10-ma’ruza. Mevali daraxtlarning zararkunanda hasharotlari. Reja Bog’dorchilik mevalari. Mevali daraxt zararkunandalari


Qarsildoq qo‘ng‘izlar (simqurtlar Elateridae)



Yüklə 42,48 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü42,48 Kb.
#212147
1   2   3   4   5
10-mavzu.ma\'ruza.

Qarsildoq qo‘ng‘izlar (simqurtlar Elateridae) Qarsildoq qo‘ng‘izlar simqurtlarning lichinkasi, ayniqsa, yosh tok ko‘chatlarining yer ostki qismini kemirib, zarar yetkazadi. Bu zararkunandaning bir necha turi bo‘lib, ular tuproqda (20 202 sm gacha chuqurlikda) qo‘ng‘izlik va lichinkalik bosqichlarida qishlaydi. Qo‘ng‘izlar mart, aprel oylarida qishlovni tugatib, yer betiga chiqadi va tuproqqa tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar dastlab chirindi bilan oziqlanib, o‘rta va katta yoshdagilari ekilgan ko‘chatlarning ildizini kemirib, zarar yetkazadi. Zararkunandaning 2 va 3 yilda nasl beradigan turlari bor. Bu zararkunandaga qarshi yerlarni yumshatish, haydash, begona o‘tlarni, ayniqsa, simqurtlarni o‘ziga jalb qiluvchi bug‘doyiq begona o‘tini yo‘qotish, sug‘orish simqurtlar sonini birmuncha kamaytiradi. Agar ko‘chat ekiladigan maydonda simqurtlar ko‘pligi (1m2 da 5–7 ta) aniqlansa, ko‘chatlar ildizi botiriladigan go‘ng shaltog‘iga ozroq pestitsid qo‘shiladi. Shingil qurti (Clusia ambiguella Hb) (Tortricidae – bargo‘rovchilar oilasi, Lepidoptera – tangaqanotlilar turkumi) Bu qurt (uzum kuyasi) keyingi yillarda tokzorlarga ko‘p zarar yetkazayotganligi qayd etilmoqda. Zararkunandaning qurtlari tok gulining to‘pguli, tugunchasi, g‘o‘ra va yetilib kelayotgan mevasi bilangina oziqlanadi. Bunda tok hosilining yarmidan ko‘pi chirib ketadi. Voyaga yetgan qurtlarning uzunligi 10–13 mm. Shingil qurti Oq husayni singari oq rangli navlar bilan oziqlanganda, oqish sarg‘ish-ko‘k yoki tiniq ko‘k bo‘lib, qora rangli navlar bilan oziqlanganda, to‘q ko‘k tusga kiradi. Qurtlari serharakat bo‘ladi, ba’zan uzum uzish paytida uzum boshlarida osilib turadi. O‘zbekiston sharoitida shingil qurti mavsumda to‘rt marta nasl beradi. G‘umbak davrida oq pilla ichida tok zangi po‘stlog‘ida hamda to‘kilgan barglar orasida qishlaydi. Birinchi avlod kapalaklari tok sho‘rasida to‘pgul shakllanganda uchib chiqib, g‘unchaga 1 tadan 5 tagacha tuxum qo‘yadi. 5–6 kun o‘tgach, tuxumdan qurtchalar chiqadi va g‘uncha, gullar bilan oziqlanadi. Ikkinchi avlod kapalaklari uchishi tok gullagandan 17–20 kun o‘tgach boshlanadi. Tuxumdan chiqayotgan qurtlarning har biri 20–30 ta uzum tugunchasini zararlaydi. Uchinchi avlod beruvchi 203 kapalaklar iyulning ikkinchi o‘n kunligida (Toshkentda) uchib chiqib, tuxum qo‘ya boshlaydi. Baquvvat bo‘lib o‘suvchi va uzum boshi zich bo‘lgan hamda po‘stlog‘i yupqa tok navlari shingil qurtidan ko‘proq zararlanishi aniqlangan. Tokni xomtok qilish sifatli o‘tkazilmasa, qalinlashib ketib, qurtning zarari ko‘p bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida mavsum davomida shingil qurtini kushandalar (foydali hasharotlar)dan oltinko‘z, yaydoqchi va taxinidlar 24% gacha yo‘qotadi. Feromonli tutqichlarda kapalaklarni tutish yo‘li bilan shingil qurtiga qarshi kurash muddatlarini aniqlash mumkin. Kapalaklarning (I avlod) bahorgi uchib chiqish muddatini aniqlash uchun aprel o‘rtalaridan boshlab tuzoq osiladi. Dastlabki kapalaklar tutilgandan 16–20 kundan keyin dorilash boshlanadi. Ikkinchi avlod kapalaklar uchun tuzoqlar iyun boshlarida osiladi. Birinchi kapalaklar tutilgandan 10–14 kundan keyin dori purkaladi. Tokka karbofos (100 litr suvga 300 g hisobidan) purkash yaxshi samara beradi, kasalligini davolash maqsadida ishchi suyuqligiga bir yo‘la kolloidli yoki ho‘llanuvchi oltingugurt qo‘shiladi (100 litr suvga tayyor eritmadan 0,8 1 kg qo‘shiladi). Tomorqa sharoitida tamaki qaynatmasidan foydalanish mumkin.
Bularning 100 mingdan ortiq turi bo’lib, turli xil kattalikda, qanotlari 3-8 mm dan 20-28 mm gacha. Qanotlarida tangacha shaklidagi dog’lar bor. Og’iz apparati spiralsimon hartumga aylangan. Lichinka-lari quruqlikda yashaydi. Qurtsimon, ipak tola chiqaruvchi bezlar bor. Mo’ylovlari ipsimon, qilsimon, to’g’nagichsimon, patsimon shakllarda-dir.
Kapalaklarning og’iz apparati o’ziga xos tuzilgan bo’lib, gullardan nektar so’rishga moslashgan, hartumchasi pastki jag’larining uzayib o’zgarishi natijasida vujudga kelgan. Pastki labi to’la taraqqiy etmagan, lekin paypaslagichining 3 bo’g’imi saqlanib qolgan. Shunday qilib, kapalaklarning og’iz apparatda kemiruvchi tipdan so’ruvchi naycha-hartumcha hosil qiluvchi faqat pastki jag’lar va lab paypasla-gichi qolgan.
Ba’zilarida og’iz apparati reduktsiyalangan, ularning yetuk formasi oziqlanmaydi. Masalan, pillato’qirlar, tustovuq ko’zlilar, to’lqinlilar oilalarining vakillari oziqlanmaydi.
Kapalaklar qanoti tanasiga nisbatan katta, pardasimon, tangachalari bilan qoplangan. Tangachalarning rangdor pigmentlari qanot rangini paydo qiladi. Ba’zilarida hidbo’y hid tarqatuvchi tangachalar to’plami yoki androkoniylar bor.
Ularning qanotlilarning tuzilishi va joylashishi sistematikasida katta o’rin egallaydi. Qanotlari deyarli uzunasiga tomirlangan. Uchishda ikkala qanot birga harakatlanadi.
Qorin qismida erkagida kopulyativ organ bor. U o’rganish vaqtida urg’ochisini tutib turishga xizmat qiladi. Urg’ochisida haqiqiy tuxui qo’ygich yo’q, lekin oxirgi bo’g’imlari maydalashgan va qaytib joylashadigan ikkilamchi tuxum quygichi paydo bo’lgan.

Yüklə 42,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin