2.2.Boshlang’ich sinflarda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini shakllantirish Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o'zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o'rinbosarining faoliyati, o'z ifodasini topgan xujjatlar ro'yxati, xalq ta'limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o'qituvchining yo'naltiruvchi ta'siri ostidagi o'quvchilarning o'z-o'zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o'tkaziladigan mustaqil mashg'ulotlar etakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta'limning moddiy bazasi: qo'shimcha va ma'lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko'rgazmali qo'llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko'zda tutiladi. Ular o'z ichiga quyidagilarni oladi:
darslik va qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o'zlashtirishni ta'minlovchi;
tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar vahokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo'limiga sinf rahbarlarining ishlari, maktab ma'muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o'qituvchilarning o'quvchilar bilan muomilasi, adolatli bo'lishi, ta'sir ko'rsata olishi kerak.
O'quvchi yoshlarni hozirgi zamon ma'naviyati bilan ongini sug'orish, ya'ni singdirish kerak. O'quvchilarni qadriyatlarimiz asosida urf-an'analarimiz asosida tarbiyalash har bir o'qituvchining vazifasi.
O'quvchi atrofini o'rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o'kituvchilar, maktabning muhiti, o'quvchilar tarbiyasini to'g'ri, ongli ravishda o'rganish va qabul qilish. Sinfdan tashqari ishlarni to'la qamrab olgan to'garaklar bir necha xilda bo'lishi mumkin:
To'garak turlari:
Fan to'garaklari.
Mohir qo'llar.
Duradgorlik.
Sport musobaqalari.
Badiiy havaskorlik.
Ko'rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma'naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma'naviy an'analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi- shaxsning aqliy-axlooqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talablar mavjud:
Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining to'garak qatnashchilari ongida yuksak ma'naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo'lishi kerak. To'garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so'nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish o'rin tutadi. To'garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo'lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak. Maktabdan tashqari ta'lim o'qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bo'sh vaqtlarda o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va quyidagi yo'nalishlar bo'yicha to'garak qatnashchilariga talablar qo'yilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
Estetik ta'lim;
Sayyohli yo'nalishi bo'yicha to'garaklarga qatnashish.
Ekologik ta'lim yo'nalishi bo'yicha to'garaklar;
O'quvchilarni ma'naviy axloqiy yo'nalishi bo'yicha;
Xuquqiy ta'lim yo'nalishi bo'yicha;
Texnik ijodkorlik yo'nalishi bo'yicha;
Istiqlol bolalari va iste'dodli yoshlar;
Iqtisodiy ta'lim.
O'quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo'lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilish mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta'sir ko'rsatadi. Ayrim o'quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki o'quvchilarning o'zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo'llarini ancha yaxshi tushunadilar. Bolalar iarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu erda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng kata imkoniyatga egadir.O'quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o'z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog'liq qilib qo'ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo'ladi.
Mashg’ulot ta’siri ostida sportchining xolati o’zgarishi 3 bosqichga bo’linadi: hafta yoki oylar bo’yicha nisbatan bosqich davomida saqlanishi. Masalan: sport formasining xolati mashg’ulot jarayonida yetarlicha chiniqmaganligi va h.k.
Joriy xolati: bir yoki bir necha mashg’ulotni ta’siridagi o’zgarishi (bu
holatlarni baholash, keyingi mashg’ulotlarni tuzilshi va yo’nalishini va ularga nisbatan yuklamaning kattaligini aniqlashga yordam beradi). Operativ holati : alohida mashqlarning ta’siri ostida o’zgaruvchan va tezlikda o’tuvchi (bularni mashg’ulotlar dasturini tuzishda, mashqlarning davom etish vaqti, harakteri, shiddati va uni bajarish, davom etish vaqti va dam olish intervalining harakteri hisobga olinadi).
Sport mashg’uloti jarayonini ko’p qirraliligi va sportchining doimiy
xolda imkoniyatining o’zgarishi, har xil omillar ta’sirida uning holatini tebranishi, boshqarishining negizi bo’lib hisoblanadi. Bu esa sportchidan murabbiyga beriladigan teskari aloqasi orqali beriladi :
1. Sportchidan murabbiyga boruvchi ma’lumotlar (o’znini sezishi, ishga bo’lgan munosabati, kayfiyati va b.k.)
2. Sportchi o’zini tutishi haqidagi axborotlar (mashg’ulot ishining xajmi, uning bajarishi, aniqlangan xatolari va h.k)
3. Mashg’ulot samaradorligini, qisqa vaqtdagi ko’rsatkichlari (mashg’ulot yuklamasi ta’sirida funksional tizimidagi chegara va o’zgarishlar harakteri).
4. Mashg’ulot samaradorligining yig’ilishi (kumlyativ) to’g’risidagi axborotlar (sportchining mashqqa chidamlilik holatining o’zgarish holati).
Sport mashg’uloti davrlarida bosqichlari bo’yicha tayyorgarliklari mashg’ulotni boshqarish samaradorligi mashq bilan chiniqish mashg’ulotlarining tuzilishini aniq sonining ko’rsatkichlari va sport faoliyati bilan bog’liqdir.
Bu esa, bu yoki u sport turlaridagi aniq sport predmetiga harakterlidir.
Shuning uchun mashg’ulot va musobaqa faoliyati modelini tuzish va saralash sifatida ham ishlatiladi. (sportda takomillashtirishning ma’lum bosqichlarida, tanlash sifatida ham ishlatiladi). Keyinchalik sportchining aniq funksional imkoniyatlarini, modeldagi individual ko’rsatkichlari bilan qiyoslanadi va keyingi ish va berilgan samaradorlikka erishish yo’nalishi aniqlanadi.
Mashg’ulot jarayonida rejalashtirilgan natijaga erishishga yordam beruvchi, mashg’ulot vositasi va uslublari amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan siklni yakunlovchi operatsiyasi bo’lib, oraliq nazorat, mashg’ulot jarayonini samaradorligini belgilaydi va kerakli vaqtda korreksiya qilinadi. Bu siklning hamma operatsiyalarini amalga oshirishni, eng kerakli sharoitibo’lib, har tomonlama tenglashtirilgan ko’rsatkichlar hisoblanadi. Musobaqa faoliyati va sportchining
tayyorgarligini aniq tuzilishini ko’rsatkichlari model tavsifini, oraliq nazorat ham boshqarishning asosiy ishlanmasi bo’lib hisoblanadi. Nazoratning bu natijasi ishning asosiy yo’nalishi va natijasiga erishish yo’lini aniqlaydi. Tarbiyani eng avvalo insonning o'ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan «o'zbek modeli» da juda to'g'ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e'tibori uni o'zligini anglashga qaratildi. O'zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug' siymoligini anglash va o'zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo'lsa, ikkinchidan uning o'ziga xos milliy- insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir.
Yuqorida sanab o'tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. CHunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa, ular asosan 3 ta:
Ezgu niyat, fikr;
Ezgu so'z, xushmuomila;
Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
Shu yuqoridagi uch sifat o'qitishning, ta'lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy axloqiy-amaliy o'quv, malaka, ko'nikmalar qurollantira borish, mutaxassislarda xar bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo'lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasiining «Ta'lim to'g'risida» gi qonunida ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida sohasini ustivor deb e'lon qilinadi.
Ta'limning, o'qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy konstituttsiyaviy xuquqlaridan biri bo'lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta'minlash, o'zi hohlagan kasbini tanlash jihatidan rivojini ta'minlash, o'zi hohlagan shu sohada faoliyat ko'rsatishi uchun moddiy- ma'naviy tarbiyaviy didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta'limning har bir bo'g'ini, turi va bosqichining o'ziga hos vazifalari kelib chiqadi.
Ta'lim pedagoglarning faorliyatidan va o'quvchi talabalarning faoliyatidan iborat qo'shaloq jarayondir.
Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilimiy bilimlari qurollanadilar. Buning natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma'lumot ta'lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to'plangan bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisi va shakllangan ma'naviy fazilatlar majmuidir.
Ma'lumot olishning to'g'ri va ishonchli yo'li davlat ta'lim standartlari bo'yicha bilim beradigan aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o'quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta'lim tarbiya jarayonidir.
Ta'lim, tarbiya, ma'lumot, rivojlanish, shakllanish uyg'unlash yagona jarayondir.
Unda o'qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmog'i sifatida, fan sifatida shakllanadi. O'zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogik fanlari tizimi, ya'ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog'i hisoblangan pedagogikaning mustaqil yangi yo'nalishlari yaratildi. Jumladan, pedagogika mustaqil yangi yo'nalishlari yaratildi, pedagogika fanining tarixan rivojloanishi o'zida aks ettiriladi. Bunda o'tmishdagi ilg'or pedagogik g'oyalarni paydo bo'lishi, rivojlanishi ularning bugungi kun dagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati xaqidagi fikr yuritiladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti- harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'anaviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan ma'suliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma'naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo'lagn munosabat muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So'ng asta-sekin qilayotgan ishlarning mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g'ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma'naviyati, bilimi tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Bolaning xarakterini, oiladagni tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-hayosi kabi nozik tuyg'ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o'ylab ko'rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o'quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo'lish kerak. Agar bu jazo usullari o'zining samarasini bermasa, u holatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma'muriyati va jamoa hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqishi kerak.
Bugungi kunda pedagogika fani amaliyoti ham takomillashib bormoqda. SHuningdek, tarbiya jarayoni ham zamon talabiga monand takomillashib boradi.
Boshqaruv organlari barkamol avlodni o'qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o'z vaqtida va ijobiy hal etishlari, barcha o'quv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofiq oshirishlarini ta'minlashlari kerak.
Ta'lim oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta'lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog'liq. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chiqib, maorifning o'rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan qarab, oliy majlis materiallarida, prezidentimiz ma'ruzalarida, maxsus qarorlarda rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e'tibor berib kelmoqda. Boshlang'ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning bo shqa jamolari bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an'analari saqlanadi. Boshlang'ich jamoa o'qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o'quvchilar o'z-o'zini boshqarish, o'z-o'zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.
O'qituvchi va sinf rahbari sog'lom, ahil bolalar jamosini shakllantirish bilan birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo'llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatini yo'naltirib boradilar.
Kichik yoshli o'quvchilar juda faol va harakatchan bo'ladilar. Faollikka intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo'lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy ishning chinakkam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo'r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-birlariga g'amxo'r munosabatda bo'lishni tarbiyalaydigan, individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi.
O'qituvchi boshlang'ich sinflarda bolalarga o'zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko'pincha kichik yoshdagi o'quvchilar yosh xususiyatlariga ko'ra, o'z hususiyatlarini to'g'ri baholay olmaydilar.
Bolalarning o'sishi ularda jamoatchilik malaka va ko'nikmalarining shakllanib borishi bilan o'qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o'zgartirib boradi.
O'qituvchi boshlang'ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog'lom jamoatchilik fikrini yaratadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamosini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.