Tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirish masalalari аsadova Nargiza Reja



Yüklə 11,96 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü11,96 Kb.
#207109
  1   2   3   4
Аsadova Nargiza

TIJORAT BANKLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Аsadova Nargiza

Reja:

Tijorat banklarining raqobatbardoshligi


Tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish mavzusi bugungi tez sur'atlar bilan o‘zgarib borayotgan biznes muhitida juda ham dolzarb hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va mijozlarning talabari o‘zgargani sababli, tijorat banklari bozorda raqobatbardosh bo‘lib qolish yo‘llarini izlashlari kerak

Bank sektorida raqobatbardoshlikni oshirish


Bank sektorida raqobatbardoshlikni oshirish uzoq vaqtdan beri davom etayotgan muammo bo‘lib, so‘nggi yillarda yanada yaqqol namoyon bo‘ldi.
Banklarning an'anaviy funktsiyalari texnologik taraqqiyot, yangi raqamli kanallar va bankdan tashqari raqobatchilar tomonidan katta o‘zgarishlarga duch kelldi, bu esa tijorat banklarini doimiy ravishda moslashish va oldinga borish uchun innovatsiyalarni faol joriy qilishni talab qiladi.
Bundan tashqari, mijozlarning xohish-istaklari doimiy ravishda o o‘zgarib bormoqda, bu shaxsiylashtirilgan va qulay bank xizmatlariga talabni keltirib chiqaradi.

Bank xizmatlarining raqobatbardoshligiga erishish

Bank xizmatlarining raqobatbardoshligiga erishish va raqobatbardoshligini muntazam ta’minlab borish maqsadida bank muassasalari tomonidan chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan, puxta o’ylangan boshqarish mexanizmini yaratish zarurdir.

Bunday mexanizmning muhim elementlaridan biri xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan raqobat pozitsiyalarini ishlab chiqish, raqobatbardoshlik omillari va ularning rivojlanish dinamikasini baholashdir.

Mamlakatdagi ikkinchi pog’ona banklar


Asosiy e’tibor mamlakatdagi ikkinchi pog’ona banklariga qaratish zarur.
Chunki, aynan ushbu banklar moliyaviy inqiroz oqibatlariga tez ta’sirchandir.
O’zbekiston banklari hozirgi kunda global raqobat sharoitida katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, moliyaviy inqirozdan chiqishning muhim shartlaridan biri aynan, raqobatbardoshlikni ta’minlash orqali amalga oshadi.

Yüklə 11,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin