“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

J
2
 
 
 
 
O
2
 
 
А
2
 


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
161
bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini egallash talab qilinadi. Xulosa chiqarish uchun har 
safar olam, undagi predmetlarga murojaat qilish shart emas. Mavjud narsalar haqida qo’lga 
kiritilgan bilim asosida yangi bilim hosil qilish mumkin.
Xulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va hodisalar 
orasidagi sabab – oqibat aloqadorligi aks etadi. Lekin bu xulosalarda faqat sababiy 
bog’lanishlariga aks etadi, degan so’z emas. Masalan, «Qaldirg’ochlar pastlab uchyapti, demak, 
ertaga ob-havo o’zgaradi», degan xulosasini olib ko’raylik. Yuzaki qaraganda «Qaldirg’ochlar 
pastlab uchmoqda» fikri «Ertaga ob-havo o’zgaradi» xulosasi uchun asosdek bo’lib ko’rinadi. 
Aslida bu fikr chuqur tahlil qilinsa, «ob- havoning o’zgarishi» haqidagi fikrga asoslar o’zgacha 
ekanligini bilish mumkin. Bunda kuzatilgan hodisaning boshqa hodisalar bilan aloqadorligi 
ma’lum bo’ladi: Qaldirg’ochlarning past uchishiga sabab — pashsha-chivinlar. Ular havodagi 
namlikning oshganligidan past uchadi, qaldirg’ochlar esa pashsha-chivinlar bilan oziqlanadi. 
Demak, pashsha-chivinlar tabiat darakchilari sifatida havoning namligi oshganligidan xabar 
bermoqda. Bu o’z navbatida, qaldirg’ochlarni past uchishga majbur qilmoqda. Demak, ertaga 
obhavoning o’zgarishi qaldirg’ochlarning past uchishidan emas, balki atmosferadagi 
o’zgarishdan, havodagi namlikning ortishidan kelib chiqishi mumkin.
Birinchi tipdagi xulosalarning chinligini aniqlash mushkul, shuning uchun ham agar xulosalar 
vaziyatlar mazmunidan chiqarilgan bo’lsa munozara, bahsga sabab bo’lishi mumkin.
Formal - mantiqiy yo’l bilan chiqarilgan xulosalarda esa asos (asoslar) bilan xulosa orasida nisbiy 
barqaror aloqa va munosabatlar mavjud bo’ladi va bu aloqa, munosabatlar mantiq qonunqoidalari 
asosida shakllanadi.
Har qanday xulosa ikki qismdan iborat bo’ladi;
1.
Asos yoki asoslar
2.
Xulosa

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin