“ Ijtimoiy fanlar


Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko‘pchilik o‘ylaganidek, zararli tushuncha



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko‘pchilik o‘ylaganidek, zararli tushuncha 
emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan 
boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o‘tgan bayramlari, to‘ylari, xalq og‘zaki 
ijodi, bir so‘z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha 
qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari hisoblanadi. «Ommaviy 
madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin 
boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi.
 
Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy 
madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish – eng dolzarb va ustuvor vazifadir. Globallashuvning 
yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi 
natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi, 
bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda yoshlarimizni milliy 
qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda, «ildizi yo‘q 
individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil ko‘rinishlarining 
yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, 
didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘lmoqda. Bular esa 
behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan 
munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. 
Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. Xorijda 
keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil 
reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin emas. 
Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish, 
mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda. 
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi 
aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar kamaytirish 
uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini 
yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat 
durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy madaniyat»ga xos 
ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchilik g‘oyalar va 
axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni 
turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda asl
maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti. 
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi 
g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun 
52
Karimov I.А. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2-nashr –Т.: Ma’naviyat, 2016, -117 b.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin