“ Ijtimoiy fanlar


Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. 
Bunda 
hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning asosiy turlari 
quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar. 
A
 
harfi bilan belgilanadi, «hamma 
S R
 
dir» formulalari 
orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega». 2) Juz’iy 
tasdiq hukmlar 
J
 
harfi bilan belgilanadi, «ba’zi 
S R
 
dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, 
«Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar. 
A
 
harfi bilan 
belgilanadi, «bu 
S R
 
dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba iqtisodchidir» va 
«Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar. 
E
 
harfi bilan belgilanadi, «hech bir 
S R
 
emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi». 5) Juz’iy 
inkor hukmlar. 
O
 
harfi bilan belgilanadi, «ba’zi 
S R
 
emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, 
«Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar. 

harfi bilan belgilanadi, «bu 

R
 
emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi kursda o‘qimaydi».
Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va 
zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish 
kerak.
Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 1 
sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi.
Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan, 
ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol 
bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan 
voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi».

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin