«Ekologiya» - yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudotlarning yashashSharoiti
va tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlari
hamda Shu asosda yuzaga
keladigan qonuniyatlarni o’rganadigan fandir.
O’zbekiston Respublukasi Konstitusiyasining 18-moddasida yer va yer osti
boyliklarini, suv manbalarini, o’simlik va hayvonot dunyosini qo’riqlash, bu
boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy
boyliklarni uzluksiz ko’paytirib borishni ta’minlash, insonning atrof-muhitni
yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko’rishi zarurligi ta’kidlangan.
O’zbekiston Respubilikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni
muhofaza qilish to’g’risida»gi qonuni, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis
etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta’lim tarbiya konsepsiyasi»ning
ishlab
chiqilishi, «Ekosan» jamg’armasining tuzilishi mamlakatda ekologik
muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir.
Ayniqsa, umumta’lim maktablarida ham ekologik yo’nalishdagi sinflarning
tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab
partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini
ko’rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo’ygan har bir yosh, qanday
ixtisos egasi bo’lishidan qat’i nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi kerak.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko’p bo’lar ekan.
Aholi sonining tez
o’sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko’payib bormoqda. Ayniqsa,
yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo
(global) muammolariga aylanib bormoqda. Yer bag’ridan har yili 120 mlrd.
Tonnadan ortiq turli xildagi xom ashyo, qurilish materiallari, yoqilg’ining qazib
olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining kamayib borishiga sabab
bo’lmoqda. Ko’pgina zararli korxonalar, zavodlarning
ham oqar suvga yaqin
joylashganigi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo’lib borayotir.
Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi yomonlashib, kasalliklar
ko’paymoqda. Yer kurrasida insonning yashab qolish-qolmasligi masalasi endi
ekologik muammolarni yechishga bog’liq bo’lib qoldi.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik,
estetik, pedagogik kabi yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlar ichidan pedagogik
yo’nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati
natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo’nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko’zda tutiladi.
Ekologik ta’lim deganda o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan tabiat bilan
inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini
tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning
yangi shakli va tarkibiy
qismi bo’lib, maktabda barcha fanlarni o’qitishda amalga oshirilishi ko’zda
tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va
uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz
boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o’rgata boriladi. Atoqli
pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe»
ni ochib, birinchi so’zini xijjalab o’qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib
kitob–tabiatkitobini mutolaa etishlarini istardim» deb ta’kidlaganidek, bu boradagi
barcha ishlarni bolaning kichiklagidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o’quvchilarni o’z maktabini; yashaydigan muhiti-Shahar
va qishloq ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish, mevalli va manzarali daraxt
ko’chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash,
uy hayvonlariga
qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik
duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog’liqdir.
Agar bu masala oilada to’g’ri yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, uni maktablarda, keyingi
ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo’ladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar va
bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go’daklik
chog’laridanoq ahloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda
mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish
xissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni
alohida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariiq, soy,
buloq suvlaridan
uzoqroq joyda kovlash; yong’in chiqmasligi chorasini ko’rish; turli ehtiyojlar
uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki ko’rib qolganlaridan foydalanish;
nihollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-
harakatlar Shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uini iflos
qilma, Chunki barcha jonivorlar uniichib baxra oladi", "Gullab
turgan mevali
daraxtning Shoxini sindirma, u meva beradi, unio’zing iste’mol qilasan",
"pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsa ng katta gunohish bo’ladi,
Chunki unda ahli mo’ minning nasibasi bor" deb pandu-nasixatlar qilganlar.
Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog’chalarida, umumiy ta’lim
maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarlda hamda mehnat jamoalarida
davom ettiriladi. Bu o’rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda
ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko’plab odamlar
mollarini ekinzorlarda, bog’larda xatto mevali
va manzarali daraxtlarga
bog’lab boqadigan bo’lib qolishmoqda. Axir o’tmishda xalqimiz
qaramog’idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-ku. Buning ustiga
hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas , alohida ajratib qo’yilgan
yaylovlarda o’tlatgan yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o’t-o’lanlar
payxon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab
ketilmagan. Daraxtlarga, o’simliklar olamiga,
hayvonlarga
zarar
keltirilmagan.
O’lkamizming tabiiy o’simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni
muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bila n yoshlarni maktab
Dostları ilə paylaş: