original gilamcha va b.) ni xarid qilishi kerak. Va albatta, u xalaqit qilayotgani, «oyoq ostida o’ralashayotgani» yoki sadolari ostida o’tirib-turayotgan musiqa juda balandligi va qo’shnilarni uyg’otib yuborishini aytib koyish kerak emas.

Yüklə 24,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin