Qo‘shimchalari: -t, -it, -giz (-kiz, -qiz, -g‘iz), -gaz (-kaz, -qaz), -ir, -ar, -iz, -dir (-tir), -sat. FE’L NISBATLARI HAQIDA ALOHIDA TAVSIF Fe’l nisbatlari orasida orttirma nisbat shakllarining birdan ortiq ketma-ket kelish holati
uchraydi: o‘qi+t+tir, yoz+dir+tir, to‘l+dir+g‘iz kabi.
Bunday holatda orttirma nisbat ma’nosi kuchayadi, ta’kidlanadi.
Bir fe’l tarkibida bir necha xil nisbat shakllari qo‘shilishi mumkin. Bu vaziyatda
fe’lning qaysi nisbatdaligi eng oxirgi qo‘shimchaga qarab aniqlanadi.
Keltir+ish+di - birgalik ; o‘qi+t+il+di – majhul; beza+n+tir+il+di - majhul kabi.
-ar qo‘shimchasi barcha fe’llarga qo‘shilib, orttirma nisbatni hosil qilavermaydi:
U ertaga kelar. Yomg`ir bugun yog`ar. Men bog`ga bor+ar+man.
Sifatdosh shakli
fe’l + ar + ot
belgi bildiradi
qanday?
qanaqa?
Qayt+ar dunyo. Oq+ar daryo. Bor+ar manzilim.
Fe’l yasovchi qo`shimcha
fe’l bo`lmagan so`z + ar
nima qil?
Ko`k+ar, oq+ar, bo`z+ar
Solishtirmoq, surishtirmoq, o‘rgatmoq, ko`tarmoqkabi so‘zlarda orttirma nisbat shakli mavjud emas, chunki bu so‘zlarning asoslari solishtir, surishtir, o‘rgat , ko`tar so‘zlariga teng, ya’ni solish (janjallashmoq) bilan solishtir (taqqoslamoq)ning, surish (aytishmoq, gap talashmoq) bilan surishtir (xabar topmoq)ning aloqasi yo‘q; o‘rga degan asos mavjud emas.
O`TIMLI VA O`TIMSIZ FE’LLAR
O’TIMLI FE’L
O’TIMSIZ FE’L
Tushum kelishigi shaklidagi so’zlar bilan bog’lana oladigan fe’llar
Tushum kelishigi shaklidagi so’zlar bilan birikma hosil qila olmaydigan fe’llar
Vositasiz to’ldiruvchinio’ziga tobelab kela oladigan fe’llar
Vositasiz to’ldiruvchini o’ziga tobelab kela olmaydigan fe’llar