Harakat-holatni anglatuvchi mustaqil so’zlar fe’l deyiladi. Fe’ldan anglashilgan harakat yoki holat



Yüklə 27,13 Kb.
səhifə1/5
tarix05.12.2023
ölçüsü27,13 Kb.
#172678
  1   2   3   4   5
fel


FE`L


Nima qilmoq? nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, harakat-holatni anglatuvchi mustaqil so’zlar - fe’l deyiladi.
Fe’ldan anglashilgan harakat yoki holat ma’lum bir shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi (subyekt) deyiladi.

Harakat fe’lari

Holat fe’llar

Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro’y bergan harakatni ifodalaydi

Shaxslarning ichki kechinmalarini va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish jarayonini ifodalaydi

Termoq, chopmoq, sakramoq, yurmoq, yugurmoq, gapirmoq, ovqatlanmoq, kesmoq, chaqmoq, ekmoq, ichmoq, urmoq, qulatmoq, kerishmoq, kiymoq, tikmoq, tashimoq, uloqtirmoq, tepmoq, sindirmoq, buramoq, qadamoq, sug’ormoq, yuklamoq.

O’ylamoq, sevinmoq, tushunmoq, ulg’aymoq, kuyinmoq, qo’rqmoq, sevmoq, hayajonlanmoq, isimoq, eskirmoq, esmoq, qizarmoq, titramoq , yig’lamoq, kulmoq, qarimoq, o’lmoq, portlamoq, bug’lamoq, muzlamoq, kengaymoq, kuymoq, pishmoq.

Bajaruvchi(subyekt)ning harakat-holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini ifodalovchi fe’l shakllari fe’l nisbatlari sanaladi. Fe’lda anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs yoki narsa o’rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe’l shakllariga - nisbat shakllari deyiladi. Nisbat qo`shimchalari va’zifasiga ko`ra - lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha hisoblanadi.  Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo`shiladi. Ya’ni fe’lning asosi bilan nisbat qo’shimchasining o`rtasiga boshqa qo`shimcha tushmaydi.

Yüklə 27,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin