Kiyim haqida ma’lumot Kiyim tarixidan ma’lumot



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/4
tarix22.01.2020
ölçüsü0,65 Mb.
#30276
  1   2   3   4
ayollar zamonaviy koylagini loihalash va modellash22


Kiyim haqida ma’lumot

Kiyim tarixidan ma’lumot. Zamonaviy kiyim murakkab tizim bo‘lib unga xos loyihalashning shakllanish qonuniyatlarini tushunmoq uchun, kiyimning uzoq o‘tmishdagi ko‘rinishi haqida ma’lumotga ega boMish kerak.

Kiyim hozirgi mukammal ko‘rinishiga murakkab bosqichlar orqali yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya topmoq vositasi sifatida paydo boMgan. Kiyimning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy davr odamlarining qabila bo‘lib yashagan vaqtiga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda insonlar daraxt barglari, poxollar, hay von terilarini tanaga beldan bogMab yurishgan. Kiyim insonning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli u ham rivojlanib bordi. Kiyimning keyingi ko‘rinishi turli o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan to‘qilgan oddiy gazlamalami tanaga o‘rab yurishdan iborat edi. Qadimgi Gresiyada erkaklar kiyimi ikki qismdan — xiton va gimatiydan iborat bodgan. Xiton — bu ichki





kiyim bo‘lib, jun yoki zig‘ir tolali gazlamadan tayyorlangan. Erkaklar biror yumush bilan ko‘chaga chiqayotganda ustki kiyim — gimatiyni kiyib olishgan. Gimatiy to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi, 1,7x4 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lib, uni yelka ustida bog‘lab yoki yelkaga tashlab quyib, gavdaning tabiiy go‘zalligi va harakat bemalolligini ko‘rsatadigan hamda unga halaqit bermaydigan nafis taxlamalar tushirib drapirovka
qilib qo‘yilgan (1-rasm, a).

Ayollar kiyimi ham erkaklar kiyimiga o‘xshab ikki qismdan iborat bo‘lib, ular kiyimi yopiqroq va uzunroq bo‘lgan. Ichki kiyimi

xiton va ustki kiyimi peplos deb atalgan. Peplos 1,5x3,5 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lgan (1-rasm, b).

Qadimgi greklar va rimliklar bunday burmalangan kiyimlami ustalik va yuqori did bilan bajarganlar. Tabiatshunoslik, samo fanlarining kelib chiqishi kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Kiyim gazlamasi turlari paydo bo‘lgan (yupqa, qalin, shoyi, ip tolali gazlamalar). Keyinchalik kiyimda tananing qismlariga alohida gazlamalami o‘rab tayyorlash, bo‘ylab biriktirish mehnat qilish uchun ancha qulaylik tug‘dirgan.

Ayniqsa, ignaning kelib chiqishi kiyim qismlarini biriktirib tikishda uning takomillashishiga olib kelgan. XIII asrga kelib kiyimda yoqalar, yeng, manjetlar, cho'ntaklar, taqilmalar shakllangan. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko‘rinishida, gazlamasida, bichilishida o‘zgarishlar tez rivojlangan. Kiyimning gavdaga yopishgan, etaklari hajmli, qavatli ко‘mush lari, gazlamalaming atlas, barxat, movut kabi turlari paydo bo‘lgan.

Yevropa mamlakatlarida feodalizm mustahkam qaror topgan o‘rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum harakteri tarkib topgan. Odamzot gavdasining go‘zalligidan zavqlanish nomunosib va gunoh ish hisoblanib, gavdani qo‘po- ldan-qo‘pol, og‘ir, keyinchalik esa cho‘ziq shakllarga o‘rab tashlangan. Tor, yuqori qismi qator-qator murakkab taxlamalardan iborat, orqa etagijuda uzun, ko‘ylakjudabaland konussimon bosh- kiyim va nihoyatda cho‘ziq poyafzal bilan birga qo‘shilgan holda qaddi qomat ko‘rinishini o‘zgartirib yuborar edi.






0‘rta asrlarda kostyum gavdani turli vositalar (shnurlar, korsetlar) yordamida qattiq qisib,

tabiiy shakldan uzoqlashtiradigan ,,g‘ilof‘ sistemasi rivoj topishini boshlab berdi.Uyg‘onish davrida (XVI-XVII asrlar) estetik dunyoqarashni qayta baholash yuz berdi, ya’ni gumanistik ideologiyalar shakllandi. Bu davrda ayollar kiyimi juda noqulay — qattiq, harakatga halaqit beradigan holatda bo‘lgan. Ikki qavatli kiyim bir vaqtda kiyilib, beldan etak qismiga karkas yordamida konussimon shakl ko‘rinishida bo‘lgan. Yubka qismida hech qanday burmalar bo‘lmay, karkasga

tortib qo‘yilgan. Ko‘ylakning yuqori lif qismi juda tor bo‘lib, pastga tomon burchak shaklida tugallangan edi. Bu davrda ayollar belni xipcha qilib ko‘rsatish maqsadida korsetlar
kiyishgan (2-rasm).

Erkaklar kiyimi esa sipo va sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Kashtali ko‘ylak, keng kamzul, triko va kalta shar shakliga o‘xshab ketuvchi pantalonlar kiyilgan (3-rasm).

XVIII asr (Barokko davri) larga kelib kiyimda xashamatdorlik juda avj oldi. Bu davr ayollar kiyimi shakllarining nazokatliligi, murakkabligi bilan va g‘aroyib jimjimadorligi bilan farq


t

qilgan. Kostyumda gavdaning be! qismi, ко ‘krak, bo ‘ksa ko‘zga tashlanib
tuigan. Kostyum yengil, nozik bo‘lib, boshdan-oyoq unga gul tikilgan, tyuldan,
gazsimon materialdan, to‘qima to‘rdan, ,,ko‘pchitib“ qo‘ygandek bezatilgan.
Ayollar ko‘ylagining bezagiga aloliida e’tibor berilgan. Ustki ko‘ylak ko‘krak
qismida bandar bilan maxkamlangan. Bantlar ketma- ketlikda joylashgan,
ya’ni awal kattalari, bel tomon esa mayda bantlar mahkamlab qo‘yilgan.
Ayollar kiyimi ikki
kamiza va kotta qismlardan iborat bo‘lgan. Kotta ustki

kiyim bo‘lib, yuqori qismi juda tor va yon yoki orqada shnurli taqilmasi bo‘lgan, yenglari ham
juda tor va uzun bo‘lib, yubka qismi esa bo‘laklardan iborat juda keng va uzun shleyflar bilan
yakunlangan (4-rasm).Bu davr erkaklar ichki kiyimlari
kamiza, ustki kiyimi plash esa labor deb
yuritilgan. Tabarlarda yon chok bo‘lmagan va bu kiyim juda e’zozlan- gan. Erkaklar kiyimida
ham xasha- matdorlik sezilib turardi.


XVIII asr boshlanishi san’atda, shuningdek, kiyimda ampir uslubi bo‘lishi bilan
xarakterlanadi. Bu davr uchun fan va texnikaning gurkirab yashnay boshladi.-/-rasm taraqqiy
etishi, yangi-yangi mate- riallar, tikuv mashinasi paydo bo‘- lishi xarakterli edi.Kostyumda qator-
qator shakl- lar, siluetlar, karkaslardan (korset va krinolindan) xalos bo‘lish va gav- dani erkin
ko‘rsatish sekin-asta sezila boshlandi. Erkaklar tik yoqali oq ko‘ylak, galstuk yoki sharf, frak kiya
boshlaganlar. Ayollar kiyimi oddiy va sipo ko‘rinishga ega edi. Kostyuinning bel qismi
yuqoriroqda bo‘lib, yubka qismi esa shleyf, yumshoq taxlamalardan iboratbo‘lgan.















XIX Tantanali kiyimlar juda ochiq va uzun shleyfli qilib tikilgan (5-rasm).Kostyumning asosiy intilishi odam harakatlariga maksimal darajada mos bo‘lishdan, odamni ezmaslik, uni o‘ziga bo‘ysundir- maslikdan, balki uning hayotiy manfaatlari izidan borishdan, individuallikni ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘lgan.XIXasr dunyodagi bo‘layotgan voqealar kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu asming 20-yillar kiyimida ixchamlashtirish, uzunligini kaltalashtirish, etaklarini toraytirish, oddiy bichimlilikni ko‘rish mumkin.30-40-yi 11 ardan so‘ng kiyimni kiyilish o‘miga qarab uslub bo‘yicha kiyiladigan bo‘ldi, ya’ni klassik, sport, fantaziya uslubi va keyinchalik erkin uslub pay do bo‘ldi. Klassik uslubda — rasmiy ko‘rinishda ko‘chalik kiyimlar tushunilsa, sport uslubida faqat sport mashg‘ulotlari uchungina emas, balki harakat qilish uchun, turli ishlar uchun, aktiv dam olish uchun qulay kiyimlar, fantaziya uslubda esa bayram, tantanali kiyimlar ko‘zda tutilgan. 70-80-yillarda ko‘proq erkin uslubdagi kiyimlar kiyish paydo bo‘lib, ularda klassik, fantaziya uslublari o‘z kocrinishini beradi.

50-60-yillardan boshlab yangi xususiyatli materiallar assorti- menti kiyim loyihalashsiga va shakliga katta o‘zgarishlar kiritdi. 70-80-yillarda kiyim bichimi va shakli murakkablashib, uning konstruktiv tuzilishiga ko‘proq ahamiyat berildi.Shunday qilib, awal insonni iqlimiy ta’sirlardan muhofaza qilish uchun yaratilgan kiyimning, keyinchalik, turli tarixiy o‘zga- rishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va j amiyatdagi estetik tasawur evolyusiyasi ta’siri ostida shakli va xillari o‘zgarib, kiyim amaliy san’at obyektiga aylandi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin