Bola organizmiga jismoniy mashqlarning ahamiyati Reja: Bola organizmiga jismoniy mashqlar



Yüklə 24,86 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü24,86 Kb.
#196948
1   2   3
Bola organizmiga jismoniy mashqlarning ahamiyati

Mashqni to’g’ri bajaramiz. Bola uchun ertalabki badantarbiyaning odatdagi fitnes-yuklama bilan hech qanday umumiyligi yo’q. Shuning uchun bola har kuni kundalik me’yordan ko’proq qilib, shpagat o’tirishini talab qilish kerak emas. Mashqlar qanchalik sodda bo’lsa, shuncha yaxshi va quvnoqroq. Asosiysi – tananing har bir qismi uchun barqarorlik va muvozanatni ta’minlashga erishish. Mashqlar shunday tanlanishi kerakki, unda asosiy mushaklar guruhi va bola organizmi tizimlari qatnashsin. Mashg’ulotlar chog’ida tayyor to’plamlardan foydalanish yoki ularni bola salomatligining o’ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda tuzib chiqish ham mumkin. Ehtimol, ertalabki badantarbiya farzandingizga to’g’ri kelmas. Shunaqasi ham bo’lib turadi. Har kuni farzandingiz bilan ko’proq sayr qilish, ochiq havoda serharakat o’yinlar o’ynashga harakat qiling. Bu uning gipodinamikasini to’ldiradi. Kim bilsin, balki bir necha yillardan so’ng, unda sportga muhabbat paydo bo’lib, sizdan xokkey yoki raqs to’garagiga yozishni iltimos qilar.
E rtalabki badantarbiya mashqlarining sog’lomlashtiruvchi turlari sarasiga kirdi. Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o’z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari shug’ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo’llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo’nalishiga ega bo’lib, sport turlari sifatida targ’ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko’rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko’p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari.
Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko’rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to’la ravishda bolaning sog’lig’ini tiklash uchun qo’llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo’llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg’imchoqlar, to’plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg’ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o’rmalash, oshib o’tish)
Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya mashqlarining asosan ertalabki badantarbiya mashg’ulotdan oldin o’tkaziladi. Uning ahamyati esa bola organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 daqiqa davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg’ulotlardai iborat. Eng ko’p og’irlik mashg’ulotlarning o’rtasida o’tkaziladi.
Bolalar bog’chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog’lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo’lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg’ongach (5-7 daqiqadan so’ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to’g’ri o’sishidagi ko’nikmalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo’lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo’ladi. Ertalabki jismoniy mashg’ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniqsa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez qo’zg’alishiga va mehnatga yaroqliligi me’yorini qayta tiklaydi.
Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo’ladigan ta’sirlari birgalikda o’tkazilsa, nerv sistemasining ko’zg’alish jarayoni tezroq yo’lga qo’yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko’zg’alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, muskul guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurakning va o’pkaning normal faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki organlarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi muskul mashqlari davomida rivojlanuvchi muskullarning o’ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab qolishga yordam beradi.
Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun asta-sekin sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga o’tish lozim va shu bilan bir qatorda asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni ko’paytirish lozim. Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi hisobiga, qaytarilishlar soni hisobiga, harakatlarning tezlik darajasini oshishi va ayrim mashqlar orasidagn to’xtalishlarni kamaytirish hisobiga oshiriladi.
R itmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari. Ritmik mashqlari sog’lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko’rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog’liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug’ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo’ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik.
Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug’ullanuvchilarning kayfiyatini ko’taradi. Xis - tuyg’ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g’ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo’nalishga ega bo’lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o’yin yoki aralash mashqlar ustun turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko’pchilikni tashkil etadi. Axir qizlar ayniqsa xis-xayajonlarga va raqslarga intilishadilar. Shuning uchun bu badantarbiyaning nomi ritmikdir. Badantarbiya mashg’ulotlar yig’indisi o’zining xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga eta bulgan mashqlardan (yugurish, sakrash) tashkari bo’g’inlarning cho’zilishi egiluvchanligi va harakatchanligiuchun kerak bo’lgan mashqlarishtirok etadi.
Raqslar uchun mo’ljallangan mashqlar juda kup. Ikkinchidan musiqaviy kuzatuv sifatida ko’pgina o’zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo rakslarn qo’llaniladi Harakatlarning go’zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o’zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko’rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyatini bebaxoligini ko’ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.
Doimiylik xususiyatiga ega bo’lgan mashqlar asosiy bo’lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari, va yana asabni boshqaruvchi mashqlar mashg’ulotlari.
Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
 mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o’tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qilish lozim. Boshni to’g’ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to’g’ri turishini, xis etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
umumiy ta’sirdagi 2-3 da mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlardir.Ular yurak - qon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini rag’batlantiradi;
keyin esa qo’l, muskullar, yelka, gavda, oyoqlar uchun mashqlar bajariladi. Bu paytda gavdaning har bir qismi orqama-ketin qo’shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshadi, ishga muskullarning har hil guruxlari qo’shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin muskullarini mustaxkamlaydi, umurtqa pogonasining harakatchanligini qo’llab - quvvatlaydi va rivojlantiradi;
keyin esa kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo’lgan 2-3 ta mashqlar gavdaning barcha qismlari bilan bajariladi (qo’l, qorin muskullari va tana) Faol muskul zo’riqishlaridan so’ng muskullarni dam olishlari uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
undan keyin sakrashlar keladi. Ular oyoqlar muskullarini mustaxkamlaydi. Sakragandan so’ng albatta, mashqini kamaytirgan holda yurishga o’tish lozim. 1-2 ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch xolga kelishiga imkon beradi;
 mashqlar majmui gavdani to’g’ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.
Ertalabki badantarbiyaning metodik xususiyati. Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo’lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.
Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badanarbiya mashqlari xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo’lmagan harakatiga keltiruvchi mashq), ya’ni har xil muskullar guruxini jismoniy layoqatini yanada chuqurlashtirish, elementlar, harakatga keltiruvchi ko’nikmani qo’lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikii rivojlantirish maqsadida bajariladi.
Qo’shimcha mashqni va ko’nikmani atrof-muxit bilan bir-biriga aktiv ta’sir etuvchi badantarbiya vositadir. Erkin mashq bu ertalabki badantarbiyamashqlarining bir turi bo’lib chidamlilikni oshirishga rivojlantirishga yo’naltirish.
Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari. Ertalabki badantarbiya vazifalari quydagilar hisoblanadi:
 odamning jismoniy holatiga xos bo’lgan mezonlar bo’yicha uning salomatligiga oid model ko’rsatkichlarini normallashtirib turish, -jismoniy yuklamalar meyorga solib turishi,
 sixat-salomatligini model darajasiga erishishi va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq tasir ko’rsatuvchi tadbirlar
Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baxolab turishi kerak, o’z vaqtida bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini yengillashtirishi, agar qiyinchiliklar tug’ilsa, xatolarni to’g’rilashi kerak. O’rgatish jarayonini shu tarzda boshqarish, tarbiyachi tomondan, ijodiy jarayondir va pedagogik maxoratni ta’riflaydi.
Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o’rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg’ulotlar o’rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o’zida o’tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faoliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo’lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg’ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg’ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po’stlog’ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o’quv materialini o’zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg’iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o’zgartirish zarurligini ko’rsatadi.



Yüklə 24,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin