6- MAVZU: O‘QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI
SHAKLLANTIRISH. TARBIYA TURLARI. AQLIY, MA’NAVIY-
AXLOQIY, ESTETIK, MEHNAT HAMDA JISMONIY TARBIYA.
Reja:
1.Mustaqil
fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv-
tarbiya jarayonining tarkibiy qisimlari.
2.O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qisimlari.
3.Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
4.Aqliy tarbiya vositalari.
5.Iqtisodiy tarbiya-o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning
tarkibiy qismi sifatida.
6.O’quvchilarning ekalogik tarbiyasi.
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati
mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va
e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy,
falsafiy, iqtisodiy,
tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida
Shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi. Eng
muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o‘rni, mohiyati,
hayotiy
yo‘nalishini, o‘zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Shuningdek,
dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani idrok qiliish»
kabi tushunchalar bilan yaqin ma’nodosh ekanligini aytish joiz. Dunyoqarash
tushunchasi mafkura tushunchasi bilan aloqador. Mafkura bizning nazarimizda
mehnatsevarlikka, milliy ong, milliy g‘oya, milliy g‘ururni
tarbiyalashga, o‘zni-
o‘zi anglashga, millatimiz bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot yo‘liga qanday
yondashishimizni bilishga, qadriyatlarimiz,
urf-odatlarimiz, rasm-rusmlarimizni
qayta tiklashga va yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bizning milliy istiqlol
mafkuramiz davlat mustaqilligini mustahkamlashda, demokratik davlat,
fuqarolik
jamiyati barpo etishda aniq maqsad va yo‘nalishlarga tayanadi. Uning yordamida
xalqimiz inson huquqini himoya qiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror
toptiradi, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida o‘zida kuch topadi. Eng muhimi
istiqlol
mafkuramiz, milliy g‘oyamiz insonni halol va pok hayot kechirish, beva-
bechoralar, qarovsiz qolgan bolalarga nisbatan diqqat va e’tiborda bo‘lishkabi
yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga asoslanadi. Dunyoqarash insoniyatni
o‘tmish merosi, hozirgi hayot va bundagi Sharoitlar, tizimlarning anglab
olinganligi, qadriyatdir. Dunyoqarash
kishilarning turmush tarzi, hayoti, axloq-
odobi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar
yig‘indisidir.
Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lishs haxsda atrof-muhit,
ijtimoiy
munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan
ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek,
shaxs tomonidan zimmasidagi
ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat
tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
Shaxsda dunyoqarash
izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq