Tez buziladigan yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarini va sovutish moslamasining samaradorligni baholash



Yüklə 93,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü93,17 Kb.
#200002
  1   2   3   4
2021-4-5 (1)



The scientific journal vehichles and roads, 2021 №4
27 Научный журнал транспортных средств и дорог, 2021 №4 
TEZ BUZILADIGAN YUKLARNI TASHIYDIGAN AVTOTRANSPORT 
VOSITALARINI VA SOVUTISH MOSLAMASINING 
SAMARADORLIGNI BAHOLASH 
 
Urinbayev Q.U. 
Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O‘zbekiston)
Annotatsiya: 
Bugungi kunda eksport va import qilinadigan mahsulotlarning hajmi tobora ortib 
bormoqda yer yuzida aholi sonining ortib borishi natijasida oziq ovqatga boʼlgan talab 
oʼsmoqda. Аvtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini yanada 
takomillashtirish, shuningdek tez buziladigan mahsulotlarni tashish xavfsizligini 
oshirish juda ham muhim masala hisoblanadi. Аvtomobil transportida tez buziladigan 
yuklarni tashishga moʼljallangan avtotransport vositasidan biri bu– refrijerator 
hisoblanadi. Refrijeratorning muzlatgich bo‘lmasi uchun panellarning qalinligini 
tanlash qattiq poliüretan ko‘pikda asosiy ilovalaridan biri turgoniyni devor sendvich 
panellarini issiqlik izolyasiyasi qatlami sifatida ishlatish va issiqlik koeffisiyentini 
aniqlash usuli yoritilgan (MAN TGS 26.400 misolida). 
Kalit so‘zlar: 
kameradagi harorat, Sendvich panellarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, Sendvich 
panellari xususiyatlari, qurilish konstruksiyalarining materiali va qalinligi, tashqi 
harorat. 
Kirish 
Yer yuzida aholi sonining ortib borishi oziq ovqatga boʼlgan talab ortishiga olib 
kelmoqda. Bu esa eksport va import qilinadigan mahsulotlarning hajmi va turini 
ortib borishiga sabab bolmoqda. Oʼzbekiston Respublikasida export import 
mahsulotlarini, ayniqsa tez buziladigan mahsulotlarni sifatini saqlash va tashish 
samaradorligini oshirish maqsadida avtomobil transportida yuklarni tashish 
qoidalariga qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2018-yil 7 apreldagi 277-sonli qarori [1] qabul qilingan. Hozirda 
avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini yanada takomillashtirish, 
shuningdek, tez buziladigan mahsulotlarni tashish xavfsizligini oshirish juda ham 
muhim masala hisoblanadi. 
Bu borada, refrijeratorli avtotransport vositalari kuzovlarini takomillashtirish, 
uning konstruktiv ko’rsatkichlarini tanlash, iqlim sharoiti omillarini inobatga olish 
kabi tadqiqotlar taxlili [2] natijasida sovitish moslamasining samaradorligini 
baxolash uslubi dolzarbligini korsatdi.
Shunday qilib, muzlatgich bo‘lmasi uchun panellarning qalinligini tanlash 
ko‘pincha muayyan loyihada muayyan qalinlikdagi panellardan foydalanishning 
maqsadga muvofiqligi ma’lum. Unga tasir etuvchi asosiy omillardan kameradagi 
harorat, tashqi harorat, sovutgich bo‘linmasining ichki hajmi, kuzov 
konstruksiyalarining materiali va qalinligi (agar), saqlanayotgan mahsulotlar turi va 
ularning kundalik aylanmasi va boshqalar [3]. 

Yüklə 93,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin