Ilk o’smirlik davrida kasbga yo’naltirishning psixologik muommolari.
Reja
1. O’smirinlik davri haqida umumiy tushuncha.
2. O’smiryoshi davrida jismoniy taraqqiyot.
3. O’smirinlik davrida psixik rivojlanish.
4. O’smirinlik va kasb tanlash.
Bu yoshda shaxs sifatlari shakllanishida maktab muxiti, ayniqsa sinf jamoasi, rasmiy va norasmiy tengkurlar kuchli ta’sir etadi. Maktab va sinf jamoalari ta’sirida matonatlilik, jasurlik, sabr-tokatlilik, kamtarlik, intizomlilik, xalollik, xamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va xudbinlik, lokaydlik, munofiklik, laganbardorlik, dangasalik, gayirlik singari illatlarning barxam topishi tezlashadi.
O’smirinlik xar bir ishda etakchi, birinchi bulish itsagi bilan yashaydi. Lekin xar doim xam uddasidan chika olmaydi. L.A.Umanskiy fikricha buning uchun o’smirin quyidagi xislatlarga ega bulishi kerak.
a) axlokiy xislatlar – jamoatchilik, samimiylik, tashabbus-korlik, faollik, mexnatsevarlik;
b) irodaviy xislatlar – matonat, kat’iyat, mustakillik, tashab-buskorlik, batartiblik, intizomlilik;
v) emotsional xislatlar – xushchakchaklik, tetiklik, xazilkashlik va yangilikni xis etish, uz kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.
O’smirlarda mavjud bo`lgan yana bir muxim xislat ularda yuksak darajadagi dutslik, urtoklik, ulfatchilik, muxabbatning vujudga kelishidir. Shu sifatlarning kay darajada shakllanganligi tarbiya-viy ta’sir utkazish mezoni xisoblanadi.
O’smir o`quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot, madaniyat, ijti-moiy xayot guzalliklarini paykash, idrok qilish, sevish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy ozuka olish xislatlari paydo bo`ladi. Ular-ning psixologiyasida mayin sado, yokimli nido, kalbni tulkin-lantiradigan musika, nozik xis–tuygu, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi. Ayniqsa, etsetik xislar ularning ma’naviyatidagi kupol, noxush, xunuk va yokimsiz kiliklarning yukolishiga yordam beradi. Shunga karamay uspirin yigit va kizlar orasida etsetik tuygusi to`la shakllanmagan, noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgan shaxslar xam uchraydi.
O’smir o`quvchilarning fanlarga munosabatlari asosan xar kaysi fanning inson dunyoqarashidagi roliga, bilish faoliyatidagi va ijtimoiy axamiyatiga, amaliy xususiyatiga, uzlashtirish imkoniyatiga va uni ukitish metodikasiga boglik bo`ladi.
O’smirlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi, mantikiy xotira, eslab kolishning yul va vositalari ta’lim jarayonida etakchi rol uynay boshlaydi. Uspirinlar topshiriklarni bajarishda, ularning ma’nosi xamda moxiyatini to`la anglab ish to`tadilar, eslab kolish, saklash, esga tushirish jarayonlarining samarali usullaridan unumli foydalanadilar.
O’smirlik barcha faoliyat boskichida mutsakil fikr yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. Bu kamchilikni bartaraf qilishda dars jarayoni katta imkoniyatlarga ega. Darsda ukuv materialini bayon qilishda mazmuni ixcham, mantikiy boglangan bulishini ta’minlash, o`quvchining javobi albatta kitobdagiday, yodlab olingan koidalardan iborat bo`lib kolmay, uning «uz so`zi bilan» izoxlanishini talab kilinishi kerak. Tinglangan yoki ukilgan materialda mutsakil xulosa chikarishni talab qiladigan xolatlar bulishiga aloxida e’tibor berilishi kerak.
Ilk uspirinlik yoshidagi o`quvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda tugarak va faqo`ltativ mashgulotlar muxim axamiyatga ega. O’smir o`quvchining mutsakil fikrlashini rivojlantirish uchun ukituvchilar, sinf raxbarlarining siymolari muxim rol uynaydi. Buning uchun birinchidan, ukituvchilar uspirinlarda urganilayotgan narsa va xodisalarning ob’ektivligi, xakkoniyligi, to`g`riligiga ishonch xosil qilishlari, ulardan kanoatlanishlari va ularni isbotlashga urgatib borishlari zarur. Ikkinchidan, fan ukituvchilari ularni narsa xodisalar to`g`risida original fikr yuritishga yullashlari kerak. Uchinchidan, o`quvchilarning mashgulotlarda qo`llanaverib ma’naviy eskirgan bir kolipdagi so`zlardan, iboralardan foydalanishlariga yul kuymas-liklari kerak. Turtinchidan, fan ukituvchilari uspirin yigit va kizlarga bilimlarini amaliyotga tadbik qilishlari shart, buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga xarakat qilishlari lozim.
Tafakkur rivojlanishi bilan birga o`quvchining nutk faoliyati xam usadi. Bu esa o`quvchida uz fikrini to`g`ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi. Nutkining to`zilishini takomillash-tiradi va lugat boyligini yanada oshiradi. O’smir adabiy asarlarni ukish va tushunish orqali mutsakil fikrlashga, muloxaza yuritish va munozaraga urganib boradi.
Katta maktab yoshidagi o`quvchi aklining tankidiyligida ogmachilikka moyillik kuchli bo`ladi. Ogmachilikning eng asosiy sabablaridan biri–vokelikning moxiyatini ilmiy jixatdan to`g`ri tushunolmaslikdir. Aklning va tafakkurning tankidiyligini tarbiyalashda ukituvchi o`quvchining o`ziga xos tipologik xususiyatiga, akliy kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining kengligiga, nutk kobiliyatiga, shaxsiy nuktai-nazariga, ukishga nisbatan munosabatiga, kizikishining xususiyati va darajasiga, akliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik bulishiga, mavjud ukish kunikmasi va malaklariga aloxida e’tibor berishi lozim.
Akl tankidiyligining rivojlanishi yuqori sinf o`quvchilari moddiy dunyoni, atrof–muxitni urganishga, ukuv materiallarini puxta uzlashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollik da’vat etadi.
Ilk o’smirinlik tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chukurligi, kengligi, mutsakilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, uspirin ongida tevarak atrofdagi vokelik buyicha muloxazalar, muxokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkur-ning chukurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari o`zaro boglanishi va munosabatlari uspirinning fikrlashida tulik aks ettirish tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o`zining mazmundorligi va chukurligi bilan boglik bo`ladi. Tafakkurning mutsakilligi deganda, uspirin tashabbuskorlik bilan uz oldiga vazifalar kuya bilishi va ularni xech kimning yordamisiz okilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aklning tashabbuskorligi deganda uspirining uz oldiga yangi goya, muammo va vazifalar quyishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni topishga intilishni anglaymiz. Aklning pishikligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo`llay olishda
eskirgan vositalardan kutulishda namoyon bo`ladi. Agar o`quvchi muayyan vakt ichida ma’lum soxa uchun kimmatli, yangi fikrlarni aytgan bulsa, nazariy va amaliy vazifalarni xal qilishda yordam bersa, buni samarador tafakkur deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga tulik javob olingan vakt bilan belgilanadi. Uspirin tafakkurining tezligi kator omillarga: birinchida, fikrlash uchun zarur materialning xotirada mutsaxkam saklanganligiga, uni tez yodga tushira olishiga, muvakkat boglanish-ning tezligiga, turli xis-tuygularning mavjudligiga, o`quvchining diqqati va kizikishiga; ikkinchidan, uspirinning bilim saviyasiga, kobiliyatiga, egallagan kunikma va malakalariga boglikdir. O’smir kobiliyati,layokati va itse’dodi ta’lim jarayonida va mexnat faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik itse’dodli ekanligini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mexnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, mantikiy fikrlashning tez-ligi, izchilligi, samaradorligiga e’tibor berish kerak. Kobiliyat-ning o`sishi, bilimlar, kunikmalar, malakalarning sifatiga boglik bo`lib, shaxsning kamol topish jarayoniga kushilib ketadi.
O’smirinlar biror xodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muxim xususiyatlariga, birlamchi jixatlariga sinchkovlik bilan karay boshlaydilar. Darsliklardan ukigan va ukituvchidan eshitgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarga ishonish va ulardan kanoat xosil qilish uchun faol xarakat qiladilar. Tafakkurni okilona yullar bilan utsirish uchun favqo`lodda xolatlarda o`quvchining mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uni ragbat-lantirish to`g`rirok bo`ladi.
Shunday qilib ta’lim jarayonida turli fanlarni ukitish tufayli keng qo`lamli bilimlar tizimi uzlashtirilishi orqali yuqori sinf o`quvchilarida tafakkurning faolligi, mutsakilligi, mazmundorligi, maxsuldorligi ortadi.
Endigina o`sib kelayotgan uspirin o`quvchilar kasbga kanday yondoshadilar? Bu muammo kupchilikni kiziktiradi. Kuzatishlardan va turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk uspirinlik yoshidagi ugil-kizlar xayotda mutsakil kadam tashlash to`g`risida aniq asosli fikr bildirishga kiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida okilona va to`g`ri yul tutishni bilmay dovdirab qoladilar yoki tavak-kaliga ish ko`radilar. Natijada noxush kechinmalar, umidsizliklar, jiddiy –ijtimoiy sutslik xolatlari vujudga keladi.
O`quvchilar maktabda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, xar kaysi uspirin fizika yoki matematika bilan tanishadilar. Birok ularning xammasi kelajakda fizik yoki matematik kasbini egallashni xoxlayvermaydi. Maktabda er kurrasini urganiladi, birok barcha o`quvchilar sayyox bulishni itsamaydi.
Katta yoshdagi maktab o`quvchilaridan biror ukuv faniga ishtiyok natijasida ularga xar – xil kasblarga kizikish vujudga keladi.
Yuqori sinf o`quvchilarini kizikishlari, mayllari, intilish-lari, kobiliyatlari, itse’dodlari asosida tanlagan kasblariga to`g`ri yunaltirish uspirinlar uchun katta xayotiy masaladir. O’smirlarga ukituvchilar, ota-onalar jamoatchilik, uz kasbining utsalari, murab-biylar aloxida e’tibor berishlari kerak.
Urta maktabni bitirgunicha xamma o`quvchilar kasbini kat’iy tanlaydi deyish mumkin emas. Kasb – xunarga xar-xil munosbatlar xosil bulishining asosiy sababi maktabda ukish davrida kasb tanlash buyicha turli xil niyatlar paydo bulishidir.
V. A. Krutetskiy uspirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni aloxida ifodalaydi:
a) biror ukuv faniga kizikish; b) vatanga foyda keltirish itsagi (o`ziga xos psixologik xususiyatini xisobga olmagan xolda); v) shaxsiy kobiliyatini rukach qilish; g)oilaviy an’analarga rioya etish (voris-lik); d) dutslari va urtoklariga ergashish; e) ish joyi
yoki ukuv yurtining uyiga yaqinligi; yo) moddiy ta’minlanishining yaxshi ekani; j) ukuv yurti kurinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi.
Shuningdek boshqa turdagi motivlar masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maksadi, unga intilishi, kasb to`g`risidagi ma’lumoti, o`zining sixat salomatligi, asab tizimining va tempe-ramentining xususiyati va xokazolar xam bulishi mumkin.
O’smirlarda kasblar xakida yaqqol tasavvur bulmasligi sababli ular ko`proq xatoga yul kuyadilar. Uz kobiliyatlarini okilona baxolay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez va aniq xarakat kila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Birok xozir mazkur kungilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik–psixologik omillarga aloxida e’tibor berish maksadga muvofikdir:
Kasblarni urganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lunda qilib ifodalash.
Ukituvchining kasblar buyicha tashvikot ishlarini olib borishi.
O’smirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish.
Mexnat ta’limi darslarida yuqori sinf o`quvchilarini kasbga tayyorlash va kizikish uygotish.
Psixodiagnotsik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tadbik qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish.
Joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish.
Kasb tanlash targiboti yuzasidan uspirinlarni ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va psixologik tayyorlash.
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yunaltirishning usul va vositalari ishlab chikilgan. E. A. Klimov kasbga yunaltirish uchun kasb turlarini «inson-tabiat», «inson-texnika», «inson-inson», «inson-badiiy obraz» singari kompleks-larni tavsiya qiladi.
Kasb tanlashga yullash va kasblarni targib qilish usullaridan yana biri – kursatmali vositalar, ya’ni fototsendlardan, kitoblar kurgazmasidan, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining maxsulidan, nakkoshlik va texnika tugaragi ishlaridan foydalanishidir. Bundan tashkari muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali xam ayrim kasblarga kizikish uygotish mumkin.
Mexnat psixologiyasining mo`taxassislari kasbga yunaltirish-ning boshqacha usullarini: barcha fanlarni ukitishning politexnik jixatini chukurlashtirishni; tabiiy matematik fanlardan atrofdagi ishlab chikarishdan ob’ekt sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni ukitishda ulkashunoslik materiallarini qo`l-lab o`quvchilarning kasbga kizikishini oshirishni; mexnatga ishtiyok uygotishni; darslarda kasblar xakida axborotlar berib borishni; mexnat soxalari bilan o`quvchilarning mutsakil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmokdalar.
Kishlok maktablarida kasb tanlash buyicha imkoniyatlar xam mavjud. Chunonchi yozda yuqori sinf o`quvchilarini ishlab chikarishga bemalol jalb etish mumkin. Bunda jismoniy mexnatga uspirinlarni kiziktirish, mexnat natijasidan baxramand etish, ularda mamnuniyat xissini tarkib toptirish, ularda rejali mexnat qilish kunikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va ma’suliyat xissini tarkib toptirish lozim.
Kasb tanlashda uspirin yigit kizlarda kator maksadlar vujudga kelishi mumkin. Dastlabki maksad – bosh maksad deb ataladi va umumxalk mexnatiga uz ulushimni kusha olamanmi?, kanday inson bo`lib etishaman? xayot va faoliyat ideallari nimalar bulishi
lozim? degan fikrlardan iborat bo`ladi. Bundan tashkari yaqin va yaqqol maksadlar xam mavjud.
Ilk O’smirlik yoshida inson uchun eng muxim xissiyot – sevgi vujudga keladi. U urtoklik, dutslik tuygulari zamirida paydo bo`ladi.
O’smirlik davrida vujudga keladigan xis – tuygularni to`g`ri idora etish, yigit va kizlarga sevgi munosabatlarining nakadar nozikligini bulajak oilaning baxti xakidagi tushunchalarni to`g`ri anglatish yaxshi natija beradi.
O’qtuvchilar va ota – onalar uspirin yigit va kizlarga sevgining ikki turi – shaxvoniy tuygu zamirida vujudga keladigan bekaror sevgi va chinakam dutslik, insoniy munosabatlar asosida paydo bo`ladigan xakikiy sevgi borligini tushuntirishlari lozim.
O’smirlarni turmush kurishga tayyorlashda maktab bilan oilaning xamkorligi muvaffakiyat garovi xisoblanadi. O’smirlarga oila kurish xakida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv yashash, bir-biriga ishonch, sadokat bulishi kerakligini uktirish bilan birga ularni oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo`lgan kiyinchiliklardan xam ogoxlantirish kerak
Uz–o`zini tekshirish uchun savollar.
Ilk O’smirlik va O’smiryoshida o`ziga xos xususiyatlar nimalarda kurinadi?
Ilk O’smirlik yoshida shaxs xususiyatlarining shakllanishi nimalarga boglik?
O’smirlarning akl–idrok va tafakkur xususiyatlari kaysilar?
O’smirlarga kasb xakida, turmush xakida ma’lumotlar berishning psixologik muammolari nimalardan iborat?
O’smirlarni hali tula katta deb hisoblab bo’lmaydi, chunki ularning shaxsiy xususiyatlarida hali bolalikni ko’zatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o’z kelajaklari munosabatlarida ko’zga tashlanadi. Kupchilik o’spirinlar; maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nisbatan mas’uliyatsiz yondoshadilar. Bu davr o’spirinning axloqan o’z-o’zini anglashi shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o’tishi bilan xarakterlanadi. Intellekti yaxshi rivojlangan o’spirinlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushuna oladilar va ularni muhokama eta oladilar. O’smirlar juda ko’p muammoli savollarga javrb yo’llaydilar. Ularning diqqatini ko’proq axloqiy masalalar tortadi. Agar kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun axloqiy masalalarni echish manbai - bu ular uchun o’qituvchilar bulsa, o’smirlar bu savollarga javobni ko’proq tengdoshlari davrasida qidiradilar o’smirin yoshdagilar esa savollarga to’g`ri javobni topishda ko’proq katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, ko’pqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy-ommaviy, badiiy, publitsistik adabiyotlar, san’at asarlari, matbuot, radio, televidenie bo’lib hisoblanadi. Bugungi o’smirinlarga hayotga nisbatan hushyor, aqliy-amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos.Ular haqqoniy bo’lish tushunchasiga xam real tarzda yondoshmoqdalar Masalan: o’tgan yillardek “haqqoniylik bu hammaga bir xil emas, har kimning imkoniyatiga qarab va hammaning ishiga yoki manfaatlariga qo’shgan hissasiga qarab belgilanadi”, deb tushunadilar va talqin etadilar. Maktabni tugallash vaqtiga kelib, juda kup o’smirlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qat’iylashgan xususiyatlariga ega bo’ladilar.
O’smirlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar buyicha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi. Juda ko’p yillardan beri uspirinlarni yaxshilik va yomonlik, xaqiqat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr o’spirinlari har bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabatlarga xos bulmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy qaraydigan, ko’proq erkin va mustaqil bo’lishga intiluvchi yoshlardir.
O’smirlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o’z xarakatlarini yo’lga solishga intiladilar. Bu esa, avvalo o’smirinning o’zini anglashining o’sishida namoyon bo’ladi. o’zini anglash murakkab psixologik struktura bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi.
- birinchidan bolada tashqi olamdagi predmet ta’siridan paydo bo’lgan sezgilari o’z tanasi bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi;
- ikkinchidan, o’zining shaxsiy "Men” ligini aktiv faoliyati asosida anglashi;
- uchinchidan, o’zining psixik xususiyati va xislatlarini anglashi;
- to’rtinchidan, ijtimoiy, axloqiy o’z-o’ziga baxo berishning ma’lum sistemasini anglashi. Mana shu elementlarning barchasi bir-biri bilan funktsional va genetik bog`langandir. Lekin, bularning hammasi sizga ma’lumki, bir vaqtning o’zida shakllanmaydi. Bolaning “men”ligini anglashi taxmini 3 yoshda paydo bo’ladi, bunda bola shaxsiy olmoshni ishlata boshlaydi. Masalan: men, meniki, mendan va hokazo, o’zining psixik sifatlarini anglash va o’z-o’ziga berish o’spirinlik yoshida, borgan sari ko’proq ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |