1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Yong’inni o’chirish moddalari va ularning xossalari. 3. Yong’inga qarshi suv ta’minoti. 4. Yong’in xavfsizligi sitemasiga talablar. YOng’inga qarshi suv zahirasi yilning istalgan vaqtidakerakli bosimda 3 soat yong’inni o’chirishga etadigan bo’lishikerak. Ishlab chiqarish korxonasida har biri 100 m3 va undan ortiq sig’imli suv hovzasi bo’lishikerak. Bitta suv hovzasining xizmat ko’rsatadigan radiusi yong’in vaqtida suv uzatish uchun avtonasos va avtoidishlardan foydalanganda 200 m, uzatma nasoslardan foydalanganda 100 m, bir o’nli prisep motopompalaridan foydalanganda 150 m ga teng qabul qilinadi. Bitta idishda 100 m3 sig’imgacha bo’lgan suv zahirasi dahlsiz saqlanadi. Tashqi va ichki yong’inlarni o’chirishda suv sarfi (m3/soat) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Qyo=3,6 g Tyo nyo , (19.3.)
bu yerda g-tashqi va ichki yong’inlarni o’chirishda solishtirma suv sarfi jadvaldan qabul qilinadi; Tyo-yong’in vaqti (3 soat qabul qilinadi yoki formula bo’yicha aniqlanadi).
nyo-bir vaqtdagi yong’in soni (qurilish maydoni va mahalliy sharoitga bog’liq ravishda 1...3 qabul qilinadi).
YOng’in hovzasidagi daxlsiz suv zahirasi (m3)
, (19.4.)
formula bo’yicha aniqlanadi:
Qt-texnologik maqsaddagi suv sarfi, m3/soat; Qx-xo’jalik maqsaddagi suv sarfi, m3/soat;
Suv hovzasidan suvni olish uchun nasosga so’ruvchi 160...200 mm diametrdagi quvur biriktiriladi. Suvni va suv-ko’pikli suyuqlikni uzatish uchun bosimga ishlashga mo’ljallangan quvurlar qo’llaniladi.
Butun oqimi yoki purkalgan suvli ko’pikli va poroshokli oqimni hosil bo’lishiga RS-50 va RS-70 yong’in stvollarini, SVP havoli-ko’pikli stvolini yoki olib yuriladigan (PLS-N-20) bosim quvuriga biriktirilgan lafet stvollarini ko’llanilishi bilan yerishish mumkin.
YOng’in stvolidan suvni oqimi tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (19.5.)