“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
155 
Ta’riflash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat: 
a)
ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan 
aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig‘indisi teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, 
ta’rif yo haddan tashqari keng, yo haddan tashqari tor bo‘lib qoladi. Masalan, 
«Mantiq tafakkurni o‘rganuvchi fandir» – haddan tashqari keng, «Mantiq isbotlash 
tarkibini o‘rganuvchi fandir» – haddan tashqari tor ta’rifdir; 
b)
ta’rif aniq bo‘lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq 
so‘zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol – uchqur ot», «Davlat dunyoviy 
ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo‘lishidir» (Gegel) degan ta’riflarda bu qoida 
talablari buzilgan. Ularda chuqur ma’no bo‘lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq 
ochib berilgan emas; 
v) ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak. Ta’rif berishda aniqlovchi 
tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga 
murojaat etilsa, ta’rifda aylana hosil bo‘ladi. Masalan, «Mantiq to‘g‘ri fikrlash 
haqidagi fandir», deyilganda ta’rifda aylana vujudga keladi. CHunki «To‘g‘ri 
fikrlash nima?» degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan holda 
fikrlashdir», deb javob berishga to‘g‘ri keladi, ya’ni «mantiq» tushunchasiga 
murojaat qilinadi. 
Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda 
aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‘ladi. 
Masalan, «Tamagir tamagirlik qiluvchi kishidir», desak, tavtologiyaga yo‘l qo‘ygan 
bo‘lamiz. 
g) Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak. Aks holda predmetga xos 
bo‘lgan belgi o‘rniga unda yo‘q bo‘lgan belgi ko‘rsatiladi. Masalan, «Ong moddiy 
emas», degan ta’rif «ong» tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi. 
Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar 
Bilish jarayonida ta’riflashga o‘xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani 
ta’riflashning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlarini qo‘llash mumkin bo‘lmay 
qolganda yoki unga zaruriyat bo‘lmaganda foydalaniladi: 
a) ta’riflashga o‘xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan 
tushuncha orqali ta’riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib 
beriladi. Masalan, «Ong materiyaning miyamizdagi in’ikosidir»; 
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi 
belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, 
personajlarning portretlarini chizish, sodir bo‘lgan birorta voqeaning bayon etilishi 
tasvirlashga misol bo‘ladi; 
s) tavsiflash yordamida predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari 
ko‘rsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‘rsatish 
mumkin. 
Tafovutlash, ostensiv ta’riflash kabi usullar ham mavjuddir.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin