“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

b)
 
Aylantirish 
orqali xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, asos qilib olingan 
mushohadaning sub’ekti (S) xulosada ham sub’ekt sifatida qoladi, lekin predikat va bog’lovchi 
o’z qarama-qarshisiga aylanadi,
Qisqacha qilib aytganda, aylantirish yordamida asosga teng, lekin mazmun jihatidan qaramaqarshi 
fikr juz’iy tasdiq (J) mushohadadan hosil qilinadi. Masalan: Har qanday jinoyat jazolanmog’i 
lozim. Demak, hech qanday jinoyat jazolanmasligi mumkin emas.
Sxemasi: S — R dir.
Demak S — R emasdir .
Aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan umumiy inkor (E), Juz`iy tasdiq 
hukmdan (J) juz’iy inkor (O) mushohada hosil qilinadi, Masalan: Hamma bosqinchilik urushlari 
— adolatsiz.
Demak, Hamma bosqinchilik urushlari — adolatli emas.
Sxemasi: Har bir S — R dir.
Demak, hech bir S — R emasdir.
Aylantirish mantiqiy uslubining ikki ko’rinishi mavjud:
1)
Sodda aylantirish
2)
Cheklash orqali aylantirish.
Sodda aylantirishda xulosaga asos qilib olingan fikr va hosil bo’lgan yangi fikr hajm jihatidan teng 
bo’ladi.


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
163
Masalan: Faqat barcha kvadratlar — tomonlari teng to’rtburchak.
Demak, barcha tomonlari o’zaro teng to’rtburchaklar — kvadrat.
Sxemasi: Barcha S — R dir Barcha R — B dir.
Cheklash orqali aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil 
qilinadi.
Masalan: Barcha planetalar — sharsimon. Demak, 
Yer - sharsimon.
v) 
Predikatga qarama-qarshi qo’yish

Bunda xulosaning sub’ekti asosning predikatiga, 
xulosaning predikati asosning sub’ektiga zid bo’ladi.
Masalan; Hamma talabalar bilimga chanqoq.
Demak, hech bir talaba bilimga chanqoq bo’lmasligi mumkin emas.
Formulasi: A - Barcha S-R dir, Demak, O - Ayrim S-R emasdir.
Mantiqiy kvadrat bo’yicha A-O hamda E-J zid, ya’ni kontradiktor hukmlar hisoblanadi va 
uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bunda A ning chinligidan O ning yolg’onligi kelib 
chiqadi. Demak, zid hukmlardan bevosita xulosa chiqarish mumkin emas.
Masalan: Sudning ayrim qarorlari oqlaydi (J).
Sudning hech bir qarori oqlamayli (E). Xulosani mantiqiy kvadrat bo’yicha chiqarish mumkin. 
Mushohadalar orasidagi munosabatlarga tayangan holda xulosa chiqarish mantiqiy kvadrat 
bo’yicha xulosa chiqarish, deb yuritiladi.
Ma’lumki, mushohadalar orasida qarama-qarshilik, zidlik hamda bo’ysunish munosabatlari 
mavjud.
A-E hamda J-O mushohadadlar orasida qarama - qarshilik munosabati mavjud. Bunda bir 
hukmning chinligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqishi shart zmas. Masalan: Ayrim talabalar 
reyting ballarini to’playdi.
Ayrim talabalar reyting balini to’play olmaydi.
Bunda mushohadaning birinchisi asos, ikkinchisi xulosa bo’lishi mumkin.
A-J hamda E-O hukmlari bo’ysunish munosabatida. Shuning uchun ham umumiy inkor (E) 
hukmdan juz’iy inkor (O), umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinishi 
mumkin.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin