3-mavzu. Suv transporti Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi daryo yo‘llari va ularga qo‘yiladigan talablar. 2. Portlar. 3. Kema qatnaydigan daryolarda quriladigan ko‘priklarga qo‘yiladigan talablar. O‘zbekiston Respublikasi daryo yo‘llari va ularga qo‘yiladigan talablar Dengiz transporti ichki yuklarni tashish bilan birga, ko’pgina tumanlarni iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz transporti chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar olib borishda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga to’siq bo’layotgan muammolardan biri bu dengizlardan uzoqdaligidir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda umumiy uzunligi 500 km bo’lgan suv yo’li mavjuddir. Bu Amudaryo orqali bo’lib, bunda kichik hajmdagi yuklarni tashishda keng foydalaniladi. Daryo yo’llari ommaviy yuklarni tashishda katta ahamiyatga ega: yog’och, neft, qurilish materiallarini tashishda arzon transport turi bo’lib hisoblanadi.
O’zbekistonda eng katta daryolardan Sirdaryo bo’lib, uzunligi 2206 km ni tashkil qiladi. O‘zbekiston daryolaridan Amudaryo uzunligi 1437 km, Zarafshon 781 km, Norin daryosi uzunligi 534 km, Qashqadaryo uzunligi 310 km, Ohangaron daryosi uzunligi 236 km ni tashkil qiladi. O‘zbekistondagi daryolar xaqida umumiy ma’lumot quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.