Davlat rahbari Sh.Mirziyoev alohida ta’kidlab o’tganidek
Bu borada hal qilinishi zarur bo’lgan muammolar hali juda ko’p. Jumladan, “bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz.
Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, ilg’or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur”
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va xarid narx
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va xarid narxini belgilaydi. Raqobat ta’sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, daromadlar xajmining mexnat sarfi bo’yicha diferentsatsiyasi yuzaga keladi.
Tarmoqlararo jihatdan raqobat foydanning o’rtacha me’yorini yuzaga keltiradi, jamiyat ehtiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo’lgan tarmoqlarga kapital oqishini rag’batlantiradi. Shubxasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi: qachon, qanday, qancha tovar va xizmatlarni taklif qilish va ko’rsatishni belgilaydi
«Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiyot nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo’lib, bugungi kunda ham ko’pgina iqtisodchilarning diqqatini tortib kelmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda
A. Smitning ta’rifi bo’yicha
«inson o’z shaxsiy manfaatini o’ylagan paytda, bu holat tabiiy yoki aniqrog’i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko’proq naf keltiruvchi mashg’ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug’ullanadi, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi»
S.G.Svetunkov raqobat to’g’risida quyidagi tariflarni keltiradi:
- monopoliyadan holi sharoitda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning baxslashuvidir;
- ikki yoki undan ortiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bellashuvi, raqib sifatidagi munosabati bo’lib, bir biridan o’zib ketish orqali yagona maqsad-yuqori foyda olish uchun bozordan siqib chiqarishidir;
- bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash va yuqori foyda olish maqsadida o’zaro bellashuvidir.