O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Islom Karimov xotirasi abadiylashtirildi
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Abdug'aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish
to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va
siyosat arbobi, o'zbek xalqining ulug' va ardoqli farzandi,
mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov Vatanimizni
mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta
tikladi. Buyuk Yo'lboshchimiz g'oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og'ir qiyinchiliklar va
sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O'zbekistonni jadal va barqaror sur'atlar bilan
rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy
fazilatlari bilan Vatanimizning ko'p asrlik tarixida o'chmas iz qoldirdi. U nafaqat
O'zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro'-e'tiborga sazovor bo'lgan ulkan
shaxs va arbob sifatida tanildi.
Ko'p millatli O'zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning
so'nmas xotirasini abadiylashtirish bo'yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatimiz fuqarolaridan ko'plab
takliflar tushmoqda.
Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz
mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo'lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib,
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O'zbekiston Qahramoni Islom
Abdug'aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilgani;
Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg'ona yo'li ko'chasida joylashgan jome
masjidga "Islom ota jome masjidi" deb nom berilgani;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda "Buyuk davlat va siyosat
arbobi, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov
1 / 3