REJA: 1 Qozogʻiston budjet tizimini mazmuni va moxiyati. 2 qozogʻiston tiziminig xarajatlari 3 qozogʻiston Iqtisodiy oʻsish va YaIM 4 qozogʻiston budjet tiziminig ozbekiston bilan farqi
Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi – Oʻrta Osiyo va Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 17 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Ostona shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Ostona, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qoragʻandi va Oqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hosoblanadi.[5] Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi.[6] Qozogʻiston aholisi soni 19,17 mln. kishi (2022-yil) Qozoqlar aholining 70.4% ni tashkil qiladi.
Iqlimi keskin kontinental. Qish shimolda sovuq, markazi va janubda moʻtadil sovuq, chekka janubda yumshoq.
Qozogʻistonda 85 mingdan ziyod daryo va soy boʻlib, shundan 328 tasining uzunligi 100 km dan ortiq. Daryolarining aksariyati ichki berk havzalar (Kaspiy va Orol dengizlari,
Togʻ daryolari sersuv va gidroenergiyaga boy. Asosiy daryolari – Irtish, Ural, Chu, Ili, Sirdaryo. Chordara, Buxtarma, Qopchigʻay va boshqa suv omborlari bor.
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi.