“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
226 
siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi goh 
oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy 
madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ayrim siyosiy kuchlar o‘z maqsadlarini millatlar 
manfaatiga yot bo‘lgan mafkurali tahdidlar orqali amalga oshirishga qaratishgan. Aslida ularning 
bu xarakatini buzuqlik, zo‘ravonlik g‘oyalari boylik orttirish, xalqlarning necha ming yillik an’ana 
va qadriyatlarini qo‘porish, yo‘q qilishga urinish deb baholash lozim.
Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya 
qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo ularni milliy 
tiklanish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, yoshlarni 
axborot-resurs markazlariga, madaniy-tarixiy yodgorlik maskanlariga, teatr va ko‘rgazmalarga 
jalb etish, barkamol avlodni bilimli, sog‘lom va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga ega insonlar 
qilib tarbiyalash, ular ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda barcha birday 
mas’uliyatni his etmog‘i lozim. 
Binobarin, o‘sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular axborot makoniga 
kirganda, faqat o‘zi uchun zarur va foydali narsani olsin, internetdan foydalanish madaniyatini 
o‘rgansin. Bu masalada internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va 
dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli 
ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz zarur. Zero, biz bu masalada hamisha ogoh va hushyor 
turmasak, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashi, “ommaviy madaniyat” deb 
atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, ornomus, iroda, sharm-
hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p mingyillik milliy qadriyatlarimizga 
putur etkazishimiz mumkin. 
Ko‘p narsa internetning boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga 
bog‘liq. Shu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan 
himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa, o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlash 
lozim. 
O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil 
insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo 
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval millatimiz 
uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q. 
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, 
ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon 
etkazishi mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta 
tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish talab etiladi. Davr 
shiddatiga hamohang qadam tashlayotgan yoshlarimiz milliy ma’naviyatimiz asosida tarbiya 
topsa, odob-axloq tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ularga o‘z 
ta’sirini o‘tkaza olmaydi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin