Tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirish masalalari аsadova Nargiza Reja



Yüklə 11,96 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü11,96 Kb.
#207109
1   2   3   4
Аsadova Nargiza

Kreditlar


TOP-5 banklarning jami kredit portfelidagi ulushi 77%dan 64%gacha kamaydi. Xususiy banklar ulushi 11,6%dan 16,6%gacha ko‘paygan bo‘lsa, davlat ulushi mavjud boshqa banklar ulushi 19%ga yetdi.
Xususiy banklardan “Kapitalbank”, “Hamkorbank”, “Ipak yo‘li banki” tijorat kreditlari bozorida davlat ulushi mavjud banklar uchun ham, boshqa xususiy banklar uchun ham jiddiy raqobatchiga aylandi.
“Kapitalbank"ning jami kredit portfelidagi ulushi 1,2%dan 3,8%gacha oshgan bo‘lsa, “Ipak yo‘li banki” ulushi 1,8%dan 2,1%ga ko‘paydi. “Hamkorbank” esa bozordagi 3%lik ulushini saqlab kelmoqda.

Depozitlar


2018-yilning boshida TOP-5 banklar bank tizimidagi jami depozitlarning 51,2%ga egalik qilgan bo‘lsa, 2022-yil 1-dekabr holatiga kelib ularning ulushi 46,9%gacha qisqardi.
Xususiy banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar ulushi 34,1%dan 36,4%gacha ko‘paydi. Davlat ulushi mavjud boshqa banklarning depozit bozoridagi ulushi 2 foiz bandga — 14,7%dan 16,7%gacha oshdi.

Banklarning raqobatbardoshligini baxolash


Banklarning raqobatbardoshligini baxolash uchun turli metodlar va ko‘rsatkichlar mavjud. 
Bunday metodlardan biri Herfindal-Hirshman indeksi (HHI) bo‘lib, u bozor kontsentratsiyasini va raqobat darajasini o‘lchashda ishlatiladi.
HHI 1500 dan past bo‘lgan bozor raqobatbardosh, 1500 dan 2500 gacha bo‘lgan bozor o‘rtacha konsentratsiyalangan va 2500 yoki undan yuqori bo‘lgan bozor yuqori darajada konsentratsiyalangan bo‘ladi.

O‘zbekiston bank tizimida HHI indeksi


O‘zbekiston bank tizimida HHI indeksi so‘nggi besh yilda aktivlar, kreditlar va depozitlar bo‘yicha kamayib, raqobat darajasi oshib kelayotganini ko‘rsatadi. 2018-yil 1-yanvar holatiga aktivlar bo‘yicha HHI indeksi 1520 bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yil 1-dekabr holatiga 1016 gacha pasaydi.
Kreditlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 1709 dan 1082 gacha tushdi. Depozitlar bo‘yicha HHI indeksi 919 dan 852 gacha tushgan.

Bank tizimining aktivlaridagi ulushi

Bank tizimining aktivlaridagi ulush bo‘yicha davlat ulushi mavjud yirik TOP-5 banklarning ulushi 70,9 foizdan 60,5 foizgacha kamaydi. Xususiy banklar ulushi 18,1 foizdan 21,5 foizgacha ko‘paydi2. Kredit portfelidagi ulush bo‘yicha esa TOP-5 banklarning ulushi 77 foizdan 64 foizgacha kamaydi.

Xususiy banklar ulushi 11,6 foizdan 16,6 foizgacha ko‘paydi2. Depozitlardagi ulush bo‘yicha TOP-5 banklarning ulushi 51,2 foizdan 46,9 foizgacha qisqardi. Xususiy banklar ulushi 34,1 foizdan 36,4 foizgacha ko‘paydi2.


Yüklə 11,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin