“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 
176 
tasavvur kilishning o‘zi etarli emas. Buning uchun muammoni xal kilishning turli xil usullari va 
vositalarini xam oldindan ko‘ra bilish kerak.
Gipoteza
- o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin 
tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib 
qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar 
haqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil kilish va umumlashtirishga 
asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi. Masalan, 
Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xakida bildirgan fikrlari 
dastlab gipotetik shaklda bulib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan 
hodisalar: qattiq jismning suyuklikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga 
asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. “Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan 
tashkil topmaganda bunday xodisalar bo‘lmas edi”, degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy 
kuchiga ega.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining 
 
qonuniyatlari xaqida bildirilgan asosli 
taxminga
 
aytiladi. Bunga misol kilib neft kelib chiqishining organik
 
va noorganik tabiati haqidagi 
gipotezalarni, yerda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chikishi, ijtimoiy profess
 
haqidagi 
farazlarni ko‘rsatish mumkin. 
 
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va xodisalarning kelib chikishi, 
xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat.
Nazariya 
ma’lum bir predmet soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni 
sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar 
yaratishga olib keladigan, shu soxadagi xodisalarni tushuntirish, oldindan kurish imkonini 
beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy kismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador 
faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy 
tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning 
mantikiy apparati: tushunchalarni xosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) 
qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).
ADABIYOTLAR: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
2.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947-
sonli 
Farmoni
.
 
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 
– Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har 
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” 
NMIU, 2017. – 104 b.
5.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.
6.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016 
176-b.
7.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. – T.: Unversitet, 2007. 214 b.
8.
Xayrullaev M, Haqberdiev M. Mantiq. - T.: o’qituvchi, 1993.
9.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O’quv qo’llanma, -T., 2004



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin