10-MA’RUZA. MEVALI DARAXTLARNING ZARARKUNANDA HASHAROTLARI.
Reja
1.Bog’dorchilik mevalari.
2. Mevali daraxt zararkunandalari.
3. Uzum zararkunandalari va ularning bioekologiyasi.
Tayach so’zlar: olma, nok, bog’dorchilik, olma yashil biti, uzumchilik, kapalakalar, mayda turli qanotlilar,yirik turli qanotlilar, nok saturniyasi ipakkashlar tovus ko’zlilar-saturiidae oilasi, to’lqin qanotlilar ayiq qurtlari.
Madaniy oʻsimliklar orasida mevali bogʻ daraxtlari turli zararkunandalar bilan eng koʻp shikastlanadi. Bunga asosiy sabab, uzoq vegetatsiya hamda daraxt tanasining nisba tan yirikligidir. Bu yerda oziqlanish jihatidan turli guruh boʻgʻimoyoqli jonivorlarning namunala-rini uchratish mum kin: barg, novda, meva va ildiz zararkunandalari. Umuman, Oʻzbekiston sharoitida mevali daraxtlarda 300 dan ortiq boʻgʻimoyoqli jonivorlar oziqlanadi. Hududimizning iqlim sharoiti keskin kontinental hisoblanib, yozning jazirama issigʻi qishning nisbatan sovuq kunlari bilan almashinishi sababli, ayrim tropik iqlimga moslashgan turlar yashay olmaydi. Ikkinchilari esa oʻz rivojlanishida albatta qishki noqulay sharoitni boshdan kechirish uchun moslashib, diapauza davrini oʻtaydi.Urugʻli (olma, nok, behi) va danakli (oʻrik, shaftoli, olxoʻri, olcha, gilos) mevali daraxtlarga zarar keltiruvchi asosiy zararkunandalarni oziqlanish turiga qarab soʻruvchi va kemiruvchi guruhlarga ajratish mumkin.
Olma yashil biti (Aphis pomi Deg.) (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) 170 Olma yashil biti tengqanotlilar turkumiga, bitlar oilasiga mansub hasharot. Bu zararkunanda olma ekiladigan hamma joyda keng tarqalgan. Olmadan tashqari, nok, behi, do‘lana va boshqa ayrim meva daraxtlariga ham zarar yetkazadi. Voyaga yetgan bit, uning lichinkasi daraxtlarning kurtagi, bargi, guli va yosh novdalari shirasini so‘rib zarar yetkazadi. Zararlangan barg qorayib, to‘kilib ketadi, novdalar qing‘ir qiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo‘lib, normal rivojlanmaydi va ko‘pincha meva biti shirasining yopishqoq axlati bilan ifloslanadi. Qanotsiz urg‘ochi bitning kattaligi 2 mm, yashil, pushti rangda, ba’zan qoramtir bo‘lib, shira naychalari va dumchasi qora tusda, lichinkasi sarg‘ish rangdan to‘q yashil ranggacha, ko‘zlari qizil bo‘ladi.Tuxumining kattaligi 0,5 mm, qora tusda. Ko‘pchilik o‘simlik bitlari singari, yashil bitning erkaklari ham bahorda va yozda uchramaydi. Bu paytda urg‘ochisi erkagi bilan qo‘shilmaydi. Bunday urg‘ochi bitlar partenogenetik yo‘l bilan rivojlanadi. Bitlarning tuxumi daraxtlar novdasida, kurtaklari asosidagi har xil bo‘rtiqchalarda qishlaydi. Erta bahorda tuxumidan lichinka chiqib, oziqlana boshlaydi. Bu lichinkalar 10–15 kun davomida 4 marta po‘st tashlab, qanotli partenogenetik imagoga aylanadi. Har bir imago 80–100 tagacha tirik lichinka tu g‘adi. Bitlar o‘simliklar vegetatsiyasi davrida 15–19 martagacha nasl beradi. Sentabr-oktabr oylarida urg‘ochi va erkak lichinkalari tug‘iladi. Voyaga yetgan urg‘ochi bitlar urug‘langach, 2 – 5 tadan qishlovchi tuxum qo‘yadi. Xonqizi qo‘ng‘izlari, oltinko‘z qo‘ng‘iz lichinkalari va sirfid pashshasi lichinkalari yashil olma biti bilan oziqlanib, ularni kamaytirib turadi.
Dostları ilə paylaş: |