Bog’cha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir



Yüklə 37,19 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü37,19 Kb.
#76847
cha


Bog’cha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan munosabat orqali bola ahloq me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog’cha yoshidagi bola endi o’z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo’ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi. O’zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.
Bog’cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortab boradi, Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo’lish, o’ynash ehtiyojlarinig mavjudligidir. Bog’cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to’la o’zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o’zlariga yaqin bo’lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi qo’ni-qo’shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo’lib o’ynashga harakat qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog’cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo’lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko’rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bog’cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o’sishida qiziqishning roli kattadir. Qiziqish huddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. SHuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixik hodisa desa bo’ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishiga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug’ullanishdan zerikmaydi, Bu esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o’stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi.
(maqola)Bog’cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortab boradi, Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo’lish, o’ynash ehtiyojlarinig mavjudligidir. Bog’cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to’la o’zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o’zlariga yaqin bo’lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi qo’ni-qo’shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo’lib o’ynashga harakat qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog’cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo’lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko’rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bog’cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o’sishida qiziqishning roli kattadir. Qiziqish huddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. SHuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixik hodisa desa bo’ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishiga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug’ullanishdan zerikmaydi, Bu esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o’stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo’lishi mumkin. Ilg’or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg’unligini namoyon etadi. Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo’naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko’lamiga ko’ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. Bolalarga dastlab asosan tarbiya berilishi juda muhim . Shu jihatdan tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko’plab ob’ektiv sabablar etakchi rol o’ynaydi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug’i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo’nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati bo’lib qolaveradi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o’zlashtirib olishlari uchun g’amxo’rlik qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko’pgina yoshlarning Turkiya, Xitoy, Yaponiya, AqSh, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir. Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o’z-o’zidan shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh avlodga oila, maktabgacha ta’lim muassasasalari, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasbhunar hamda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g’oyaviy yo’nalishi va samarasi yotadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo’lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali yo’llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiyani berish – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda etakchi o’rin tutadi. Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishning vazifalari quyidagilar sanaladi:
shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirilishiga erishish;
bilishga bo’lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish;
aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish;
mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o’rta ta’lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish.
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi. Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqluidrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo’lganligini tasvirlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiyani berish bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan cho’chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko’rsatmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:  tarbiyalanuvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash, ularni to’g’ri jismoniy rivojlantirish;  tarbiyalanuvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;  ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish;  tarbiyalanuvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish;  ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish;  tarbiyalanuvchilarning gigiyenik ko’nikmalarni rivojlantirish;  ularda ma’naviy-axlohiy sifatlar (dadillik, qat’iyatlik, intizomlilik, mas’uliyatlik, jamoa bilan bo’lish)ni tarbiyalash;  tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish;  tarbiyalanuvchilarning sog’lom va baquvvat bo’lishlariga erishish. Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya maktabgacha ta’limda asosiy mashg’ulotlardan biri sanaladi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog’langan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi. Demak, yuqorida ta’kidlaganidek, bolalarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga qiziqtirishdir. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini tarbiyalanuvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy me’yorlardan xabardor etish tashkil qiladi. Axloq (lot. «moralis» - xulqatvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi. Xuddi shu ma’noda axloh kishining xulq-atvori, e’tiqod-iymoni, yurishturishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo’ladi. Axloqli inson o’zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo’ladi. Suhbatdoshning ko’ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og’ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi. Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi bolaga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Asosiysi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad, avvalo, tarbiyalanuvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasini berish ijtimoiy hayotning muhim asosi, bolalarda ma’naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehna t tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo’rqma, minnatdan qo’rq», «Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Nahshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor» degan hikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli bo’lsa, u bilimini haqiqatga bag’ishlaydi, o’z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo’lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi». Ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o’zining va o’zgalarning qadrini biladi. Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o’rgatish, kasbhunarga qiziqtirishga alohida e’tibor berishgan. O’zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo’lganlar. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Krimov ta’kidalaganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni, bu narsa ularning sobitqadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorliliga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir». Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o’z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to’g’ri munosabatni shakllantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilishlir kerak. Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman» ma’nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgantish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:  shaxsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklari va ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish;  shaxsda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash,  unda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish;  go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik madaniyatni shakllantirish. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassasalarida musiqa va tasviriy san’at mashg’ulotlari estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat oilada maktabgacha ta’lim muassasasida uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni go’zallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir. Xalqimizda, «Oq bo’lmasin, pok bo’lsin», «Pokliging – sog’lig’ing», «Sog’ yuray desang, ozoda bo’l», «Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ko’ra bilishga, ularni qadrlashga o’rgatib kelishgan. Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go’zal jihatlarini ko’ra bilishnigina emas, balki ichki go’zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go’zallikni qadriga etishga undaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:  bolalarga nazariy estetik bilimlarni berish;  ularda amaliy estetik ko’nikmalarni shakllantirish. Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida tarbiyalanuvchilarda quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: - estetik bilimlarning tarkib topganligi; - estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; - estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish; - estetik tuyg’uning rivojlanganligi; - ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etishi; - go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; - estetik idealning shakllanganligi; - fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish. Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san’at, musiqa, xoreografiya to’garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi. Ijtiomiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo’naltirilganligidir. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o’rin tutadi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.Mirziyoyevning SH.M. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr.
2. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O’zbekiston”, 2017y.
3. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari. Toshkent-2017 yil
4. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
TDPU 2017.
5. . www.tdpu.uz
6. www.pedagog.uz
7. www.ziyonet.uz
8. www.edu.uz
Davlatimiz rahbari o’z murojaatnomalarida ta’kidlaganlaridek, “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish, matematik ongni, kerak bo‘lsa, bog‘chadan boshlab shakllantirish lozim”. Maktabgacha yosh davri-bolalar dunyoqarashi rivojlanishidagi muhim bosqich bo`lib hisoblanadi, bu davrda ularning fiziologik, psixologik, jismoniy, ruhiy, ma'naviy, axloqiy, aqliy jihatdan rivojlanadi va shu bilan birgalikda insonlarga mehr oqibatli bo`lish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat qilish kabi bir qator insoniy fazilatlarni tarbiyalashga zamin yaratiladi. Shu boisdan maktabgacha tarbiya muassasalarida mazkur maqsadlarga ko`ra qator ishlarni olib borish, shu jumladan, turli didaktik o`yin texnologiyalaridan foydalanish va boshqa vositalar orqali bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish, ularni har tomonlama barkamol, jismonan sog`lom,aqlan yetuk, ruhan tetik qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning poydevori hisoblanadi. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tushunchalarning muhimligini ko‘rsatish, fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Demak, zamonaviy maktabgacha ta’lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirish vazifasi turibdi. Bolalarda vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda tarbiyachi o’z mashg’ulotlarida xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanishi ta’lim tarbiya jarayonini yanada samarali kechishiga yordam beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida biz yangi texnologiyalardan foydalanishimiz bilan bir qatorda an’anaviy ta’limni ham esdan chiqarmasligimiz zarur. Bolalarning milliy ruhda tarbiyalashimiz, milliy urfodatlarimizni o’rgatishimizda ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashimizda xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanmaslikni iloji yo’q. Sababi, o’zbek xalqi qadimdan mexnatkash, farzandlar tarbiyasiga juda qattiq e’tibor beradigan xalq bo’lgan. Bolalarga ta’lim-tarbiyada ko’proq xalq og’zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo’lidan borganlar. Ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim tarbiya berishda xalq og’zaki ijodi janrlaridan bo’lgan ertaklar bizga qo’l keladi. Sababi ertaklar barcha yoshdagi bolalarga birdek yoqadi va ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ertaklarning ta’limiy xamda tarbiyaviy ahamiyati katta. Xalq og’zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at bo’lib,uning janrlari o’zning ta’sirchanligi, xalqchilligi, qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Har bir xalqning og’zaki ijodi o’sha xalqning fe’l-atvorini, urf-odatlarini, adriyatlarini, an’analarini,orzuintilishlari hamda tabiatini o’zid aks ettiradi. Xalq folklorida ta'lim va tarbiyaga oid ilg`or pedagogik fikrlar ilgari surilgan. Har tomonlama yetuk, yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya'ni aqliy tarbiya, ahloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo`lgan va tarbiya ishida qo`llash mumkin bo`lgan pedagogik ma'lumotlar o`zbek folklorining sanab o`tilgan barcha janrlarida o`z ifodasini topgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir . Sababi, ushbu metodlar bolalarning axloqiy tasavvurlari hamda bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan barcha metodlar orqali bolalarga axloqiy normalar va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi. Bolalarda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bolalarga axloqiy tarbiya normalarini o’rgatayotganda ularni noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish mumkin emas.Bu o’rinda barcha metodlardan o’z o’rnida izchillik bilan kompleks ravishda foydalanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ahloqiy sifatlarini shakllantirishda tushuntirish va namuna ko’rsatish metodidan foydalanish katta natija beradi. Tushuntirish odatda bolalarga yangi axloqiy tushunchalarni, normalarni, axloqiy qonun-qoidalarni bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tushuntirish kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan, o’zidan kattalarga qo’lini ko’ksiga qo’yib “Assalomu alaykum” deb aytish va h. Tarbiyach axloqiy mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo‘llashi mumkin. Suhbat uchun tanlanayotgan ertak yoki hikoyaning mazmuni yorqin,tushunarli bo‘lib, bolalaming his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak.
Axloqiy mavzulardagi ertaklardan namunalar ko’rsatish orqali bolalar axloq normalari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish, xulqning axloqiy sabablarini aniqlab boorish tarbiyachidan ziyraklik talab etiladi. Ertakdagi qahramonlarning hatti-harakatlarini tahlil qilish jarayonida bolalar o‘z fikrmulohazalarini aytishlariga o’rganadilar. Ertak qahramonlarining har bir xattiharakatini ongli ravishda, axloq normalari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar. Badiiy adabiyotni o‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, multfilmlar tomosha qilishda, musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni uyg‘otardi, shu bilan bir qatorda axloq qoidalari va normalarini singdirib boradi.Bolalarning axloqiy sifatlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli xil metodlardan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ostonov J.Sh. Basic strategies for coping behavior in adolescents. EConference Globe 2021/7/26 275-277 с
2. Ostonov J.Sh. Coping behavior and its research style. Proceedings of 7th Global Congress on Contemporary Sciences & Advancements// Hosted online from,New york, USA//June 25, 2021. 237-239 b
3. Ostonov J.Sh. Socio-Psychological Basics of The Study of The Styles of Attitude in Coping by. Adolescents Middle europen scientific bulletin Volume 13 June 2021. Б. 442-446
4. Остонов Ж.Ш. Изучение копинг-стратегий и психологических защит у подростков в трудных учебных ситуациях. Вестник интегративной психологии //- Ярославль, 2021. Выпуск 22. С.144-146
5. Остонов Ж.Ш. Концепция копинга: определение, функция и виды. Вестник интегративной психологии //- Ярославль, 2020. Выпуск 22. С.279-281
6. Остонов Ж.Ш. Ўсмирларда психологик ҳимоя ва копинг хулқ-атвор омиллари намоён бўлишининг ўзига хос хусусиятлари. Psixologiya jurnali. 2021 й. 4-son. 66-73 b
7. Остонов Ж.Ш. Факторная структура копинг-поведения подростков. Психология илмий журнали. 2020. № 4. Б.47-50
8. Остонов Ж.Ш. Копинг-ресурсы личности и адаптационный потенциал. Мактабгача таълимда компетенциявий ёндашувлар: истиқболлар, муаммолар ва ечимлар Республика масофавий илмий­амалий анжумани. БУХОРО, 2020 йил, 3- ноябрь Б.297-299
9. Остонов Ж.Ш. Ўсмирлардаги копинг хулқ-атвор ва унинг шахс мувафаққиятидаги ўзаро алоқадорлигининг назарий асослари. Ижтимоий соҳани модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараққиёти: муаммо ва истиқболлар //Республика илмий-амалий анжуман2021 йил 28 май Б.134-135
10. Остонов Ж.Ш. Копинг-стратегии: развитие в онтогенезе. Педагогик маҳорат илмий журнали. Бухоро, 2020. №6 Б.102-104
11. Остонов Ж.Ш. Ўсмирлардаги енгга олиш хулқ-атворининг асосий стратегиялари. Ижтимоий соҳани модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараққиёти: муаммо ва истиқболлар. Республика илмий-амалий анжуман 2021 йил 28 май Б.132-133
12. Остонов Ж.Ш. Ўсмирларда копинг хулқ-атвор омиллари шаклланишининг ижтимоий психологик механизмлари. Тафаккур ва талқин мавзусида //Республика миқёсидаги илмий-амалий анжуман тўплами 2021 йил, 27-май Б.817-820
13. Остонов Ж.Ш. Ўсмирлардаги копинг хулқ-атвор ва унинг шахс мувафаққиятидаги ўзаро алоқадорлигининг назарий асослари. Тафаккур ва талқин мавзусида // Республика миқёсидаги илмий-амалий анжуман тўплами 2021 йил, 27-май Б.812-817
14. Мирзаева Д.Ш, Курбанова З.И. Арт-педагогические технологии коррекции страхов у детей дошкольного возраста. Scientific progress 2 (7), 1206- 1212
15. Z. Kurbonova. The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at the Development of the Child's Personality in Preschool Education. Центр научных публикаций (buxdu. uz) 8 (8 16. Z.I. Qurbonova, M.N. Muqimova. Oilada yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning psixologik shart-sharoitlari. Science and Education 3 (4), 969-973 17. Z.I. Qurbonova. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish-dolzarb vazifamiz. Ekonomika 1035-1038


Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy kamolotida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan topishmoq, topishmoqli ertaklarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi yoritib beriladi. Topishmoq azaldan xalq pedagogikasining oliy namunasi hisoblanadi. Zero, xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri ham topishmoq hisoblanadi. Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, hammavaqt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati nihoyatda go‘zal obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi.Ular tarbiyalanuvchilarni ko‘proq narsa va buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam beradi. MTM (maktabgacha ta’lim muassasasi)da maktabgacha yosh davrida bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish bolalarni faqatgina o‘sha aytilayotgan tpishmoqning javobini topish uchun harakat qilishidagina emas, balki bolalar o‘rtasida bir- biriga mehr, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamjihat bo‘lib yashash kerakligi haqida fikrlar bildiriladi MTT (maktabgacha ta’lim tizimi)da xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda MTT pedagog-tarbiyachilar tomonidan bolalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va yo‘nalishiga ko‘ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi: maqsadi, vazifasi va shakliga ko‘ra turli mashg‘ulot va uchrashuv, suhbat jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; modellashtirish, ya’ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda faolligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni oldindan belgilash; yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud vaziyatlarga ko‘ra tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajalarini nazorat qilish, ibrat, namuna ko‘rsatish, tahlil qilish va ob’ektiv baholash asosida rag‘batlantirish. MTTda bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda sanab o‘tilgan pedagogik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash uchun pedagogik yondashuvni tatbiq qilish zarur (1-chizma). 1 chizma. MTT va oilada xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish mexanizmi Ushbu modelning amaliyotga tatbiq etilishi xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi deb izohlagan o‘z tadqiqot ishida D.A.Abdurahimova. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda falsafiy, milliyma’naviy, psixologik, pedagogik yondashuvning mazmun va mohiyatini anglashga erishiladi, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ijtimoiy omillarning ta’sirini hisobga olish hamda ma’naviy - axloqiy tarbiyani o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi namunalariga tayanish zarur. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda oila, mahalla, MTT hamkorligi mexanizmini hayotga tatbiq etish o‘zining ijobiy samarasini berdi. Demak tarbiyalanuvchi shaxsining individualligi va noyobligini hisobga olgan holda ota-onalar va keng jamoatchilikning yoshlarni xalq og‘zaki ijodi PEDAGOGIK TIZIM MTT dagi MAShG‘ULOTLAR (ta’lim-tarbiya jarayonlari) MTT, OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI TARBIYAVIY MUNOSABATLAR JARAYONLARI Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonlarini tashkil etishga pedagogik yondashuv MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYaGA OID TURLI TADBIRLAR PEDAGOGIK AMALIYoT UZLIKSIZ MALAKA OShIRISh JARAYoNLARI PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV JARAYoNLARI SAMARADORLIK namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash uchun hissa qo‘shishga shaxsan mas’ul ekanligini, ota-onalarning o‘zlari milliy qadriyatlarimizning bosh bo‘g‘ini xisoblangan xalq og‘zaki ijodi namunalari alla, ertak, maqol, topishmoqlarni bilishi, bu borada ularning xalq og‘zaki ijodi namunalari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini yanada takomillashtirish, yosh ota-onalarni pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish, bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiluvchi uslubiy qo‘llanmalar, risolalar va bukletlarni chop etish va tarqatish orqali yosh oilalarga oilaviy munosabatlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya to‘g‘risidagi bilimini oshirishda ko‘maklashish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rib chiqdik.
ADABIYOTLAR:
1. Rasulx’jaeva M.A. Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma - T.: “Ilm-Ziyo Zakovat” 2020.
2. G.Tulenova, X.Xо’jayev P.Xо’jayeva. “Jismoniy tarnazariyasi va metodikasi”. T.: Ilm ziyo. 2012
3. Xasanboyeva O.U. va boshq - Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi. - O‟quv qo‟llanma - T.: Ilm ziyo. 2012
4. Xasanboeva O. va boshq - Oila pedagogikasi. О„quv qо„llanma - T.: “Aloqachi”, 2007 y
5. O.Yusupov, I.Mirzaeva, A.Mukhamedaminov, D.Shigabutdinova, S.Nazarov, U.Muradov, T.Toshpulatov, Sh.Fayziev, Sh.Fayziev. Phraseological Units with Colour Designation Component as a Means of Reflecting the Self-Consciousness of the English People. LINGUISTICA ANTVERPIENSIA, 2021. P. 719-731
6. Yusupov O.N. Cognitive semantics in context. Wschodnioeuropejskie Czasopismo Naukowe
7 (2), 84-87. 7. Yusupov O.N. Subtleties Of Literary Translation. İlköğretim Online (IOO) - Elementary Education Online 4 (4), 1987-1991
Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin