«raqobat- iste’molchilarning to’lovga qodir cheklangan talabi uchun bellashuvdir. Muallifning fikricha bu tarif bir qator muhim jihatlarga ega.
Birinchidan, gap bozor raqobati haqida ketmoqda, ya’ni raqobat bozordagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faqatgina o’z tovar va xizmatlarini iste’molchilar uchun siljitish jarayonida sodir bo’ladigan bellashuvdir.
Ikkinchidan raqobat iste’molchilarning to’lovga qodir cheklangan ehtiyoji uchun olib boriladi, agarda iste’molchi talabi biror bir sub’ekt tovar yoki xizmati bilan qondirilsa, qolganlari o’z-o’zidan taklif qilish imkoniyatidan mahrum bo’lishadi. Uchinchidan raqobat faqat bozorning kirib borish mumkin bo’lgan segmentida rivojlanadi»
Mazkur tadqiqotda “Herfindal-Hirshman” indeksi (HHI)dan foydalanilib, u bozor kontsentratsiyasining umumqabul qilingan o‘lchovlaridan biri hamda bozor raqobatbardoshligini aniqlash uchun ishlatiladi.
HHI 1500 dan past bo‘lgan bozor raqobatbardosh bozor hisoblanadi, HHI 1500 dan 2500 gacha bo‘lgan bozor o‘rtacha konsentratsiyalangan va HHI 2500 yoki undan yuqori bo‘lgan bozor yuqori darajada konsentratsiyalangan bo‘ladi.
Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda O‘zbekiston bank tizimida raqobat aktivlar va kreditlar hamda depozitlar bo‘yicha ham ortib bormoqda.
2018-yil 1-yanvar holatiga aktivlar bo‘yicha HHI indeksi 1520 bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yil 1-dekabr holatiga 1016 gacha pasaydi. Kreditlar bo’yicha ushbu ko‘rsatkich 1709 dan 1082 gacha tushdi.
Depozitlar bozorida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asosan faoliyat olib borilishi sababli banklar o‘rtasida depozitlar uchun kuchli kurash mavjud va bu kurash yildan yilga ortib bormoqda.
Ushbu tendensiya depozitlar bo’yicha HHI indeksining 919 dan 852 gacha tushganida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Aktivlar
Davlat ulushi mavjud yirik TOP-5 banklarning (“O‘zmilliy bank”, “Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Agrobank”) bank tizimi aktivlaridagi ulushi 70,9%dan 60,5%gacha kamaydi.
Boshqa banklar ulushi esa 11%dan 18%gacha oshgan bo‘lsa, xususiy banklar ulushi 18,1%dan 21,5%gacha ko‘paydi.
2025-yilga borib, bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini 60%gacha oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur davrda bank tizimiga “Tenge bank”, “TBC bank”, “Anor bank”, “Uzum (Apelsin) bank” va “Poytaxt bank” kirib keldi. Ushbu banklarning jami aktivlardagi ulushi 1,8%ga yetdi.