“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Sillogizm aksiomasi. 
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, ikki mushohada asosida sillogizm 
xulosasi hosil qilinadi. Shu o’rinda qanday qilib ikki fikr, ikki asosdan yangi fikr — xulosa hosil 
qilish mumkin? - degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Ma’lumki, deduktsiya (ya’ni, fikrning 
umumiylikdan yakkalikka qarab borishi) olamdagi narsa va hodisalar orasida mavjud bo’lgan 
oddiy aloqa va munosabatlarga, asoslanadi. Bu aloqa va munosabatlar ichida jins va tur, 
umumiylik bilan yakkalik orasidagi munosabatlar alohida o’rin tutadi. Biz o’zimizni o’rab olgan 
ob’ektiv olamni o’rganar ekanmiz, undagi narsa va hodisalar umumiylikka egaligini; bu 
umumiylik alohida predmet va hodisalar tarzida namoyon bo’lishini ko’p bor kuzatganmiz va 
bunda umumga xos bo’lgan xususiyatlar alohidalikda ham namoyon bo’lishini anglaganmiz. Vaqt 
o’tishi bilan umumiylik va yakkalik, jins va tur orasidagi munosabatlarning ongimizda takror-
takror aks etishi sillogizmning ichki qonuniyatini tushunishga imkon bergan. Sillogizmning 
mohiyatini ifodalaydigan bu qonuniyat mantiqda sillogizm aksiomasi deb yuritiladi. Sillogizm 
aksiomasida buyumlarga xos yakkalik, maxsuslik va umumiylik orasidagi munosabatlar 


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
165
ifodalanadi. Unga ko’ra, 
sinfga, turkumga xos tasdiqlangan yoki inkor etilgan belgi, 
xususiyatlar shu turkumga kiruvchi har bir predmetga, har bir hodisaga xos bo’lib 
hisoblanadi. 
Sillogizm aksiomasi deganda sillogizm xulosasining isbot, dalil talab qilmaydigan qoidasi nazarda 
tutiladi. 
Sillogizm aksiomasi uning terminlari R, M, S orasidagi munosabatni ifodalaydi. 
Bunda R umumiylikni ifodalaydi, M uning belgisi. M R ga (ya’ni umumga) xos bo’lgani 
uchun ham u o’z navbatida alohidalik (S) ning ham belgisi bo’lib hisoblanadi. 
Sillogizm aksiomasini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
Sxemaning o’qilish tartibi:
S M ning belgisi, M R ning belgisi.
Sillogizm aksiomasining 2 xil ifodasi mavjud:
1.
Belgining belgisi narsaning o’z belgisidir. Boshqacha qilib aytganda, jinsga mansub belgi 
turga ham xosdir.
2.
Belgining belgisi bo’lmagan narsa narsaning o’z belgisi emasdir. Ma’nosi: agar belgi 
turkumga xos bo’lmasa, narsaga ham xos emasdir. Bunday holatda sillogizm terminlari (R, M, S,) 
ni quyidagicha ifodalash mumkin:
R — jins
M- tur
S — alohida predmet
Sillogizm vositasida chiqarilgan xulosalarning chinligini ta’minlash sillogizm qoidalariga rioya 
etishni talab qiladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin